Sinov savollari
Algebraik tenglama transendent tenglamadan nimasi bilan farq qiladi?
Ildizlarni ajratishning ma’nosi va uning bajarilish ketma-ketligini ayting.
Oraliqni teng ikkiga bo‘lish usulining yaqinlashishi kafolatlanganmi?
Nyuton usulining boshlang‘ich yaqinlashishi qanday tanlanadi?
Qanday funksiyalar uchun Nyuton usulini qo‘llash tavsiya etilmaydi?
Nyuton usulining takomillashtirilgan holi mazmuni, xususiyatlari va qo‘llanilishini ayting.
Vatarlar usulida ildiz izlanayotgan interval ildizdan bir tomonda yotishi mumkinmi?
Kesuvchilar usulida ildiz izlanayotgan intervalni tanlash shartini ayting.
Kesuvchilar va vatarlar usullarining birlashgan variantining ustunlik taraflarini ayting.
Iteratsiya usuli uchun funksiyani qanday ko‘rinishga keltirish ma’qul?
Do'stlaringiz bilan baham: |