O‘zbekisтon respublikasi


Ajratuvchi transformatorlar



Download 6,58 Mb.
bet139/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Ajratuvchi transformatorlar. Elektrlashtirilgan asboblarni, ularning quvvati nisbatan katta bo‘lganda, past kuchlanishli elektr toki bilan ta’minlash mumkin bo‘lmaydi. Bunaqa holatlarda ularni ta’minlash uchun ajratuvchi transformatorlardan foydalaniladi. Elektr uskunalarni tarmoqdan galvanik ajratuvchi transformatorlar va ularni ishlatish EUТQ [44] ga muvofiq quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  1. birlamchi kuchlanishi 1000 V gacha, ikkilamchi kuchlanishi 400 V gacha bo‘lishi;

  2. bunday transformatorlarning konstruksiyasi va izolatsiyasi yuqori darajada ishonchli bo‘lishi kerak (izolatsiyasi odatdagi transformatorlardagiga qaraganda yuqori sinash kuchlanishi bilan aynan o‘sha nominal kuchlanishlarga, xususan: ikkilamchi kuchlanish bilan birlamchi kuchlanish, shuningdek, qobiq orasida 50 Gs chastotali 4 kV kuchlanish bilan 1 minut davomida tekshiriladi);

v) transformatordan faqat izolatsiyasi ishonchli bo‘lgan, nisbatan qisqa simlar orqali, bitta elektr iste’molchisi ta’minlanishi mumkin. Agar elektr iste’molchi ko‘chma bo‘lsa, shlangli simdan foydalanish lozim;
g) elektr iste’molchisining va transformatorning quvvati shunday bo‘lishi kerakki, transformator birlamchi kuchlanish tomonidan nominal toki 15 A dan ko‘p bo‘lmagan eruvchi saqlagich bilan yoki o‘rnatilish toki xuddi shunday bo‘lgan avtomat bilan himoyalanishi lozim, ya’ni birlamchi nominal kuchlanishi 380 V bo‘lgan ajratuvchi transformator 10 kV·A dan quvvatliroq bo‘la olmaydi;
d) ajratuvchi transformatorning ikkilamchi chulg‘amini yoki undan ta’minlanadigan elektr iste’molchisini yerga ulash yoki nolinchi simga ulash taqiqlanadi, lekin transformatorning qobig`i ta’minlovchi tarmoq neytralining rejimidan qat’i nazar, yerga yoki nolinchi simga ulanishi kerak.
Ajratuvchi transformatorning himoyaviy ta’siri shunga asoslanganki, u elektr iste’molchisini birlamchi tarmoqdan va yerga ulanish tarmog‘idan ajratadi (4.42 – rasm). Shu tufayli, shuningdek, ikkilamchi chulg‘amning ham, uni elektr iste’molchisi bilan bog‘lovchi simlarning ham izolatsiyasi talab darajasida bo‘lganligi sababli, izolatsiya teshilib elektr iste’molchisi qobiqqa (masalan, A qisqich yaqinida) tegib qolganida qobiq yerga nisbatan emas, balki transformatorning V qisqichiga nisbatan ikkilamchi kuchlanishga teng kuchlanishga ega bo‘lib qoladi.



    1. – rasm. Ajratuvchi transformatorni qo‘llab elektr xavfsizligini oshirish sxemasi (belgilanish matnda).

Izolatsiyaning aktiv qarshiligi yoki V o‘tkazgichning sig‘imi orqali o‘tadigan sirqish toki yerga nisbatan juda kichik bo‘ladi, Chunki, o‘tkazgichlar nisbatan qisqa va tarmoqlanmagan bo‘ladi. Bu tok odam tanasi orqali o‘tganida u nafaqat xavfsiz


bo‘lib qolmasdan, hatto uni odam sezmaydi ham. Shuningdek, agar boshqa fazaning izolatsiyasi shikastlanmagan bo‘lsa, ajratuvchi transformatorning istalgan nuqtasida tok keltiruvchi qismlarga tasodifan tegib ketish xavfsiz hisoblanadi.
Elektr iste’molchisi, birlashtiruvchi simlar va ajratuvchi transformator izolatsiyasining qarshiligini muntazam ravishda nazorat qilib turish kerak.
Ikki va undan ortiq elektr iste’molchilarni ajratuvchi transformatorga ulash mumkin emas. Buning sababi shundan iboratki, birinchidan, ta’minlovchi o‘tkazgich ancha uzun va tarmoqlangan bo‘ladi, ikkinchidan esa ikkinchi elektr iste’molchisida, agar uning qobig`i yer bilan bog‘langan bo‘lsa (masalan, polga tegib tursa), qobiq orqali tutashuv yuz berishi mumkin. Agar bu tutashuv qisqich V ga yaqin chulg‘am nuqtalarning tutashuvidan iborat bo‘lsa, u holda A qisqichning qobig`iga tutashgan birinchi elektr iste’molchisiga odam tegib ketganida odam tanasi orqali va A simdan V simgacha yer orqali o‘tadigan tok hosil bo‘ladi.
Past kuchlanishdan foydalanish. Fazalar o‘rtasidagi va faza bilan yer o‘rtasidagi kuchlanish 12 ... 42 V bo‘lganda past kuchlanish deb ataladi. Past kuchlanishni hosil qilish uchun pasaytiruvchi transformatorlar qo‘llaniladi (4.39 – rasm). Elektr iste’molchisini past kuchlanish bilan ta’minlash himoyalanishning mustaqil tadbiri sifatida yuzaga keladi.

    1. – rasm. Pasaytiruvchi transformator bilan ko‘chma chiroqni ta’minlash: 1- pasaytiruvchi transformator (OSVU-25 turidagi, quvvati 250 Vt, kuchlanish 220/36 (12)); 2- magnit plastinkalar; 3- yuqori kuchlanishning past kuchlanish tomoniga o‘tib ketishining oldini oluvchi, birlamchi va ikkilamchi g‘altaklar o‘rtasidagi ekran, u transformator qobig`i orqali yerga ulangan; 4- tarmoqqa ulash vilkasi.

Pasaytiruvchi transformator ajratuvchi transformatorlarga nisbatan qo‘yiladigan, yuqorida keltirib o‘tilgan, talablarning bittasiga ham javob bermaydi, masalan, dastgohlardagi mahalliy yoritish tizimi yoritkichlarining bir nechtasini bir yo‘la ta’minlaydi. Bu holda transformatorning ikkilamchi chulg‘ami chulg‘amlar orasida yoki elektr iste’molchilarining istalgan birida izolatsiyaning teshilishi ehtimoliga qarshi yerga (yoki nolinchi simga) ulanadi.
Ajratuvchi transformator qo‘llanilgan tarmoqda esa elektr iste’molchilari, oldin keltirib o‘tilganidek, 12...42 V kuchlanishli tarmoqda qobiqlarini yerga yoki nolinchi simga ulamasdan ishlashi mumkin. Ammo odatdagicha pasaytiruvchi transformatorlarga qaraganda ajratuvchi transformatorlardan foydalanish ishonchliroqdir. Chunki, ajratuvchi transformatordan foydalanilgan vaqtda hattoki 12...42 V kuchlanishning odamga ta’sir qilishining oldi olinadi. Lekin, ba’zi holatlarda shu kattalikdagi kuchlanishlar ham odam uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Lekin har bitta elektr iste’molchisini alohida transformator orqali elektr tarmog`iga ulash va ishlatish nisbatan qimmatga tushadi.
Past kuchlanishni qo‘llab elektr xavfsizligini ta’minlashning yana bitta misoli sifatida elektr payvandlash jarayonida (65 V) transformatorning salt ishlashi davrida, ya’ni payvandlash elektrodini almashtirish vaqtida, kuchlanishni pasaytiruvchi (12 V gacha) jihozni qo‘llashni ko‘rishimiz mumkin (4.40 – rasm).



    1. – rasm. Elektr payvandlash jarayonida transformatorning salt ishlash vaqtida kuchlanishni pasaytirish jihozini qo‘llash:

1- ulash-ajratish jihozi; 2-payvandlash transformatori; 3 - salt ishlash kuchlanishini pasaytirish jihozi; 4 - payvandlash kabeli; 5 - qaytish (nol) simi; 6 - payvandlash kuchlanishi; 7-elektrodni almashtirish vaqtidagi kuchlanish.

    1. Download 6,58 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish