modul. Raqobatlashuvchi investitsiya loyihalarini baholash .
R E J A
7.1.Muqobil investitsiya loyihalarini tahlili.
Investitsiyalarning safarbar etilishi, ko‗p jihat-dan, loyihalarning yuqori samaradorlikka egaligiga asoslanadi. Sababi, bunday investitsiya loyihalari kat-ta foyda olish imkonini beradi. Odatda, yuqori foy-da olish aksariyat investorlarning asosiy maqsadi bo‗lganligi bois, bunday loyihalarni moliyalashtirish-dan investorlar manfaatdor bo‗ladilar. Lekin hamma investorlar ham investitsiya loyihasini moliyalashti-rishdan avval ularning turli iqtisodiy ko‗rsatkichla-rini baholaydilar va loyihani moliyalashtirish uchun o‗zlarining turli xil talablarini qo‗yadilar, shuning-dek o‗z imkoniyatlarini ham hisobga olishga majbur-lar. Xohish va maqsadlarga mos bo‗lgan loyihalarning ular tomonidan moliyalashtirishga qabul qilinishla-ri tabiiydir.
Odatda, barcha investitsiya loyihalari ham bir xil ko‗rsatkichlarga ega bo‗lavermaydi. Ayrim ko‗rsatkichlar bir loyihada yuqori ijobiy bo‗lsa, boshqa loyihada esa aksincha bo‗lishi mumkin va yana bir ayrim ko‗rsat-kichlari esa bir loyihada boshqa loyihadagiga nisba-tan pastroq miqsorga ega bo‗lishi mumkin. Bir sohaga xos bo‗lgan loyihalarning bunday (o‗zaro ziddiyatli) ma‘lumotlarga ega bo‗lishi, ular o‗rtasidagi raqobatni vujudga keltiradi. Investitsiya qarorlarini qabul kilish, ayniqsa, raqobatli investitsiyalar sharoitida birmuncha qiyin vaziyatlarni keltirib chiqaradi.
Investitsiya loyihalari o‗rtasidagi raqobat kura-shining vujudga kelishi, odatda, quyidagi sabablarga asoslanadi:
Investitsiyalarning eng qisqa fursatda (tez) qop-lanishi va yuqori foyda keltirishi.
Investorning kapital byudjeti cheklanganligi.
Investitsiyalar u yoki bu natijalarga erishish yoki muayyan turdagi cheklangan resurslardan foydalanish-ning muqobil imkoniyatlari ta‘minlangan hollarda o‗zaro ziddiyatli investitsiyalar hisoblanadi va raqo-batlashuvchi investitsiyalar deb ataladi. Muqobil (o‗za-ro ziddiyatli) investitsiyalarni taqqoslash esa ular ichidan eng yuqori samaralisini aniqlashga va uni ko‗zlangan maqsad yo‗lida moliyalashtirishga imkon be-radi. Muqobil loyihalarni o‗zaro taqqoslashda, eng avvalo:
— ishlab chiqarish rejasi va hajmi yoki loyiha quvvatiga;
—vaqt omiliga;
—yangi texnika yoki progressiv texnologiya bo‗yicha bajariladigan ish (xizmat) hajmiga;
—ishlab chiqarish va mahsulotni iste‘mol qilish-ning ijtimoiy omillariga (atrof-muhitga ta‘sirini ham hisobga olgan holda);
—moliyaviy ko‗rsatkichlarga (baho darajasi, inf-lyasiya va kredit uchun foiz stavkalari darajalari va shu kabilar) e‘tiborni qaratish lozim^
Investitsiya loyihalarining samaradorligi yuqori ko‗rsatkichlar asosida ishlab chiqilgan reja (bashorat)- larning haqiqiy bajarilishiga bog‗liq bo‗ladi. Bu ba-shoratlarning hammasi yuqori sifatli, xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishga va yuqori foyda aso-sida sotishga qaratilgan bo‗ladi. Lekin loyihalarning texnologik tarkibi (ishlab chiqarish jarayonining mu-rakkabligi va uzoq davom etishi), loyiha quvvatining bosqichma-bosqich o‗zlashtirilishi va mahsulotni so-tish jarayoni kabilarning loyiha samaradorligiga jid- diy ta‘sir ko‗rsatishini hisobga olish zarur.
Odatda, ob‘ektni ishga tushirishning birinchi bos-qichining o‗zidayoq to‗liq loyiha quvvatiga erishishni rejalashtirilgan investitsiya loyihalarining aksari-yat qismi noreal hisoblanadi. Sababi, turli xil tex- nologik, ishlab chiqarish va tijorat qiyinchiliklari oqibatida (sotish hajmining tushib ketishi, xom ashyo va ishchi kuchi ta‘minotidagi nomuvofiqliklar va shu kabilar) loyihalar ishlab chiqilgan rejalariga mos kelmay qolishligi mumkin. Ayniqsa, bunday holat loyiha quvvatining birinchi yilining o‗zidayoq to‗liq o‗zlashtirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyiha-larida kuzatilishi mumkin. CHunki, aksariyat hollarda, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish ishlarida ayrim muammolar yuzaga kelishi mumkin. SHu sababdan loyiha rejasini ishlab chikishda uni loyihaning to‗liq quvvatiga erishishini investitsiya ob‘ektini ishga tu-shirgan vaqgning uchinchi-to‗rtinchi yillariga kelib, yirik va murakkab loyihalarda esa 4-7 yillar ichida o‗zlashtirishga moslashtirishga harakat qilinadi. Odat-da, bunday rejalashtirish soha, loyiha xususiyatlari-dan, ishlab chiqarishning turlaridan, bozor holati-dan kelib chiqib amalga oshiriladi va mahsulotning uzluksiz va maksimum imkoniyatlar bilan sotilishiga qaratilgan bo‗ladi. Loyihalardagi bu va boshqa jihat-lar ular ichidan eng samaralisini tanlashda ziddiyat-li holatlarni keltirib chiqarishi sababli to‗g‗ri qaror qabul qilish muammosi har doim dolzarb masala hisob-lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |