O‘zbeкiston respubliкasi


FONETIКA-FONOLOGIYA. MORFONOLOGIYA



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

FONETIКA-FONOLOGIYA. MORFONOLOGIYA. 
ORFOEPIYA 
 
Tayanch tushunchalar: 
fonetika, nutq tovushi, fonologiya, ziddiyat, unli, lablanmaganlik, 
lablanganlik, tor, keng, yuqori, o„rta, quyi, undosh, korrelyativ
jarangli, jarangsiz, farqlovchi, variantlashuv

fizik (akustik) va 
fiziologik (artikulyatsion), nutqiy variant, kombinator-pozitsion

singarmonizm, assimilyatsiya, dissimilyatsiya, metateza, proteza, 
epenteza, epiteza, prokopa, sinkopa, apakopa, sinerezis, reduksiya, 
eliziya, grafema, morfem variant, morfonema, agglyutinatsiya, 
talaffuz, sheva 
 
12-
 
§. Fonetika va fonologiyaning o„rganish manbayi, predmeti, 
maqsad va vazifalari
 
 
Lisoniy sath sirasida fonologiya (va uning nutqiy voqeligi 
fonetika) eng kichik tashkil etuvchi va boshqa sathlar birliklari uchun 
moddiy asos bo‗luvchi birlikni beradigan sath sifatida ajralib turadi. 
Insonning nutq faoliyati sezgi a‘zolari asosida his qilinuvchi nutq 
birliklari – tovush yoki tovushlar tizimi vositasida ro‗yobga chiqadi. 
Nutq tovushi o‗zida uch jihatni birlashtirgan murakkab nutqiy birlik 
sifatida namoyon bo‗ladi. Ular quyidagilar: 
a)
talaffuz a‘zolari bilan boshqariladigan markaziy nerv sistemasi 
mahsuli (fiziologik jihat); 
b)
tabiatdagi har qanday tovush kabi akustik tabiatga ega (fizik, 
akustik jihat); 
d) kishilarning axborot uzatish, kommunikatsiya vositasi 
(funksional, sotsial jihat). 
Fonetika nutqiy variant (xususiylik)ni, fonologiya esa lisoniy 
invariant (umumiylik)ni tadqiq qiladi. 
Fonetika va uning birligi. 
Fonetika deganda tilshunoslikning eng 
quyi sathi ham, shu sathni o‗rganadigan sohasi ham tushuniladi. 
Fonetika (gr.
phonetikos 
– tovushga, ovozga xos) tilshunoslikning 
boshqa sohalaridan farqli o‗laroq, nafaqat o‗rganish manbayining 
funksional tomonini, balki nutq tovushini hosil qiluvchi talaffuz 


53 
apparatini, shuningdek, ularning akustik xossasini va til egalari 
tomonidan qabul qilinish jihatlarini ham tekshiradi. Fonetikada 
tilshunoslikning boshqa fan sohalari, adabiyotshunoslik, fiziologiya, 
fizika, psixologiya kabi fanlar bilan aloqasi yanada yaqqol namoyon 
bo‗ladi. Bu fanlardan farqli o‗laroq, fonetika tovushga so‗z, 
qo‗shimcha va gapga moddiy qiyofa beruvchi til tizimi unsuri sifatida 
qaraydi. 
Fonetika nutqdagi tovush o‗zgarishlari va almashinishini, urg‗u va 
uning turini ham o‗rganadi. 
Fonetikani o‗rganish imlo (orfografiya), to‗g‗ri 
talaffuz 
(orfoepiya) me‘yorini yaxshi o‗zlashtirib olishda, adabiy va dialektal 
talaffuz farqlarini aniqlashda, logopediya va surdopedagogikada 
nutqiy nuqson diagnostikasi va uni bartaraf etishda katta ahamiyatga 
ega. Fonetika yutuqlari aloqa vositalarini tekshirish va ular 
samaradorligini oshirishda hamda nutqni avtomatik aniqlashda muhim 
rol o‗ynaydi. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish