O‘zbekisтon respublikasi


Mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlariga quyidagilar kiritilmaydi



Download 6,58 Mb.
bet65/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlariga quyidagilar kiritilmaydi:


  • ventilatsiya qurilmalari, sanitariya-maishiy qurilmalarni joriy ta’mirlash;

  • qurilayotgan binolar, inshootlar, montaj maydonlari, xandaqlar, narvonlar va hokazolar yaqinida ish joylarini o‘rash;

  • havoza tayyorlash, montaj qilish va ularni qismlarga ajratish, havozalar o‘rnatish, xandaq va kotlovanlar devorini mustahkamlash;

  • maxsus kiyim-bosh va maxsus poyabzal sotib olish, ularni saqlash, ta’mirlash, yuvish, changdan tozalash, quritish, dezinfeksiyalash;

  • shaxsiy himoya vositalari va yukni ushlaydigan moslamalar sotib olish va ularni sinab ko‘rish;

  • ishchilarni davolash-profilaktika ovqatlari, sut, sovun bilan ta’minlash, sanitariya-maishiy va xizmat xonalari sotib olish va ular tomonidan xizmatlar ko‘rsatilishi;

  • binolar, inshootlar va asbob-uskunalarni saqlash elementlaridan biri sifatida

devorlar, shiftlar, konstruksiyalar, asbob-uskunalarni rangli bo‘yash;

  • tashkilot hududini obodonlashtirish, shoxobcha yo‘llar, piyodalar yo‘laklarini asfaltlash, hududni ko‘kalamzorlashtirish;

  • korxona yaqinida joylashgan turarjoy tumanlari uchun kerakli sanitariya sharoitlari yaratish asosiy maqsadi qilib belgilangan havo va suv basseynlarining ifloslanishini kamaytirish yoki ifloslanganligini bartaraf etish chora-tadbirlari.

Rejalashtirishda zararli mehnat sharoitlarida va og‘ir jismoniy mehnat sharoitida ishlovchilarning, zararli va xavfli sharoitli xonalar, ish o‘rinlari va obyektlarning sonini qiskartirilishiga e’tibor beriladi. Rejalar davriy (bir martali, yakka), tezkor (o‘n kunlik, chorak), kundalik (yillik) va istiqboldagi (besh yillik) bo‘ladi. Bu rejalarni ishlab chiqish xo‘jalik rahbarlari zimmasiga yuklanadi. Rejalashtiruvchi asosiy hujjatlarga mehnat sharoitlarini, mehnat xavfsizligi va sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarining besh yillik kompleks rejalari kiradi.
Birinchi navbatdagi yoki birinchi darajali tadbirlarga quyidagilar: ishlovchilarni qo‘l mehnatidan to‘la yoki qisman xalos qilish, xavfli va zararli uskuna, jarayonlarni o‘zgartirish va takomillashtirish, ularni masofadan avtomatik boshqarishni tatbiq etish va boshqalar kiradi. Agar qilinayotgan xavfsizlik choralari yuqoridagi tadbirlarni ta’minlamasa, u holda mehnat xavfsizligi rejasiga ikkinchi darajali tadbirlar kiritilishi lozim, ya’ni texnik qurilmalar va guruhiy muhofazalovchi avtomatik nazorat va signalizatsiya tizimini qo‘llash, mehnat qilish va dam olish tartibini oqilona tuzish va tatbiq etish, gipodinamiyani, og‘ir va hamisha bir xil noqulay gavda holatida bajariladigan mehnatni yo‘qotish, tashqi muhit omillarini me’yorda saqlab turishini ta’minlovchi qurilma va tizimlarni qo‘llash; mehnatning xavfsiz usullarini targ‘ibot etish va o‘qitishni takomillashtirish; mahsulotlarning zararli va xavfli chiqindilarini o‘z vaqtida zararsizlantirish va chiqarib tashlash; uskunalarni xavfsiz joylashtirish va boshqa.
Agar talab qilinadigan mehnat sharoitlari birinchi va ikkinchi darajali tadbirlar bilan ta’minlanmasa, u holda vaqtinchalik mehnat xavfsizligi rejasiga
uchinchi darajali tadbirlar kiritiladi. Ularga xavfli va avariya holatlari sodir bo‘lganda ishchilar tomonidan rejalashtirilgan harakatlarni amalga oshirishlarini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar, xavfni kamaytirish yoki bartaraf qilish bo‘yicha xizmatchilarni maxsus kiyimlar va boshqa shaxsiy himoyalanish vositalari bilan ta’minlashlar kiradi.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha yillik rejani ishlab chiqishda besh yillik kompleks reja, pasportlashtirish bo‘yicha ma’lumotlar, xavfsizlik bo‘yicha standartlar, qoida va me’yor talablari hisobga olinadi. Bu tadbirlar mehnat muhofazasi va ijtimoiy masalalar bo‘yicha kelishuvga yoki jamoa shartnomasiga kiritiladi. Rejani ishlab chiqishda bo‘lim rahbarlari, ishchilar, jamoa a’zolari, kasaba uyushmasi faollari, mutaxassislar ishtirok etadilar. Rejada ko‘rsatilgan tadbirlarga material va mablag‘ sarflari, hamda javobgar shaxslar belgilanadi. Reja mehnat muhofazasi injeneri va tarmoq bosh mutaxassislari bilan kelishiladi. Reja jamoatchilik yig‘ilishlarida muhokama qilinadi va umumiy yig‘ilishda tasdiqlanadi.
Yuqorida keltirilganlardan tashqari, mehnat muhofazasi injenerining ish rejasi tuziladi, pasportlashtirish va tekshirish ishlarini o‘tkazish reja-jadvali, o‘qitish, malaka oshirish rejalari, mehnat muhofazasi kabinetining ish rejasi tuziladi.
Korxona mehnat muhofazasi injeneri yiliga ikki marta, buxgalteriya ma’lumotlariga asosan, mehnat muhofazasini yaxshilash uchun ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilishi haqida hisobot tuzadi. Hisobotni korxona rahbari va kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi tasdiqlaydi. Hisobotlar statistika boshqarmasi va yuqori xo‘jalik hamda kasaba uyushmasi tashkilotlariga yuboriladi.
Mehnat muhofazasi yuzasidan bajariladigan ishlar viloyat boshqarmalarida yoki tarmoq vazirliklarida ham rejalashtiriladi. Korxonalarning mehnat muhofazasi sohasidagi faoliyatini tekshirish, tajriba almashish va korxonalarni texnika xavfsizligi hamda ishlab chiqarish sanitariyasi sohasida erishilgan yangi yutuqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, yo‘riqnomalar, ko‘rsatmalar, eslatma va o‘qitish uchun dasturlar bilan ta’minlash rejalashtiriladi.

      1. Download 6,58 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish