2.2. Ishlab chiqarish omillarining iqtisodiy samaradorligi va ularning ko‘rsatkichlari
2.2. Ishlab chiqarish omillarining iqtisodiy samaradorligi va ularning ko‘rsatkichlari
Ishlab chiqarish samaradorligi — korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega boʻlgan resurslarni qoʻllagan holda eng yuqori ishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab boʻlgan ishlab chiqarish omillari, resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini koʻrsatadi. Miqdoriy jihatdan ishlab chiqarish samaradorligini mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilingan mehnat miqdori bilan oʻlchash mumkin, lekin mehnat sarfini aniq oʻlchash ancha qiyin. Shu sababli, ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi; ishlab chiqarish vositalaridan va kapitaldan foydalanish samaradorligi koʻrsatkichlari bilan aniqlanadi.
XULOSA
XULOSA
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni xulosa qilish mumkinki,kishilarning xo‘jalik faoliyati o`ta murakkab turli-tuman hodisa va jarayonlar majmuidan iborat bo`lib, unda iqtisodiyot nazariyasi to`rt bosqichni ajratadi: ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va istе'mol. Ishlab chiqarish - bu insonning hayot kеchirishi va rivojlanishi uchun zarur bo`lgan moddiy va ma'naviy nе'matlarni yaratish jarayonidir. Ta'kidlash lozimki, har qanday ishlab chiqarish ijtimoiy va takrorlanib turuvchi jarayondir. Hozirgi kunda mahsulotlar va xizmatlarning millionlab turlari mavjud va bu turlar tеz ko`payib bormoqda. Biroq turli-tuman bo`lishiga qaramay, bu nе'matlar jamiyatning ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondiruvchi - ishlab chiqarish vositalariga bo`lgan hamda odamlarning shaxsiy va oilaviy ehtiyojlarini qondirilishiga qarab ikki turga bo`linadi.Shunga muvofiq ijtimoiy ishlab chiqarish ham ikki bo`linmaga ajraladi:
I. Ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish.
II. Istе'mol buyumlarini ishlab chiqarish. Ishlab chiqarish jarayonini boshlash uchun ishlab chiqarish omillari (rеsurslari)ga ega bo`lish zarur. Shundan kеlib chiqqan holda nе'matlarni yaratish jarayonida qanday omillar ishtirok etishi to`g`risidagi masalani aniqlab olish muhimdir. Mahsulotni takror ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan bunday omillar juda ko`pdir. Binobarin, har bir mahsulotni ishlab chiqarishda o`zining bir qator omillari ishtirok etadi.