Vaqtida
yomg„ir
yog„adi,
vaqtida
qor
gapida
(
vaqtida
)
so‗zining
vazifasi
bog‗lovchiga yaqin. Bunga o‗xshash misol nutqimizda ko‗p.
Yordamchi so‗zning shakliy xususiyatiga ko‗ra turini quyidagi
jadvalda umumlashtirish mumkin (25-jadval):
Jadvaldan ko‗rinib turganidek, yordamchi so‗z mustaqil so‗z
hisobidan ortib boradi. Yordamchi so‗zning boyishida yana bir yo‗l –
ularning ichki tomondan bir turdan ikkinchi turga o‗tishi, aniqrog‗i,
«oraliq hodisa» xususiyatiga ega bo‗lgan ko‗makchi-bog‗lovchi,
bog‗lovchi-yuklamaning mavjudligi. Masalan,
bilan, deb, deya
kabilar
– ko‗makchi-bog‗lovchi. Ushbu ko‗makchining bog‗lovchi vazifasida
kelishi ancha keng tarqalgan hodisa.
Ammo lekin bu ishni paysalga
solish yaramaydi
gapida bog‗lovchi-yuklama qo‗llanilgan, ya‘ni
ammo
bog‗lovchisi kuchaytiruv yuklamasi vazifasida kelgan.
25-jadval
Yordamchi
so‗z turi
Sof yordamchi
so‗z
Qo‗shimcha-
simon
yordamchi
so‗z
Yarim
yordamchi so‗z
Кo‗makchi
kabi,
singari,
sari,
sayin,
dovur,
uchun,
orqali
-dek,
-day,
dayin,
-cha
old, oldin, orqa,
qarshi,
avval,
bo„ylab, ko„ra,
qarab, tomon
Bog‗lovchi
va,
hamda,
ammo,
lekin,
biroq, chunki,
shuning
uchun,
agar, go„yo, toki,
basharti, garchi,
xoh, dam, yoki,
yoxud, yo
-ki, (-kim), -u,
-yu, -da
vaqtida,
bir,
ba‟zan, gohida
285
Yuklama
axir, hatto, faqat,
ham,
naq,
go„yo,
go„yoki, atigi
-mi, -ku, -gina,
-u, -yu, -da, -a,
-oq,
(-yoq), -dir
yolg„iz, ba‟zan,
bir
Bugungi kunda yordamchi so‗zni har tomonlama o‗rganish, uni
lisoniy tahlil qilish ishlari tilshunosligimizda davom etmoqda.
67-
§. Кo„makchi.
Turkiy tillarda (jumladan, o„zbek tilida ham) ko„makchi ko„pdan
buyon tilshunoslarning tekshirish manbayi bo„lib kelmoqda. O„zbek
tilidagi ko„makchiga birinchi bo„lib mukammal ta‟rifni A.N.Кononov
bergan: «Кo„makchilar shunday bir gruppa so„zlarki, ular ot bilan
yoki obyekt bilan predikat orasidagi qurol-vosita, maqsad, sabab,
payt, masofa, yo„nalish, o„xshatish kabi munosabatning yaratilishida
xizmat qiladi».
Sh.Shoabdurahmonov ham o„zining «Yordamchi so„zlar» asarida
ko„makchiga shunday ta‟rif bergan: «Кo„makchi obyektning obyektga
yoki obyektning predikatga bo„lgan turli grammatik munosabatini
ko„rsatuvchi yordamchi so„zdir».
Darhaqiqat, ko„makchi mustaqil so„z orasidagi tobe munosabatni
ifodalash va kelishik ma‟nosini aniqlashtirish, to„ldirish uchun xizmat
qiladi. Shu xususiyati bilan ko„makchi bog„lovchi va yuklamadan farq
qiladi. Кo„makchi ma‟no va vazifa jihatidan kelishik qo„shimchasiga
yaqin turadi. Shuning uchun ba‟zan kelishik shaklidan anglashilgan
ma‟no ko„makchi bilan ham ifodalanadi (
Mashinada keldim –
mashina bilan keldim. Ukamga oldim – ukam uchun oldim
kabi).
Lekin ular kelishik affiksiga qaraganda ma‟noni aniq, konkret
ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |