O‟zbekiston respublikasi



Download 2,87 Mb.
bet125/222
Sana19.10.2022
Hajmi2,87 Mb.
#854186
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   222
Bog'liq
Одам анатомияси ва физиологиясиc

Muskulning charchashi


Hujayra, organ yoki butun organizm ish qobiliyatining ish natijasida vaqtincha kamayishi va dam olishdan keyin yo‗qolishi charchash deb ataladi.
Ozgina yuk osilgan yakka muskulga ritmik elektr stimullar bilan uzoq ta‘sir etilsa, shu muskul qisqarishlarining amplitudasi nulta etguncha sekin-asta kamayib boradi. SHu tariqa olingan egri chiziq charchash egri chizig‗i deb ataladi. Muskulning barcha qisqarishlar balandligini o‗lchab va yig‗indisini qo‗shib, yukning jami ko‗tarilish balandligini bilish, yukni shu miqdorga ko‗paytirib, muskul to‗la charchaguncha bajargan ishining miqdorini aniqlash mumkin.
CHarchashda qisqarishlar amplitudasi o‗zgarish bilan bir qatorda qisqarishning latent davri uzayadi va ta‘sirot bo‗sag‗alari bilan xronaksiya ko‗payadi, ya‘ni qo‗zg‗oluvchanlik pasayadi. Ammo shuni ta‘kidlab o‗tish kerakki, bu o‗zgarishlarning hammasi muskul ishlay boshlagandan keyin darhol ro‗y bermay, orada bir qadar davr o‗tadi, ana shu davr mobaynida qisqarishlarning amplitudalari ortadi va muskulning qo‗zg‗oluvchanligi bir qadar oshadi. Ayni vaqtda muskul oson cho‗ziluvchan bo‗lib qoladi. Bunday hollarda muskul ta‘sirotning muayyan ritmi va kuchida ishlashga moslashadi, ya‘ni «o‗rganadi» deb aytishadi. Ta‘sirot yanada uzoq davom etganda muskul tolalari charchab qoladi.
Organizmdan ajratib olingan muskulga uzoq ta‘sir etilganda ish qobiliyatining pasayishi ikkita asosiy sababga bog‗liq. Bu sabablardan biri shuki, muskul qisqarib turgan vaqtda unda modda almashinuvi tashlandilari (jumladan, glikogen parchalanishidan hosil bo‗luvchi sut kislota) to‗planadi, bular esa muskul tolalarining ish qobiliyatini susaytiradi. SHu tashlandilardan bir qismi, shuningdek kaliy ionlari tolalardan tashqariga — hujayra atrofidagi kamgakka diffuziyalayaib chiqib, qo‗zg‗oluvchan membrananing harakat potensiallarini vujudga keltirish (generatsiya) qobiliyatini susaytiradi.
Organizmdan ajratib olinib, Ringer eritmasiga solingan muskul to‗la charchaguncha uzoq ta‘sir etilsa, qisqarishi tiklanishi uchun muskul solib qo‗yilgan suyuqliqni almashtirishning o‗zi kifoya qiladi.
Organizmdan ajratib olingan muskul charchashining ikkinchi saba bi o‗sha muskuldagi energiya zapaslarining sekin-asta kamayishidir.
YAkkalangan muskul uzoq ishlaganda glikogen zapaslari keskin darajada kamayadi, shuning natijasida qisqarish uchun zarur bo‗lgan ATF va kreatinfosfatning resintez protsesslari buziladi.
CHarchash problemasini ko‗zdan kechirganda shuni ta‘kidlash kerakki, ajratib olingan skelet muskuliga bevosita ta‘sir etilganda uning charchashi sof laboratoriya fenomeni bo‗lib, organizm yashaydigan tabiiy sharoitda uzoq ishlab turgan harakat apparati tajribadagi harakat apparatidan butunlay boshqacha charchaydi. Buning sababi organizmda muskulning uzluksiz qon olib turishida,
binobarin, qon bilan muayyan miqdorda oziq moddalar (glyukoza, aminokislotalar) kelib turishida va modda almashinuvi tashlandilarining bo‗shab chiqib, muskul tolalarining normal hayot faoliyatini izdan chiqarishdagina emas. Asosiy tafovut shundaki, organizmda nervdan muskulga qo‗zg‗otuvchi impulslar kelib turadi. Nerv-muskul birlashmasi muskul tolalariga qaraganda tezroq charchaydi , shu munosabat bilan nervdan muskulga qo‗zg‗olishlar o‗tmay qolishi sababli muskul uzoq ishlab toliqishdan saqlanadi. Butun organizmda nerv markazlari ish vaqtida nerv-muskul birlashmalaridan ham ilgariroq charchaydi.
Odam qo‗lining muskullari charchaganda dam olish vaqtida ikkinchi qo‗l bilan ish bajarilsa, yuk ko‗tarishda charchagan qo‗l muskullarining ish qobiliyati tez tiklanishini birinchi marta I. M. Sechenov ko‗rsatib berdi (1903). CHarchagan qo‗l muskullarining ish qobiliyati harakat aktivligining boshqa turlarida, masalan, oyoqning turli muskullari ishlaganda ham tez tiklanishi mumkin. I. M. Sechenov bunday dam olishni anchayin tinch turishdan farq qilib, aktiv dam olish deb atagan edi. Sechenov bu faktlarga avvalo nerv markazlarining charchashini ko‗rsatuvchi dalil deb qaragan edi.

Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish