Binolarni yashindan himoya qilish kategoriyalari va himoya qilish zarurligining shartlari
Yashindan himoyalanish qurilmalari bilan jihozlanmagan bino va inshootlarni yil davomida bevosita yashin urishining kutiladigan soni quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
N B 6hx L 6hx n 106
(4.42)
bu yerda B – himoya qilinayotgan binoning eni, m;
L – bino uzunligi, m;
hx – binoning eng katta balandligi, m;
n – yil davomida momaqaldiroq yuz berish davomiyligiga (soatda) qarab hudud yer yuzasining 1 km2 ga uriladigan yashinlarning o‘rtacha soni, bu son 4.11 – jadvaldan olinadi.
Qozonxonalarning tutun quvurlari, silos va suv bosimi minoralari, minoralar va daraxtlar uchun yil davomida bevosita yashin urishining kutiladigan soni quyidagi formula yordamida aniqlanadi [34]:
N 9 106 n h 2 , (4.43) bu yerda h – obyekt balandligi, m.
4.11 – jadval
Hududning 1 km2 yuzasiga yil davomida uriladigan yashinlarning o‘rtacha soni
Hududda yil davomida momaqaldiroq
yuz berish davomiyligi, soatda
|
10-20
|
20-40
|
40-60
|
60-80
|
>80
|
Hududning1km2 yuzasiga yil davomida
uriladigan yashinlarning o‘rtacha soni
|
1
|
3
|
6
|
9
|
12
|
Binoga yashinning bevosita kelib tushishidan yoki bino ichidagi elektrstatik va elektrmagnit induksiyadan faqat odamlargina shikastlanib qolmasdan, balki yong‘in chiqishi va portlashlar yuz berishi, tosh va betondan qurilgan inshootlar buzilishi, havodan tortilgan elektr tarmoqlarining yog‘och tayanchlari parchalanib ketishi va izolatsiyalar shikastlanishi mumkin.
Binolar va inshootlar “Binolar va inshootlarning yashindan himoya qilinishini loyihalash va qurishga oid instruksiya”ga muvofiq yashindan himoya qilinadi [43, 44, 46].
Binolar va inshootlarni yashindan muhofazalashda, aynan binodagi xonalarning yong‘in chiqishiga va portlashga nisbatan xavflilik sinfiga ko‘ra,
elektr asbob-uskunalarining konstruksiyalariga qo‘yiladigan talablar nuqtayi nazaridan, ba’zan esa ishlab chiqarishning yong‘in chiqishiga nisbatan kategoriyasiga qarab, yashindan himoya qilishning uch kategoriyasidan biri talab qilinadi yoki umuman olganda yashindan himoya qilish shart bo‘lmaydi:
yashindan himoya qilishning I kategoriyasi portlashga nisbatan xavfliligi P-I va P-II sinfidagi xonalari bo‘lgan sanoat binolari uchun qo‘llaniladi. Bularning hammasi qishloq obyektlari emas;
yashindan himoya qilishning II kategoriyasidan P-Ia, P-Ib va P-IIa sinfidagi xonalari bo‘lgan ishlab chiqarish binolarida foydalaniladi, bunda bu xonalar agar bino bir qavatli bo‘lsa, butun bino hajmining yoki yuqorigi qavat hajmiiing kamida 30 foizini egallashi shart, agar bundan kam bo‘lsa, u holda butun bino III kategoriya bo‘yicha yoki bir qismi II kategoriya, boshqa qismi esa III kategoriya bo‘yicha himoya qilinadi. P-Ig sinfidagi ochiq qurilmalar ham II kategoriya bo‘yicha himoya qilinadi. Bu ochiq qurilmalar respublikaning butun territoriyasida yashindan himoya qilinishi shart, vaholanki, yashindan himoya qilishning II kategoriyasi yiliga kamida o‘n soat momaqaldiroq bo‘lib turadigan joylardagi binolar uchungina talab qilinadi. Yashindan himoya qilishning II kategoriyasi korxonalarda yuqorida ko‘rsatilgan sharoitlarda, masalan, akkumulatorlarni zaryadlash stansiyalarida, ammiakda ishlaydigan muzlatgichlar, tegirmonlar, omuxta yem, pichan uni tayyorlash zavodlari yoki sexlari, ba’zi xil o‘g‘itlar va kimyoviy moddalar saqlanadigan omborlar joylashgan binolar, shuningdek, yonilg‘i-moylash materiallari punktlarining benzin saqlanadigan ochiq omborlarida quriladi;
qolgan ishlab chiqarish, turar-joy va jamoat binolari uchun yashindan himoya qilishning III kategoriyasini qurish kerak yoki binoning vazifasi va xarakteriga, yong‘inga chidamliligiga, hududda yil davomida momaqaldiroq yuz berish davomiyligi soniga qarab (odatda, 20 soatdan kam bo‘lmaganida) va bir yilda binoni yashin bevosita urushining kutiladigan soniga qarab, umuman qurmasa ham bo‘ladi.
Yong‘inga chidamlilik darajasi III, IV, V bo‘lgan, yong‘inga xavfli xonalari bo‘lmagan ishlab chiqarish binolari va inshootlari N>0,1 bo‘lganda yashindan himoyalashning III kategoriyasini talab qiladi. Bunda bino hech bo‘lmaganda “B” himoyalash zonasi chegarasida joylashgan bo‘lishi kerak. Bu zonada 95 % ehtimollik bilan himoyalash ta’minlanadi. N>2 bo‘lganida bino “A” zonaga kirishi kerak, bu yerda himoyalash ehtimolligi 99,5 % bo‘ladi.
Agar binoda yong‘in jihatdan xavfli xonalari bo‘lsa, yong‘inga chidamlilik darajasi I va II bo‘lgai binolar ham N ning o‘sha qiymatlarida va o‘sha zonalarda yashindan himoya qilishni talab qiladi. Yong‘in jihatdan xavfli xonalari bo‘lmasa bunday binolar yashinning bevosita urishidan himoya qilinmaydi.
Agarda yong‘inga xavfli xonalar yong‘inga chidamlilik darajasi III, IV yoki V bo‘lgan binolarda bo‘lsa, u holda yashindan himoya qilishning “B” zonali III kategoriyasi N>0,02 bo‘lganda, “A” zona bilan esa N>2 bo‘lganda talab qilinadi.
Bevosita yashin urushining kutiladigan sonidan qat’i nazar momaqaldiroq bo‘lib turadigan yillik soatlar soni 20 va undan ortiq bo‘lganda yashindan himoya qilishning II kategoriyasi (“B” zona) quyidagi hollarda quriladi:
II – III sinfdagi tashqi qurilmalar uchun;
yong‘inga chidamliligi III – V bo‘lgan binolar – bolalar boqchalari, yaslilar, maktab va internatlar, pioner lagerlari va dam olish uylarining yotoq binolarilari va oshxonalari, kasalxonalar, klublar, kinoteatrlar uchun;
qozonxona yoki ishlab chiqarish korxonalarining suv va silos minoralarining vertikal tortish quvurlari uchun, ularning balandligi yerdan 15 m va undan ortiq bo‘lganida;
Momaqaldiroq bo‘lib turadigan yillik soatlar soni kamida 40 bo‘lgan joylarda yashindan himoya qilishning III kategoriyasi talab qilinadi:
yong‘inga chidamlilik darajasi III, IV va V, ammo yetarlicha yirik bo‘lgan chorvachilik va parrandachilik binolaridan: hamma yoshdagi va guruhdagi hayvonlarning kamida 100 boshiga mo‘ljallangan sigirxonalar, buzoqxona va cho‘chqaxonalar uchun, shuningdek, 40 boshga mo‘ljallangan otxona,
500 boshga mo‘ljallangan qo‘yxona va 1000 boshga (hamma yoshdagi parrandalarga) mo‘ljallangan parrandaxonalar uchun;
umumiy massivdan 400 m uzoqlikda joylashganda, balandligi 30 m dan ortiq bo‘lganda turar joy uylari uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |