O‘zbekisтon respublikasi


Izolatsiyalovchi va tok o‘lchaydigan omburlar



Download 6,58 Mb.
bet144/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Izolatsiyalovchi va tok o‘lchaydigan omburlar. Izolatsiyalovchi omburlar saqlagichlar yordamida izolatsiyalovchi qalpoqlarni kiygizish va chiqarish, hamda boshqa operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan. Ular uchta qismdan iborat: ish qismi – lab, izolatsiyalovchi qismi (labdan tirakkacha) va dastalar (tirakdan
omburning oxirigacha). Asosiy qismlari izolatsiyalangan materialdan tayyorlanadi. Omburlarning izolatsiyalovchi qismi uzunligi 10 kV gacha bo‘lgan kuchlanishlar uchun 0,45 m, 10...35 kV kuchlanish uchun esa 0,75 m bo‘ladi.
Yakka o‘tkazgichlarning butunligini saqlagan holda ulardagi tok kuchi tok o‘lchagich omburlar bilan o‘lchanadi. Ularning ish qismi chulg‘amli ajraladigan magnitli o‘tkazgichdan iborat. Chulg‘amga omburning ish qismiga mahkamlangan ampermetr ulanadi. Izolatsiyalovchi qismi va dastasi izolatsiyalovchi omburlardagi kabi izolatsiyalovchi materialdan ishlanadi.
Тok o‘lchaydigan omburlardan kuchlanishi 10 kV gacha bo‘lgan elektr qurilmalarda foydalaniladi. Fazalar orasida yoki yerga elektr “teshib o‘tish” bo‘lmagandagina ular bilan o‘lchashlar o‘tkazish mumkin. Kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo‘lgan kabelli tarmoqlarda simlar izolatsiyalangan bo‘lgandagina o‘lchashlar o‘tkazish mumkin. O‘lchash dielektrik qo‘lqoplarda, omburni osig‘lik holatda ushlab va ampermetr tomon egilmay, bajariladi.
Kuchlanish ko‘rsatkichlari. 1000 V dan ortiq bo‘lgan kuchlanishni ko‘rsatuvchi asboblar ko‘chma asbob bo‘lib, ularning ishlash mohiyati asbobdan sig‘im toki o‘tganda, neon lampaning nurlanishiga asoslangan. Ko‘rsatkich asosan uchta qismdan iborat: ishchi, izolatsiyalovchi qismlar va dasta. Ishchi qism neon lampa mahkamlangan bakelit quvurdan iborat. Signal lampa metall shchup – uchlik va kondensator bilan tutashgan. Asbobning gabarit o‘lchamlarini qisqartirish uchun izolatsiyalovchi qismni ish qismdan vintli ajratish joyi bo‘yicha bo‘laklarga bo‘lish mumkin.
Kuchlanish 35 kV gacha bo‘lgan taqsimlash qurilmalari konstruksiyalari va transformatorlar nimstansiyasidagi qo‘l yetishi qiyin bo‘lgan tok keltiruvchi qismlarda kuchlanish bor yoki yo‘qligini tekshirish uchun kontaktsiz kuchlanish ko‘rsatkichi UVIB-35 dan foydalaniladi. Bu asbob olinadigan izolatsiyalangan metall sterjendan, hamda shu sterjen mahkamlanadigan ko‘rsatkichning ishchi qismi va izolatsiyalovchi shtangadan iborat. Ishchi qismi ichiga joylashtirilgan signal lampani ta’minlovchi akkumulatorni zaryadlash uchun maxsus zaryadlash qurilmasidan foydalaniladi.
Kuchlanish 500 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida faol tokning neon lampa orqali oqib o‘tishi prinsipida ishlaydigan UNN-90, MIN-1 ko‘rsatkichlari, ТI-2 tok izlagichidan foydalaniladi. Bu tok rezistorlar bilan cheklanadi. Lampa, rezistorlar va tok o‘tkazuvchi qismlarga tegiziladigan shchuplar izolatsiyalovchi materialdan ishlangan dastaga mahkamlangan. Elektr qurilmalarda kuchlanish bor- yo‘qligini tekshirish uchun odatdagi chug‘lanma lampalardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Kuchlanish 10 kV gacha bo‘lgan elektr qurilmalarda havo tarmoqlarini, kabellarni va transformatorlarni fazalash uchun qo‘shimcha trubkali odatdagi kuchlanish ko‘rsatkichlari ishlatiladi.

Download 6,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish