O„zbekiston respublikasi


Mafkuraviy xurujlarning namoyon bo„lishi va unga qarshi himoya (profilaktika) vositalari



Download 0,51 Mb.
bet41/81
Sana05.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#740808
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81
Bog'liq
DILMUROD

Mafkuraviy xurujlarning namoyon bo„lishi va unga qarshi himoya (profilaktika)
vositalari.
Mafkuraviy tahdidlar keng qamrovligi va uzoqni ko‘zlovchi xususiyatga egaligi bilan
ajralib turadi. Mafkuraviy tahdidlarning bugungi kunda quyidagi ko‘rinishlari ko‘zga
tashlanmoqda: milliy qadriyatlarni kamsitish, milliy axloq qoidalarini inkor qilish, mo‘tadil
qarashlarni pisand qilmaslik va bularning o‘rniga muayyan mafkuraviy markaz yo‘rig‘iga yurish,
kosmopolit qoidalarni maqtash, yot va begona g‘oyalarni, dunyoqarashni mutlaq haqiqat sifatida
targ‘ib qilish. Diqqat qilinsa, ijtimoiy ongda zararli maqsad-muddaolarni, tuyg‘u va fikr-
mulohazalarni hosil qilish mafkuraviy tahdidlarning negizini tashkil qiladi.


Mafkuraviy tahdidlar —biz uchun mutloqo begona mafkura va dunyoqarashni avvalo
beg‘ubor yoshlarimizning qalbi va ongiga singdirishga qaratilgani bilan ayniqsa xatarlidir”.
23
Misol uchun, biz uchun begona dunyoqarashlardan biri - mutaassiblikdir. Unga ko‘ra, shaxs o‘z
tushunchalarini mutlaq haqiqat deb qabul qiladi va o‘zga qarashlarni esa asossiz inkor etadi.

Zero, biz uchun yot bo‘lgan mafkuralarda axloqsizlikni ideallashtirish va biz uchun yot
bo‘lgan dunyoqarashlarda esa mutassiblik, aqidaparastlikni tiqishtirish ko‘zga tashlanadi. Bir
so‘z bilan aytganda, yot mafkuralarda ma’naviyatni zaiflashtirib gegemonlik qilish va yot
dunyoqarashlarda esa dogmatik fikrlar vositasida shaxs ongini diniylashtirish ustuvor darajada
namoyon bo‘lmoqda.

G‘oyaviy tahdidlarga kiruvchi tahdidlar inson ma’naviy olamida yot g‘oyalar, qarashlar va
maqsad-muddaolarni shakllantirishga intiladi. Bugungi kunda g‘oyaviy tahdidlarning quyidagi
ko‘rinishlari namoyon bo‘lmoqda: axloqiy buzuqlik, zo‘ravonlik, egotsentrizm, individualizm,
“ommaviy madaniyat”, milliy davlatning taraqqiyot modeliga ishonchsizlik uyg‘otish, milliy
nizolar keltirib chiqarishga urinish, iqtisodiy tanglik joriy qilish, qo‘shni davlatlarni bir-biriga
qayrash, yoshlar ongini zaharlash. Bundan ko‘zlangan maqsad rivojlanayotgan davlatning
moddiy va ma’naviy boyliklariga egalik qilishdir. Chunki g‘oyaviy tahdidlar oxir-oqibatda
davlatni inqirozga olib keladi, nega deganda, buning natijasida fuqarolarda xudbinlik, loqaydlik,
manfaatparastlik, hasad, sotqinlik, irodasizlik, beparvolik kabi ijtimoiy-axloqiy illatlar kelib
chiqadi.

Informatsion tahdidlar insonning ijtimoiy ongini noto‘g‘ri shakllantirish va shu tariqa
o‘zligiga ega bo‘lmagan olomonni tarkib toptirishni ko‘zlaydi. Bugungi kunda informatsion
tahdidlar asosan Internet vositasida chetdan turib uyushtirilmoqda va uning asosiy ko‘rinishlari
quyidagilardir: davlatning milliy siyosatini atayin tanqid qilish, soxta xabarlar tarqatish, kichik
muammoni katta (yirik) muammo sifatida tasvirlash, muxoliflarni gij-gijlash, rahbarlarni zolim
qilib ko‘rsatish, milliy qadriyatlarni noto‘g‘ri talqin qilish, yoshlarni chalg‘itish. Informatsion
tahdidlar - ba‘zida axborot xuruji deb ataladi - shaxsni ikkilantiradi, uni muammolar girdobiga
tashlaydi. Natijada fuqarolarning ijtimoiy ongi zaharlanib, jamiyatda ijtimoiy xastalik vujudga
keladi.
24
Shunday qilib ma’naviy tahdidlarning mazmun-mohiyati, ko‘rinishlari va xususiyatlarini
anglab olish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. Shundagina jamiyatda
ularga qarshi kurashish ruhini tarkib toptirish mumkin.



22 Milliy g‘oya va rahbar mas’uliyati / Q.Nazarov, I.Ergashev va boshqalar. T., “ G‘afur G‘ulom” NMIU, 2007, 530-532 betlar.


23 Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch. T., —Ma‘naviyat”, 2008, 14 bet


24 Jo‘rayev T. Milliy davlatchilik va xavfsizlik. -T.: “Akademiya”. 2007, 113 bet.




Ma‘naviy tahdidlarni bartaraf qilib borishga doir bir qator qarashlar tizimi mavjud. Albatta,
ijtimoiy-falsafiy va ilmiy adabiyotlarda ma‘naviy tahdidlar tushunchasi davr taqozosi va
tarixiylik nuqtai nazardan “tahdid”, “xavf-xatar”, “qo‘rquv” kabi bir necha atamalar bilan tilga
olingan. Buni e'tibordan soqit qilib bo‘lmaydi.
Bu o‘rinda ma’naviy tahdidlarni bartaraf qilishga
doir eng muhim qarashlarni tahlil qilish bilan cheklanamiz.

Ma‘naviy tahdidlarni bartaraf qilish muammosi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning
doimiy
diqqat-e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Davlatimiz rahbarining konsepsiyasiga ko‘ra,
ma’naviy tahdidlarni “fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya va jaholatga qarshi ma’rifat bilan”
bartaraf qilish mumkin.
25 Bu muhim qarash bo‘lib, hozirgi ma’naviy-mafkuraviy faoliyatimizda
metodologiya vazifasini o‘tamoqda.

Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashda avvalo mafkuraviy immunitet shakllanisha lozim.
“Immunitet”- so‘zining ma’nosi “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”da quyidagicha berilgan:
(lotincha-biron narsadan xalos, ozod bo‘lish, qutilish)-organizmning doimiy ichki barqarorligini,
saqlash, uning turli xususiyatlarga va ta’sirdan himoyalanishi, qarshilik ko‘rsatishi,
rezistentligi”
26.
“Falsafa” qomusiy lug‘atida esa - —mafkuraviy immunitet”- shaxs, ijtimoiy guruh, millat,
jamiyatni turli zararli g‘oyaviy ta’sirlaridan himoya qilishga xizmat qiladigan g‘oyaviy -
nazariy qarashlar va qadriyatlar tizimi, deyiladi
27.
Mafkuraviy immunitet - shaxs-ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g‘oyaviy
ta’sirlaridan himoya qilishga xizmat qiladigan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va qadriyatlar tizimi.
Immunitet (lot, immunitats - ozod bo‘lish, qutilish) tibbiy tushuncha bo‘lib, organizmning
doimiy ichki muayyanligini saqlashi, o‘zini turli ta’sirlardan, tashqi infektsiyalar kirib kelishidan
himoya qilishga qodir bo‘lgan reaksiyalar majmui tushuniladi. Sodda qilib aytganda, immunitet
- kishi organizmining turli kasalliklardan himoya qila olish qobiliyatidir. Yuqoridan farqli
o‘laroq insonning umumiy immunitet tizimi tug‘ma bo‘lsa, mafkuraviy immunitetni shakllantirib
borish zarur. Ikkinchidan, u har bir avlod uchun o‘ziga xos hususiyatga ega. Uchinchidan,
immunitet tizimi shakllangandagina jamiyatda mafkuraviy daxlsizlikni ta’minlash mumkin.
Mafkuraviy immunitet tizimining asosiy va birinchi elementi - bu, bilim. Ammo, bilimlarning
turi ko‘p. Buyuk davlatchilik shovunizmi yoki agressiv millatchilik mafkurasi tarafdorlari ham
muayyan —bilimlarga tayanadilar, albatta. Shunday ekan, mafkuraviy immunitet tizimidagi
bilimlar obyektiv bo‘lishi, voqeylikni to‘g‘pi va to‘liq aks ettirishi, inson ma’naviyatining
boyitishi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Ular, o‘z mohiyat e’tiboriga ko‘ra, Vatan
va millat manfaatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lmog‘i kerak. Mafkuraviy immunitet tizimining
ikkinchi asosiy elementi ana shunday ilg‘or bilimlar zamirida shakllanadigan baholar, qadriyatlar
tizimidir. Zero, bilimlar qanchalik obyektiv va chuqur bo‘lsa, uning zamirida yuzaga kelgan
qadriyatlar ham shunchalik mustahkam bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, qadriyatlar tizimi
mafkuviy immunitetning imkoniyatlarini belgilab beradi va zararli g‘oyalar yo‘lida mustahkam
qalqon bo‘lib xizmat qiladi. Ammo bilimlar va qadriyatlar tizimi mavjudligining o‘zi mafkuraviy
immunitetning mohiyatini to‘liq ifoda eta olmaydi. Zero, bu ikki element mafkuraviy
immunitetning uchinchi muhim elementi, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy - ma’rifiy
sohalardagi maqsadlar tizimi bilan bog‘liq. Ana shunday aniq maqsadlar tizimi bo‘lmas ekan,
inson, millat yoki jamiyat goh oshkora, goh pinhona mafkuraviy tazyiqlarga duchor
bo‘laveradi.

Mafkuraviy profilaktika - ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan turli
shakllardagi g‘oyaviy-tarbiyaviy, ma’naviy-mafkuraviy ishlar majmui bo‘lib, u butun g‘oyaviy
tarbiya tizimini qamrab oladi. Mafkuraviy profilaktika g‘oyaviy bo‘shliqni bartaraf etish,
mafkuraviy parokandalikni oldini olish yoki biror-bir hudud, qatlam, guruhni yot va zararli
g‘oyalar ta’siridan xalos qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda g‘oyaviy ta’sirning xilma-xil
usul va yo‘llaridan foydalaniladi, turli vositalar qo‘llaniladi.



25 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. -T.: —Ma’naviyat”. 2008. 119 bet.


26 O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 4-jild. T., 2002, 131 bet.


27 Falsafa qomusiy lug‘at. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. T., “Sharq” NMAK, 2004, 247 bet.




Mafkuraviy profilaktika tezkor va qisqa sur‘atlarda yoki asta-sekin, bosqichma-bosqich
amalga oshirilishi mumkin. Birinchi holatda zudlik bilan chora-tadbirlar qo‘llash lozim bo‘lsa,
ikkinchisida, doimiy va sobit qadamlik bilan ish olib borish ko‘proq natija beradi. Mafkuraviy
immunitet tizimini shakllantirishda ma‘naviy ta‘lim-tarbiya tizimiga tayangan mafkuraviy
profilaktikaning o‘rni katta. Zero, u mohiyatan, yot g‘oyalaming kirib kelishining oldini olish va
ularni yo‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlarga tayanadi. Ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot
tizimi Mafkuraviy profilaktikani amalga oshirishga yordam beradi. Sog‘lom mafkurani xalq
qalbi va ongiga singdirishga xizmat qiladigan ijtimoiy tuzilmalar, oila, maktab, mahalla, davlat
va jamoat tashkilotlari ham unda o‘z o‘rniga ega. Shuningdek, Vatan, xalq manfaatlarini, do‘stlik
va birodarlikni, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikni targ‘ib-tashviq etuvchi ertaklaru dostonlar,
qo‘shiqlaru raqslar, turli ko‘rinish va mazmundagi ma’n-y-ma’r-y tadbirlar Mafkuraviy
profilaktikani amalga oshirish shakllaridir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tobora kuchayib
borayotgan turli xavf-xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo‘lib yashashimiz
zarurligini uqdirib, —Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o‘ylangan, puxta ilmiy
asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz olib boriladigan ma'naviy tarbiya” hal etuvchi
ahamiyat kasb etishini ta‘kidlagan edi.

Mafkuraviy tajovuzlarning oldini olishda shu sohadagi targ‘ibot va tashviqot muhim o‘rin
egallaydi. Bu avvalo, muayyan guruh, millat, jamiyat, irq, etnik guruh, hudud xalqlariga
ma‘naviy tizim va tamoyillarni singdirishga qaratilgan tizimli va maqsadli ma‘rifiy faoliyatni
ifodalaydigan jarayondir. Shu bilan birga «Ma'naviy targ‘ibot» yurtimizdagi turli millat, ijtimoiy
toifa, kasbu korga mansub bo‘lgan kishilarni ma'naviy tajovuzlardan ogohlikka chorlash,
mavjud xavf va tahdidlarning mohiyatini anglab yetish, ular haqida jamoatchilik fikrini
shakllantirish, eng muhimi, milliy g‘oya asosida xalqni birlashtirish, jipslashtirish, yosh avlod
ongi va qalbida ezgu g‘oyalarga sadoqat tuyg‘ularini tarbiyalashga qaratilgan usul va amaliy
harakatlar majmuini anglatadigan tushuncha hamdir.

Barkamol farzand sog‘lom oilaviy muhitda voyaga yetadi. Bunga erishish uchun - birinchi
navbatda, ma'naviy targ‘ibot-tashviqot ishlarini ota-onalar ongi, ularning farzandlariga bo‘lgan
munosabatini o‘zgartirishga yo‘naltirmoq lozim. Ma'naviy targ‘ibot-tashviqotda ulug‘
ajdodlarimizning hayot yo‘li, qoldirgan merosini bir yoqlamalikka berilmay, to‘g‘ri va haqqoniy
aks ettirmog‘imiz darkor. Lekin, bunda faqat o‘tmishdagi siymolar bilan cheklanib qolmay,
bugungi kun qahramonlari, ilg‘or zamondoshlarimizdan o‘rnak olish ham muhim ahamiyatga
ega. Toki, ular yoshlar uchun tom ma'noda ibrat namunasi bo‘lsin.

Ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishlarining ta'sirchanligini ta'minlaydigan zamonaviy
informatsion va kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish, jamiyat ma'naviy immunitetini
kuchaytirishga qaratilgan samarali usul-uslublarni ishlab chiqish, davlat va jamoat tashkilotlari
hamda targ‘ibotchi-tashviqotchilar uchun tegishli tavsiya va qo‘llanmalarni tayyorlash bu
boradagi muhim vazifalar tarkibiga kiradi. Ma'naviy targ‘ibot-tashviqotda keng qamrovlilik,
uzluksizlik, bosqichma-bosqichlik, meyoriylik, shaxsiy ibrat singari tashkiliy tamoyillarga amal
qilingan taqdirdagina ko‘zlangan samaraga erishish mumkin.



  1. Download 0,51 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish