6-
§. Til, lison, me‟yor va nutq munosabati
UMIS va AHVO munosabati dialektikaning (ya‘ni butun borliq –
tabiat, jamiyat va inson tafakkurining asosiy yashash) qonuniyatidan
biri bo‗lganligi sababli, u har bir fanda o‗ziga xos tarzda
30
xususiylashadi. UMISning tildagi tajallisi
lison
, AHVOniki esa
nutq
deb yuritiladi. Lison va nutqning majmuyi
til
deyiladi.
Har qanday fan cheksiz hodisalarni umumlashtirishni o‗z oldiga
maqsad qilib qo‗yadi. Xususiy hodisalar zamiridagi umumiylikni
ko‗rishga intilish bilishning har ikkala bosqichi (fahmiy va idrokiy)da
ham mavjud. Shu boisdan aytish mumkinki, bilishning fahmiy
bosqichi mutlaq xususiylik bilan o‗ralashib qolmaganligi kabi idrokiy
bosqich ham mutlaq umumiylikni – UMISni tiklay olmaydi. Biroq har
bosqich o‗z vazifasiga ega. Chunki har bir davr o‗z fani oldiga
muayyan maqsad va aniq talablarni qo‗yadi. «Fanlarning taraqqiyoti
shu davrning ilg‗or falsafiy fikri, davr uchun yetakchi bo‗lgan fan
sohalarining yutuqlari bilan uzviy bog‗liq. Turli fanlarning manbalari
ko‗p qirrali bo‗lganligi sababli, davrning yetakchi falsafiy fikri aniq
fanlardan o‗rganish manbayining qaysi tomonlariga alohida e‘tibor
berish lozimligini, borliqdagi mavjud qonuniyatlarni mantiqiy
kategoriyalarda qay usulda aks ettirish yo‗llarini belgilab beradi»
(H.Ne‘matov). Shu asosda aytish mumkinki, zamonaviy o‗zbek
tilshunosligining birinchi bosqichi, dialektika nuqtayi nazaridan,
tildagi UMIS va AHVOni bir-biridan farqlamay tasnif etish bosqichi.
Tilshunoslikda lison va nutqni izchil farqlab o‗rganish avvalo,
tilshunoslar Velgelm fon Humboldt, Boduen de Кurtene va Ferdenand
de Sossyur nomi bilan bog‗liq. Lison va nutqning farqlanishi, tilga
tizim sifatida yondashuv XX asr jahon tilshunosligida tub burilish
sifatida baholanadi.
Tilga, xususan, o‗zbek tiliga sistema sifatida yondashuvning
dastlabki yillarida
lison
o‗rnida
til
atamasi qo‗llanilib, u ko‗p
ma‘nolilik tabiatiga ega bo‗lganligi sababli ayrim chalkashliklarni
keltirib chiqarar edi. Chunonchi, insonning nutq so‗zlash qobiliyati
ham, nutqi ham ushbu atama bilan yuritilar edi. Shu boisdan
nazariyotchi tilshunoslar UMISning tildagi voqelanishiga nisbatan
lison
atamasini qabul qildilar. Natijada,
til, lison, nutq
munosabati
quyidagicha tushunildi (2-jadval):
2-jadval
TIL
LISON
ME‘YOR
NUTQ
Til
– sof lisoniy qobiliyat va imkoniyat. Til–tafakkurni
shakllantirish(kodlashtirish)ga,
xotirada
qat‘iy sistemaga tizib
saqlashga, axborotni uzatish va qabul qilishga imkoniyat beruvchi
31
muhim (birlamchi) insoniy ijtimoiy-ruhiy kommunikatsiya vositasi.
Tilning bosh vazifasi o‗zaro ichki ziddiyat – atash (nominativ) va
ifodalash (ekspressiv) vazifalarining dialektik birligidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |