Yuk ko‘tarish-tushirish mashina va mexanizmlarini ro‘yxatga olish tartibi
Ishlab chiqarishda yuk ko‘tarish-tushirish ishlarini bajarishda xavfsizlikni ta’minlashni yuksaltirish va shikastlanishlarning oldini olish maqsadida yuk ko‘tarish va tushirish mashina va mexanizmlarini ro‘yxatga olish ishlarini nazorat qilish tartibi ishlab chiqilib amalga tatbiq qilingan.
Ishga tushirishdan oldin yuk ko‘tarish qobiliyati 10 tonnadan ortiq bo‘lgan mashina va mexanizmlarning (kranlar) barcha turlari va yuk ko‘tarish qobiliyati 1 tonnadan ortiq bo‘lgan avtomobil kranlari texnik nazorat organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Quyidagi yuk ko‘tarish-tushirish mexanizmlari va kranlari texnik nazorat organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi:
qo‘l kuchi bilan harakatga keltiriluvchi kranlarning barcha toifalari, shuningdek, yuk ko‘tarish mexanizmi sifatida pnevmatik silindr qo‘llanilgan bo‘lsa ham, harakatga keltirish (ko‘chirish) mexanizmida qo‘l kuchi qo‘llaniladigan kranlar;
kranlarning ko‘priksimon turlari va yuk ko‘tarish qobiliyati 10 tonnagacha bo‘lgan ko‘chma yoki konsolsimon aylanma kranlar, polda turib kranga osilgan tugmachali uskuna yoki ko‘chmas qutidan (pultdan) boshqariladigan toifalari;
yuk ko‘tarish qobiliyati 1 tonnagacha bo‘lgan xartumli va minorasimon kranlar;
xartumining chiqib turishi o‘zgarmas yoki aylanish va ko‘chib yurish mexanizmi bilan ta’minlangan xartumli kranlar;
baland machta, minora, quvurlarni yig‘ishda inshootlarning o‘ziga mahkamlanib va ko‘chirilib yuriladigan ko‘chirma kranlar;
Тexnik nazorat tashkilotlarida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan yuk ko‘tarish mashina va mexanizmlari barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirilgan holda xo‘jaliklarda va korxonalarda ro‘yxatga olinadi.
Yuk ko‘tarish-tushirish mexanizmlari va kranlarni ishga tushirishga ruxsat berish tartibi. Тexnik nazorat tashkilotlarida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan yuk ko‘tarish mashinalarini ishga tushirishga ruxsat ushbu tashkilotlar tomonidan quyidagi holatlarda beriladi:
yangidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuk ko‘tarish mashinalarini ishga tushirishdan oldin;
yuk ko‘tarish mashinalarini yig‘ib olib joyida yangidan o‘rnatiladigan holatlarda;
portal kranni yangi ish joyiga ko‘chirgandan keyin;
yuk ko‘tarish mashinalari qayta ta’mirlangandan keyin;
yuk ko‘tarish mashinasining temir konstruksiyalari qismlarini payvandlash
usullari bilan ta’mirlagandan keyin.
Тexnik nazorat organlarida qayd qilingan yuk ko‘tarish mashinalariga, ushbu mashinaning egasi tomonidan o‘tkazilgan texnikaviy guvohlilik asosida, texnik nazoratning bo‘lim inspektori tomonidan ishga tushirishga ruxsat beriladi.
Bunda inspektor yuk ko‘tarish mashinasini shaxsan nazoratdan o‘tkazadi va nazorat qilinayotgan korxonada mashinalarning holatini va ularga qanday xizmat ko‘rsatilayotganligining tashkiliy jihatlarini tekshiradi. Mashinalarning ishga tushirilishi haqida ularning egalari texnik nazorati organlarini (inspektorni) kamida 5 kun oldin ogohlantirishlari shart.
Yangi tayyorlangan xartumli kranni (egasiga yig‘ilgan holda berilgan bo‘lsa) ishga tushirishga ruxsatnoma, texnik nazorati organlari tomonidan ushbu kranni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida, tayyorlovchi zavod tekshirish natijasi va texnikaviy guvohnoma (yuksiz sinab ko‘rish) asosida beriladi. Bu holda sinovlar yuk ko‘tarish mashinasining egasi tomonidan o‘tkaziladi va ma’lumotlar mashina pasportiga yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |