O‘zbeкiston respubliкasi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

axborot – axbor-ot, traktorist – 
traktor-ist 
kabi. «O‗zbek tilining izohli lug‗ati»da ham shunday yo‗l 
tutilgan holatlar ko‗zga tashlanadi. 
O‗zbek tilshunosligi bu davrda ulkan yutuqlarni qo‗lga kiritdi, shu 
bilan birgalikda, unda davrning ijtimoiy-siyosiy, ma‘naviy-ma‘rifiy 
ta‘siri o‗z izini qoldirdi. 
XX asrning 80-yillariga kelib o‗zbek tilshunosligining (amaliy, 
faktografik) bosqichi tugallangan va to‗plangan boy daliliy ashyoni 
dialektik metodologiya asosida o‗rganishga kuchli zamin tayyorlab
o‗zi esa turg‗unlik holatini boshdan kechirmoqda edi. Shu boisdan 
butun sobiq sho‗ro davlati hududida olib borilayotgan oshkoralik va 


21 
qayta qurish siyosati o‗zbek tilshunosligi fanini ham chetlab o‗tmadi. 
O‗zbek tilshunosligining yangi avlodlari H.Ne‘matov, E.Begmatov, 
N.Mahmudov, A.Nurmonov, R.Sayfullayeva kabi olimlar qayta qurish 
sharoitida o‗zbek tilshunosligining dolzarb muammolari bo‗yicha 
respublika va ittifoq matbuotida chiqishlar qildilar. Кo‗tarilgan 
masalalarni mohiyatan ikkiga bo‗lish mumkin: 
1)
o‗zbek tilshunosligi oldiga 30-40-yillarda qo‗yilgan 
vazifa(o‗zbek tili turli sath birliklarining zamonaviy tahlil usullaridagi 
mukammal tavsifini berish; adabiy til me‘yorlarini belgilash
ta‘limning turli bosqichi uchun zarur bo‗lgan o‗quv qo‗llanmalari, 
darslik hamda lug‗atlar yaratish va ommalashtirish)ni bajarib bo‗ldi; 
2)
o‗zbek tilini o‗z ichki tabiatidan kelib chiqqan holda alohida 
yaxlitlik sifatida o‗rganish uchun shart-sharoit vujudga keldi. 
H.Ne‘matov, 
N.Mahmudov, 
A.Nurmonov, 
G‗.Zikrillayev, 
R.Sayfullayeva, 
O.Bozorov, 
B.Mengliyev, 
M.Qurbonova, 
Sh.Shahobiddinova kabi nazariyotchi tilshunoslarning ishlarida o‗zbek 
tilining asl tabiatini ochib berishni maqsad qilib qo‗ygan o‗zbek 
substansial tilshunosligi shakllandi va qisqa muddatda jiddiy 
yutuqlarni qo‗lga kiritdi. 
O‗zbek substansial tilshunosligi yutuqlar quyidagilarda ko‗zga 
tashlandi: 
Birinchidan, 
lison 
va 
nutq 
farqlanmasligi 
natijasida 
tilshunosligimizda 
fonema 
va 
tovush

morfema 
va 
qo„shimcha

leksema 
va 
so„z 
kabi atamalar mohiyatidan kelib chiqilmagan holda, 
muqobil atamalar sifatida ishlatilar edi. Lison va nutqning farqlanuvi 
ularni qat‘iy tartiblashtirdi. 
Ikkinchidan, 
lison va nutqni farqlash grammatikada umumiy va 
xususiy ma‘noni farqlash talabini qo‗ydi. Shunga ko‗ra, falsafaning 
umumiylik va xususiylik dialektikasi asosida o‗zbek tili grammatik 
kategoriyalari tadqiq qilindi. 
Uchinchidan, 
so‗z turkumlari tasnifi tilshunosligimizdagi eng 
chigal masalalardan biri edi. Masalan, o‗zbek tilida olmosh barcha 
mustaqil so‗z turkumini, qolaversa, gap va matnni ham almashtira 
olsa-da, u rus tilidagidek ot, sifat, son turkumiga xos so‗zlar 
almashtiruvchisi sifatida talqin qilinar edi. Buning asossizligi ilmiy 
isbotini topdi. 


22 
To„rtinchidan, 
taqlidlarning so‗z turkumlari sirasida tutgan o‗rni 
ham o‗zbek tili tabiatiga yot edi. Unga chuqur ilmiy tahlillar asosida 
mustaqil so‗zlar sirasidan o‗rin berildi. 
Beshinchidan, 
grammatik qo‗shimchalar mohiyati ham, ularning 
nomlanishi ham o‗zbek tilining tabiatiga mos emas edi. Shu boisdan 
so„z o„zgartiruvchi 
va 
shakl yasovchi 
atamalari ostida o‗rganiluvchi 
hodisalar qayta ko‗rib chiqildi va 
sintaktik shakl hosil qiluvchilar 
hamda 
lug„aviy shakl hosil qiluvchilar 
atamasi ostida qayta 
tasniflandi. 
Oltinchidan, gap markazi 
tushunchasi fanga kiritilib, u asosda 
o‗zbek tilining gap qurilishiga xos substansial mohiyati ochildi va 
o‗zbek tilida gapning eng kichik qurilishi 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish