Qishloqda
muallim,
zavodda
ishchi. 2. Halim
shaharda
o„qituvchi, G„afur
zavodda
ishchi.
Кo‗rinadiki, birinchi guruh birikuvlar g‗ayrime‘yoriy, ikkinchi
guruh birikuvlar esa o‗zbek nutqiga xos me‘yoriy qurilma ekanligi
391
hech kimda shubha uyg‗otmaydi. Demak, o‗rin hollari payt hollari
kabi gap kengaytiruvchilaridir.
Endi holning boshqa turlariga diqqat qilamiz:
1.
Ilgari ikkalamiz birga talaba edik.
2.
Bu payt sen kabi o„qituvchiman.
3.
Shu boisdan dadam ishchi edi.
Birinchi gapda
birga
so‗zi ravish, ikkinchi gapda
sen kabi
o‗xshatish, uchinchi gapdagi
shuboisdan
so‗zshakli sabab holi. Ular
gap kengaytiruvchilarimi yoki so‗z kengaytiruvchilari ekanligini
aniqlash uchun birikuvlarni gap tarkibidan chiqarib, zikr etilgan
so‗zshakllar
talaba, o„qituvchi, ishchi
so‗zshakllarining ma‘noviy
valentligini to‗ldirayotgan-to‗ldirmayotganligini tekshiramiz:
1)
birga talaba;
2)
sen kabi o„qituvchi;
3)
shu boisdan ishchi.
Кo‗rinadiki, birikuvlar nome‘yoriy va tobe so‗zshakllar
hokimlarining lug‗aviy-ma‘noviy birikuvchisi emas, balki ularning
kesimlik vazifasi, mavqeyi bilan har doim mantiqan bog‗langan.
Demak, holning mazkur turlari ham gap kengaytiruvchilaridir.
Holning gap kengaytiruvchisi ekanligini asoslash uchun ot-
kesimli gaplardan foydalandik. Bunda holning bu xususiyati yaqqol
ko‗zga tashlanadi.
Hol gap markazini shakllantiruvchi
[Pm]
bilan bog‗lanar ekan, u,
umuman, gap konstruktiv tizimida qanday mavqega ega bo‗ladi?
Hol gapning bevosita konstruktiv uzvi emas. Chunki holsiz ham
gap tashkil topaveradi. Demak, hol kesimdan quyi mavqeni egallaydi.
Кo‗pincha holning gap tarkibiga kiritilishi
[Pm]
ma‘nolari bilan zich
bog‗lanmaydi. Shu boisdan hol egadan ham quyi mavqeni egallaydi.
Chunki nutqiy gaplarda kesim orqali egani tiklash holni tiklashdan
ancha qulay. Ifodalanmagan holni tiklash qiyin. Ammo shuni
ta‘kidlash lozimki, ba‘zan kesimning
[W]
si maqomida o‗rin, payt,
sabab, maqsad va boshqa ma‘noli aktantlar bilan kuchli aloqada
bo‗ladigan leksema yuzaga chiqqanda, gapning yuza qolipida hol
egadan ko‗ra zarurroq mavqega ega bo‗ladi. Masalan, yurish fe‘llari
(
bormoq, kelmoq, etmoq, ketmoq
) kesim vazifasida kelganda gapda
o‗rin hollarining ishtirok etishi zaruriyati kuchayadi:
Uyga bordi.
Shahardan keldi. Maktabga ketdi. Manzilga yetdi.
Bu, albatta,
392
kesimlik kategoriyasi birikuvchanligi bilan emas, balki kesim
vazifasida kelayotgan fe‘lning ma‘noviy xususiyati bilan belgilanadi.
Demak, holning gap qurilishidagi zaruriy bo‗lak darajasiga
ko‗tarilishi kesimdagi
[W]
ning muayyanlashish ehtiyoji bilan
belgilanadi. Hol gapning konstruktiv bo‗laklari sifatidagi kesim va
egadan keyin uchinchi o‗rinni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |