O„zbekiston respublikasi


Milliy g’oyada mentalitetning namoyon bo’lishi



Download 0,51 Mb.
bet29/81
Sana05.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#740808
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81
Bog'liq
DILMUROD

Milliy g’oyada mentalitetning namoyon bo’lishi. Hozirgi paytda ijtimoiy
jarayonlar tahlilidan kelib chiquvchi muhim saboqlardan biri ham mentalitet orqali
o‘zgarishlarga erishish, uning mazmun-mohiyatiga ta‘sir ko‘rsatishdan iboratdir. —Agar
mentalitetni atrofimizdagi hayot tarzining mahsuli sifatida qabul qilsak, uning ikkinchi jihati





shundaki”, hayotning o‘zi ham, uning o‘zgarishlari ham odamzot tafakkurining o‘zgarishi bilan
chambarchas bog‘liq”.

Milliy mentalitet fenomeni bo‘linish emas birlashishni, birdamlik va hamkorlikni taqozo
etadi. Dunyoda hech bir natijaga aql-zakovatni, kuch-harakatni, vaqt va imkoniyatlarni bir
nuqtaga jamlamasdan turib erishib bo‘lmaydi. Birlashish butunlikka erishish, bunyodkorlik
ishlarining debochasidir, chunki bunyodkorlikka intilish, bu yo‘lda umumxalq safarbarligi
holatini tarkib toptirish, eng muhimi fikr-qarashlar yakdilligini yuzaga keltirish - ruhiy birdamlik
kayfiyatiga erishish muhimdir.

Agar an‘anaviy jamiyatda tovar, industrial jamiyatlarda pul barcha masalalarni hal qiluvchi
asosiy vositalar rolini o‘ynab kelgan bo‘lsa, bugun biz yashayotgan postindustrial jamiyatda
shaxs qadriyatini belgilovchi asosiy tamoyillar sifatida informatsion bazis, intellektual
tayyorgarlik, bilim darajalari hal qiluvchi kuch tarzida maydonga chiqadi.

Shu boisdan ham yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan «Kuch - bilim va tafakkurda»
shiori postindustrial jamiyatning shiddatkor, jo‘shqin xususiyati tempi to‘lqinlarida
odamlarimizning erkin suzishlari, bu jarayonlarda o‘zligini yo‘qotib qo‘ymasligi, aksincha o‘z
ovozi, so‘zi, fikri va salohiyatlari bilan faol uyg‘unlashuviga yo‘l ochuvchi bir mayoq vazifasini
o‘taydi. O‘zgarayotgan ijtimoiy makon va zamon ruhida odamlarimizning doimiy aktualligini
ta’minlovchi qudratli kuch ham tafakkur omilidir. Milliy mentalitet omili davrning jo‘shqin ruhi,
tez o‘zgarayotgan muhit ta’sirida yemirilib ketmasligi xususida fikr yuritib, bunday inqirozlardan
saqlovchi kuch insoniylik ekanini asoslab beradi. Insoniylik mohiyati sifatida shaxs va
jamiyatning barcha jihatlariga ruh bag‘ishlaydi, unga jonlilik, tiriklik, yaratuvchanlik ruhini
singdirib turadi.

Insoniylik omilining real zohir bo‘lish belgilari esa, komil shaxsga xos bo‘lgan fayz,
tarovat, yuzi issiqlik, istara, o‘zi yonib boshqalarni ham yondira olish singari fazilatlardir. Ayni
chog‘da ta’kidlash joizki, xalqimiz nazdida komillik tushunchasi rahbar siymosida ayniqsa
yorqin namoyon bo‘ladi. Shu boisdan ham, komillikning eng avvalo yetakchilarda, rahbar
shaxslarda yorqin ko‘rinishi kerak. “Istarasi issiq degani, bu odamlarga ko‘ngli ochiq bo‘lish
demakdir. Ya’ni, rahbar juda ortiqcha sirli bo‘lmasligi, bag‘rikeng va kechirimli bo‘lishi lozim.
Va kerak bo‘lsa, meni kechirasizlar-u, ochiq aytishim kerak, u qandaydir fayzli bo‘lishi zarur. Bu
fikrga qo‘shimcha qilib shuni aytmoqchimanki, bugungi kunda rahbar faqat o‘zi yonib qolmay,
unga ko‘z tikib, undan ko‘p narsani kutib turgan xalqni ham yondira olishi zarur. Men yondirish
deganda, avvalambor, odamlarni birlashtirish, odamlarni boshqarishni, ularni yuksak maqsadlar
sari safarbar etishni nazarda tutaman» .

Demak, milliy mentalitet asosidagi komil shaxs konsepsiyasi ikki muhim jihat, ya‘ni bir
tomondan o‘zidagi insoniylik fazilatlarini amaliy faoliyatlarda qo‘llay olish salohiyati bo‘lsa,
ikkinchi tomondan odamlarni bunyodkorlik ishlariga safarbar eta olish qobiliyatlarini yuzaga
chiqarish orqali namoyon bo‘ladi. Milliy mentalitet asosidagi komil shaxs shunchaki ko‘p
o‘qigan, ko‘p bilgan, ko‘p ko‘rgan yoki tajribasi katta odam bo‘lib cheklanmasdan, o‘zidagi
bilim va tajribalar, insoniy fazilatlarni ezgulik, yaratuvchanlik yo‘lida foydalana oluvchi,
voqelikni shunchaki bilish bilan cheklanib qolmagan, balki hayot o‘zgarishlarini anglashga
erishgan, nafsini jilovlab, meyorga keltira olgan, «qanoat», «shukur», «tavba» tushunchalariga
mustahkam tayanib ish tutuvchi, o‘z manfaatini umum manfaatlari bilan muvofiqlashtira olgan,
faol, harakatchan, tinib-tinchimas, o‘zi yonib o‘zgalarni ham yondirguvchi shaxsdir. Milliy
mentalitet bilan qurollangan komillik pirovard natijada odamlarni birlashtirish, aholi turli
qatlamlari vakillarini bunyodkorlik yo‘lida uyushtirish, ularni o‘zaro murosa, madora, ittifoqqa
keltirish yo‘liga olib chiqadi.

Xullas, milliy mentalitetga asoslangan bugungi faol shaxs falsafasi yangilanayotgan
borlig‘imiz ruhiga ayni muvofiq barkamol shaxs, har tomonlama rivojlangan inson, zukko, dono,
yaratuvchan, bunyodkor, bag‘rikeng, sahovatli, ochiq yuzli, istarali odamni tarkib toptirish
vazifasini dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo‘yadi.

Milliy mentalitet Vatanni sevish omiliga ko‘p jihatlarga ko‘ra bog‘liqdir. Vatanni sevish
ulug‘ Navoiy ta’kidlagani kabi shu yurt odamlarini sevishdan boshlanadi. Odamlarga bo‘lgan





muhabbat Vatan sevgisining debochasi va o‘zagidir. Navoiy muhabbatni ikki jihat, ya’ni ilohiy
ishq va majoziy ishqqa bo‘lib talqin etadi hamda insonlarga bo‘lgan mexr-oqibat, hurmat,
sadoqatdan iborat ko‘ngil bog‘liqligi, ya’ni majoziy muhabbat uning taqdirida ustunroq
ekanligini o‘z asarlarida takror-takror qayd etadi. Chin vatanparvarlik haqiqiy insonlik, insonga
muhabbat, unga himoyachi, fidoiy, kerakli bo‘lishdir. Demak, Prezidentimiz ilgari surayotgan
«insonning insonligini o‘ziga anglatish va shu maqsadni ro‘yobga chiqarish» g‘oyasi zamirida
ham Vatanga ishqni odamlarni sevishdan boshlash da‘vati mujassamdir. Odamlarni sevish va
Vatan sevgisi o‘zaro uyg‘un, chatishgan mohiyat kasb etganligi bois Vatanga muhabbat
tuyg‘usini tarkib toptirish dastavval shaxsning o‘z-o‘ziga bo‘lgan mas’uliyati, talabchanligi
o‘zidan qoniqmaslik, o‘z-o‘zini doimiy taftish va nazorat qilishdan boshlanadi. Shu narsani
e‘tirof etish kerakki, xalqimizda insonni jamoatchilik fikri nuqtai nazaridan baholash ijtimoiy
nazorat qilib borish jihatlari yaxshi rivojlangan.

Milliy g‘oyaning ma’naviy-madaniy tomonlari milliy manfaatlar-ning uyg‘unligini aniq va
ravshan ifodalaydi. Chunki unda til, milliy ruhiyat, milliy o‘ziga xoslik, milliy mentalitet
jozibador tarzda aks etadi. Shuning uchun ham milliy g‘oyani targ‘ib va tashviqot etishda
o‘zbeklarga xos mentalitet, uyat, or-nomus, vijdon, adolat, haqiqat, odillik, andisha, sharm-hayo,
qadr-kimmat kabi tushunchalar milliy, madaniy, ma‘naviy hayotimizning tarkibiy qismi sifatida
baholan-moqsa. Ushbu tushunchalar mazmun-mohiyatida xalqimizga xos his-tuyg‘u, o‘zga
millatlarga nisbatan odamiylik, insoniylik singari ezgu niyat-lar yotadi.

Uzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi hayotimizdagi, hatto tariximizdagi nihoyatda
katta voqea bo‘ldi. O‘zbekiston tilga oid har qanday masalani mustaqil hal qilish huquqiga ega.
Konstitutsiyamizda mustahkamlanganidek, "O‘zbekistan Respublikasining davlat tili uzbek
tilidir".

Milliy g‘oya o‘zbek tilining davlat maqomini to‘la ro‘yobga chiqarish, uning qo‘llanilishi
va muhofazasini ta’minlashga ko‘maklashadi. Ayni paytda, u respublikamiz hududida yashovchi
millatlar va elatlar til-larining taraqqiyoti uchun imkoniyat hozirlashga yordam beradi.

Milliy g‘oya ma’naviyatimizning asosi hisoblangan madaniy merosimizga munosabat
masalasida ham katta o‘rin tutadi. Madaniy, ma’naviy meros avlod-ajdodlarimiz tomonidan
necha-necha asrlar davomida yarati-lib, asrab-avaylab kelinayotgan buyuk xazinadir. "Ota-
bobolarimiz-dan bizga boy ma’naviy meros qolgan. Endi bizning qonimizga ko‘chgan, bizning
nasl-nasabimizga xos o‘sha ulkan ma’naviy salohiyatni yanada yuksaltirishimiz, uni
farzandlarimizga, kelajak avlodga munosib meros qilib qoldirishimiz kerak". Madaniy merosga
bunday hurmat, birinchi navbatda, uning yaratuvchisi, avaylab-asraguvchisi va rivoj-
lantiruvchisi hisoblangan xalq ommasiga, millatga, uning o‘tmishiga cheksiz ehtirom, mehr-
oqibat mahsulidir. Madaniy merosini chuqur o‘rganmagan va e’zozlamagan kishi o‘zining
shajarasi, avlod-ajdod-lari bosib o‘tgan yo‘l, milliy istiqlolimiz, erkimiz va ozodligimiz uchun
jasorat ko‘rsatgan ulug‘ zotlar haqida tasavvurga ega bo‘lmaydi.

O’zbek mentaliteti, tafakkur tarzi, ma’naviyati rivoji asrlar osha sayqal topgan go‘zal
axloqiy fazilatlar va milliy kadriyatlar mevasidir. Istibdod yillarida mustamlakachilar
xalkimizning bu be-nazir o‘ziga xosligini yo‘qotishga urindilar. Uning tarixiy xotirasi milliy
ma’naviy merosga nisbatan bo‘lgan bunday tajovuzdan jiddiy talofat ko‘rgan bo‘lsa-da, o‘zak
tomirlarini shikastlardan saklay oldi, teranligini yo‘qotmadi. Xalq bunday xurujlar chog‘ida
dushmanlarga qarshi gohida ochiqdan-ochiq mardonavor kurashdi, zulm haddan oshgan
murakkab kezlarda esa bu bebaho qadriyatlarni yuragining to‘rida avay-lab asradi.

Tarixning guvohlik berishicha, ishlab chiqarish muttasil o‘sib, rivojlanib boradi. Ishlab
chiqarishning rivojlanishi esa, avvalo, uni amalga oshiruvchi insonning ma‘naviy-axlokiy kamol
topishi bilan bog‘liq. Agar texnika va texnologiyaning o‘sishi insoniyat taraqqiyoti-dan ilgarilab
ketsa, unda bu rivojlanish nomutanosib bo‘ladi va uzoq davom etmaydi. Ma’naviy jihatdan
ildamroq taraqqiy etmas ekan, moddiy va iqtisodiy jihatdan ham tez rivojlanmaydi. Bundan
tashqari, texnika va texnologiyaning takomillashishiga ham inson ongi, bilimi va aqli rivojining
natijasi sifatida qarash lozim. Binoba-rin, "davlatimizning eng muhim vazifalari dan biri —





ma‘naviy jihatdan barkamol insonni tarbiyalash, ta‘lim va maorif tizimini takomillashtirish,
milliy uyg’onish g‘oyasi asosida ma’naviy va ruhiy jihatdan yangi avlodni voyaga yetkazishdir".



  1. Download 0,51 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish