15.6. Restoran barmenining lavozim yoriqnomasi
Joylashtirish bolimi mamurining lavozim yoriqnomasi
Mamuriy xizmat mehmonxona majmuasining barcha xizmat bolimlarining ishini tashkillashtirilishiga javob beradi. U moliya, xodimlar (kadrlar) bilan taminlash masalalari bilan shugillanadi, xodimlarga yetarli ish sharoitlarini yaratish, texnika xavfsizligiga, ekologiya va yonginga qarshi qoyilgan normativ talablarni bajarilishini nazorat qiladi, hamkorlar va tashqi aloqalar bilan shugillanadi. Bu bolimni oliy toifali menejer yoki mehmonxona direktorining ozi boshqaradi.
Mehmonxonalarda mamur (administrator) xizmatlari korsatishning muhim vazifalariasosan qabul qilish va xizmat korsatish bilan belgilanadi. Bu Front office xizmati bolib, u qabul qilish va xizmat korsatish deb talqin qilinadi. Ingliz tilida bu xizmat Reception deb atalib, u Front officening bir bolimi hisoblanadi.
Unda konserj, shveysar, yuk tashuvchi, paj, telefon operatori, mehmonlar bilan ishlovchi menejer va kopincha bronlashtirish xizmatlari kiradi. Bu bolim boshida mehmonxonada joylashtirish boyicha direktor turadi va unga yuqorida barcha sanab otilgan bolimlar kiradi.
Demak, Front office bu mehmonxonaning guruhli punkti, uning nerv markazi, mehmon bilan otel xizmatlari yuzma-yuz uchrashib va xayrlashadigan joyidir. Mehmon uchun bu Front office otelning yuzi bolib, u mehmonning
otel bilan munosabati qabul xizmatida turgan xodimning suhbati bilan chegaralanadi.
Shuning uchun, bu xizmat xodimlarining odamlar bilan muloqot qila olishi ularning muhim fazilatlaridan biriga kiradi. Ushbu xizmat xodimlari tovar, yani otelni sotishni bilishi, uning imidjini yaratishi, mehmonxona menejmenti vakili bolib, mehmonning muammolarini echishi va ularning yaxshi dosti bolishi kerak.
Avvalo, qabul qilish xizmati administratori zor psixolog ham bolib, mijoz bilan suhbatda togri yol tanlashni darrov anglashb olishi muhim. Qabul qilish xizmati xodimlari otel haqida barcha malumotlar (nomerlarning yaxshi va yomon taraflari, joylashishi, narxi, boshqa xizmatlar), shaharning diqqatga sazovor joylari, manzili, borish mumkinligi, transport, muzey, teatrlarning ishlash rejimini toliq bilishlari shart.
Avvalo, qabul qilish xizmati otel holida joylashgan bolishi shart. Iloji bolsa, qabul xizmati klerklari oz ish joylaridan liftni korib turishlari va bu mijozlar va yuklar ustidan qoshimcha nazoratni olib borish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |