O‘zbеkiston rеspublikasi


Fuqarolarni harakatlanish vositalari va protez-ortopediya



Download 0,63 Mb.
bet38/55
Sana28.06.2022
Hajmi0,63 Mb.
#713961
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55
Bog'liq
O‘zbеkiston rеspublikasi

8.3. Fuqarolarni harakatlanish vositalari va protez-ortopediya
buyumlari bilan ta’minlash tartibi
Nogironlarga mehnat qilish huquqlarini amalga oshirishlari uchun
barcha zarur choralar ko‘riladi. Nogironlarni ijtimoiy himoyalash
to‘g‘risida»gi Qonunning 28-moddasi nogironlarning mehnat qilish
huquqlarini va ularni amalga oshirilishining huquqiy kafolatlarini
nazarda tutadi. Ushbu moddada ta’kidlanishicha, nogironlarning
ijodiy va ishlab chiqarish qobilyatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida
hamda tiklashning yakka tartibdagi dasturlarini hisobga olib,ularga
mehnat sharoiti odatdagicha bo‘lgan korxonalar, birlashmalar, muassasalar
va tashkilotlarda, nogironlar mehnati qo‘llaniladigan ixtisoslashtirilgan
korxonalarda, sexlarda va uchastkalarda ishlash huquqi,
shuningdek,yakka tartibdagi mehnat faoliyati hamda qonun bilan
ta’qiqlanmagan o‘zgacha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi
ta’minlanadi.
Nogiron bilan mehnat shartnomasi tuzishdan yoki xizmat yuzasidan
uni yuqori lavozimga ko‘tarishdan bosh tortishga, ish beruvchi
tashabbusi bilan nogironligi sababli ishdan bo‘shatishga, nogironligi
uchun uni o‘z roziligisiz boshqa ishga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tibbiy-ijtimoiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, nogironning salomatligi
bu kasb vazifalarini bajarishga monelik qilgan yoki nogironning
salomatligi va mehnat xavfsizligiga tahdid qilgan hollarda bundan
mustasnodir.
Nogiron o‘z mehnat qobilyatini tiklagandan keyin avvalgi ishiga
yoki shunga teng boshqa ishga joylashish huquqiga ega.
O‘zbekston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligi nogironlarni tibbiy, kasb va ijtimoiy jihatdan tizimini
tashkil etadi va bu tizim qaror topishi hamda rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Mazkur tizim organizmning izdan chiqqan yoki yo‘qolgan
qobilyatini, shuningdek, nogironlarga to‘laqonli turmush tarzini
davom ettirish imkonini beradigan va ularning huquqlari hamda
mavjud imkoniyatlarni ishga solishni ta’minlaydigan qobilyatlarini qayta
tiklashga hamda ularning o‘rnini qoplashga qaratilgan chora tadbirlar
majmuidan iborat.
88
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nogironlarni tibbiy, kasb va
ijtimoiy jihatdan tiklash,shuningdek,nogironlikning oldini olish
sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va mutaxasislar tayyorlashni pul
bilan ta’minlaydi hamda bu ishni tashkil etadi.
Nogironlarni tibbiy, kasb va ijtimoiy jihatdan tiklash ularning
tiklashni yakka tartibdagi dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.Bu
dastur nogironlarning jamoat birlashmalari vakillari ishtirokida xalq
deputatlari tuman (shahar) Kengashlari vakolat berga davlat idoralari
tomonidan tibbiy-ijtimoiy ekspertiza asosida belgilanadi.
Nogironga tavsiya etiladigan tiklashning yakka tartibdagi dasturida
tiklash choralarining aniq hajmi, turlari va amalga oshirish muddatlari,
shuningdek, ijtimoiy yordam turlari ko‘rsatiladi.
Nogironga tavsiya etiladigan tiklashning yakka tartibdagi dasturi
tegishli davlat idoralari, shuningdek, korxonalar, birlashmalar,
muassasalar va tashkilotlar ijro etishi majburiy bo‘lgan hujjatdir.
O‘zbekistonning Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash
to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasida aholining ijtimoiy himoyaga
muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitda
raqobatlashishga qodir bo‘lmagan shaxslarga, shu jumladan, nogironlarga
ishga joylashish sohasida beriladigan qo‘shimcha kafolatlar sanab
ko‘rsatilgan.
Bunday kafolatlar jumlasiga quyidagilar kiritilgan:
a) nogironlar uchun qo‘shimcha ish joylari barpo qilish;
b) nogironlarning ishlashlari uchun ixtisoslashgan korxonalar barpo
etish;
d) ish o‘rgatishning maxsus dasturlarini tashkil etish;
e) korxonalarda nogironlarning ishga joylashtirish uchun ish joylarining
eng kam miqdorini belgilash;
f) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa qo‘shimcha kafolatlar.
Yuqorida qayd etilgan qo‘shimcha kafolatlarni amalda ro‘yobga
chiqarishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1998-yil 1-dekabrdagi 504-sonli qarori bilan «Ijtimoiy
himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng
sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan shaxslarni ishga joylashtirish
uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash tartibi to‘g‘-
risida Nizom» tasdiqlangan. Mazkur nizomda mulkchilik va tashkiliy
huquqiy shaklidan qat’iy nazar xodimlarning o‘rtacha soni 34 kishi va
89
undan ko‘p bo‘lgan korxonalar oldin qabul qilingan hamda ishlayotgan
nogironlar hisobga olingan holda xodimlar umumiy soniga
nisbatan 3 foiz ish joyini nogironlar uchun band qilib qo‘yishlari shart
hisoblanadi.
Nizomning 17-bandiga ko‘ra, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar,
shu jumladan, nogironlar uchun ish joylarini barpo etmagan (band qilib
qo‘ymagan), bu masalada mahaliy davlat hokimiyati qarorlarini
bajarmagan ish beruvchilar (korxona va tashkilotlar) ish bilan ta’minlashga
ko‘maklashish har bir xodimga to‘g‘ri keladigan yillik o‘rtacha
ish haqqi miqdorida jarima to‘laydilar. Jarima to‘lash bilan shaxs
qo‘shimcha ish joylari barpo etilishi (band qilib qo‘yish) majburiyatidan
ozod qilinmaydi.
Korxonalarda, birlashmalarda, muassasalarda va tashkilotlarda
ishlayotgan nogironlarga tiklashning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq
ravishda zarur mehnat sharoiti yaratiladi.
Mehnat sharoiti, shu jumladan, mehnatga haq to‘lash ish vaqti,
tartibi va dam olish vaqti jamoa yoki yakka tartibdagi mehnat shartnomasida
belgilab qo‘yilgan yillik va qo‘shimcha otpuskalarning muddati
amaldagi normativ hujjatlarda ko‘zda tutilgandan kam bo‘lmasligi va
boshqa xodimlarga nisbatan nogironlarning ahvolini yomonlashtirmasligi
yoki ularning huquqlarini cheklamasligi kerak.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish