10.1-misol. Faraz qilaylik, yangi qurilgan ko‗p qavatli aholi uylarini isitish uchun korxona isitish va energiya ta‘minotining ko‗mir, gaz, mazut turlari-dan birini tanlashi lozim. YUqori darajadagi ener- giya ta‘minotiga erishish uchun barcha usullarning taq-qoslama tahlili o‗tkaziladi (bunda tahlilning oddiy va tushunarli bo‗lishi uchun biz investitsiya loyihala-rining barcha variantlarining hayotiylik davri bir xil — 4 yilga teng deb faraz qilamiz) va ular quyi-dagi jadvadda o‗z aksini topgan.
10.1-j a d v a l. Muqobil loyihalar tahlili.
Investi- siyalar turlari
|
Yillik pul tushumlari summasi, yillar bo‗yicha mln. so‗mda
|
Sof joriy qiymat, 1CHRU,
mln. so‗m
|
Inves- titsiya lar renta- bel-ligi R1
|
Foy- daning ichki me‘- yori, 1EK,%
|
0-y
|
1-y
|
2-y
|
3-y
|
4-y
|
Ko‗mir
|
-
|
750
|
500
|
0
|
0
|
95,04
|
1,095
|
18
|
Gaz
|
1000
|
350
|
350
|
350
|
350
|
109,45
|
1,109
|
15
|
Mazut
|
- 1000
|
180
|
180
|
180
|
180
|
70,58
|
16
|
1,141
|
Jadval ma‘lumotlaridan ko‗rinib turibdiki, ko‗mir sarfi sxemasining past samaradorlikka ega bo‗lishiga sabab (RI q 1,095) isitish tizimining ishga tushirili-shidan boshlab uchinchi yilga kelib va undan keyingi yillarda hech qanday pul tushumlarining umuman kelib tushmasligidir. Lekin aholi uylariga issikdik uza-tishni to‗xtatish imkonining yo‗qligigina uni ishla-tishni davom ettirishni oqlaydi, xolos. SHu bilan birga 10% lik diskont stavkasida bu variant ijobiy NPV ga va u mazut sxemasidagiga nisbatan katta miq-dorga ega. Agar muqobil variantlarni IRR miqdori bo‗yicha taqqoslasak, ko‗mir sxemasi bir muncha afzal-roq hisoblanadi. NPV miqdori bo‗yicha muqobil loyi- halarning taqqoslanishi natijasida gazsxemasi eng katta miqsorga egaligi ma‘lum bo‗ladi. O‗z navbatida, mazut sxemasi investitsiyalarning rentabelligi ko‗rsat-kichi bo‗yicha eng yuqori miqdorga egaligi ma‘lum.
Amaliyotda ushbu misoldagi kabi muqobil loyiha-larning o‗zaro ziddiyatli tahliliga, odatda, quyidagi-lar: Kelgusi pul tushumlari jadvalidagi farqlar-ning mavjudligi.
Investitsiyalarning talab qilingan summasidan farqlarning mavjudligi sabab bo‗ladi. Bu holatni yuqorida keltirilgan misol jadvalidan yaqqol ko‗ri-shimiz mumkin. Bu erda IRR ko‗rsatkichi bo‗yicha ko‗mir sxemasi gaz sxemasidan yuqori turadi (ya‘ni tegishli-cha 18% va 15%). Agar energiya ta‘minoti sifatida ko‗mirdan foydalanish asosida olingan pul tushumla-ri qisqa davr ichida yuz berishi va keyingi yillarda-gi tushumning butunlay to‗xtashiga e‘tibor qaratsak, ushbu loyihaning gaz sxemasi bo‗yicha muqobil variantga nisbatan qisqaroq davr ichida foyda ichki me‘yori-ning yuqoriroq darajasi ta‘minlanishini ko‗ramiz.
Boshqa tomondan olganda, mazut sxemasi investi-siyalangan har bir so‗mga nisbatan eng yuqori foyda keltiruvchi loyiha hisoblanadi. Biroq bu loyiha bo‗yicha talab etiladigan investitsiyalar gaz sxemasiga nisba-tan kichik va ular bo‗yicha sof joriy qiymat (NPV) ham kichik hisoblanadi. RI va IRR bo‗yicha esa gaz sxemasidan yuqoridir. Umuman olganda, muqobil loyiha-larning samaradorligini taqqoslama aniqlashda bel-gilangan diskont stavkasida qaysi loyiha yuqori sof joriy qiymatga ega bo‗lsa (turli variantlardagi in-vestitsiyalar hajmi bir xil bo‗lgan hollarda) yoki hosil kilingan sof joriy qiymat hisobiga boshlang‗ich ka-pitalning eng yuqori o‗sishiga erisha olsa, o‗sha loyi-haning iqgisodiy samaradorligi yuqori hisoblanadi. Bunda loyihalarning RI ko‗rsatkichi ham so‗zsiz eng katta miqdorga ega bo‗ladi. Lekin uning IRR ko‗rsatki boshka loyihaning IRR ko‗rsatkichidan kichik bo‗lsa diskontlash stavkasini aks ettiruvchi grafikdan foydalaniladi.
6.2. Investitsiyalarning qoplanishi bo‗yicha o‗zaro ziddiyatli loyihalar tahlili. Amaliyotda shunday hollar ham uchraydiki, ayrim mashhur yirik kompaniyalar bir vaqtning o‗zida bir necha xil loyihalarni moliyalashtirish imkoniga ega bo‗ladilar. Bunday paytda ushbu kompaniya bir qancha investitsiya loyihalarini ko‗rib chiqish va tanlashga qabul qiladi. Bunda kompaniya ularning eng samarali-larini tanlab oladilar. Tanlab olingan investitsiya loyihalarining qiymati esa o‗zining kapital byudje-tiga (moliyalashtirish imkoniyatiga) mos qilib oli-nadi va ularni amalga oshirishdan ko‗radigan foydani hisoblaydi.
10.2-misol. Faraz qilaylik, yirik kompaniya mo-liyalashtirish uchun bir nechta loyihalarni qabul qil-di. Biroq u o‗zining 130000 ming doll. atrofidagi byudjetidan kelib chiqib, eng samarali loyihalarni tanlashi lozim. Taqdim etilgan loyihalar quyidagi ko‗rsatkichlarni tashkil etadi.
10.2-j a v d a l. Muqobil investitsiya loyihalarini amalga oshirish
tahlili.
Do'stlaringiz bilan baham: |