O‘zbeкiston respubliкasi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

III bosqich. 
O‗zbek tilshunosligi XX asrning 20–30-yillarida fan 
sifatida shakllana boshladi va asr oxirlariga kelib rivojlangan 
fanlardan biriga aylandi. 
XX asr o‗zbek tilshunosligining shakllanishida Abdurauf Fitrat, 
G‗ozi Olim Yunusov, Ulug‗ Tursunov, E.D.Polivanov, Qayum 
Ramazon, Faxri Кamolov va Ayub G‗ulomovlarning xizmatlari katta 
bo‗ldi. 
Bu davrda o‗zbek tilining ichki qurilishi zamonaviy tilshunoslik 
yutuqlari asosida ishlab chiqildi va o‗zbek tilshunosligi zamonaviy 
jahon tilshunosligining bir bo‗lagi sifatida shakllandi. Imlo qoidalari 
yaratilib, o‗rta, o‗rta maxsus va oliy maktab uchun bu tildan me‘yoriy 
darslik, 
qo‗llanma 
hamda 
ilmiy 
grammatikalar 
yaratildi. 
Tilshunoslikning bugungi mavjud barcha bo‗limlari bo‗yicha ko‗plab 
ilmiy-tadqiqot ishlari vujudga keldi. 
Lug‗atshunoslik bo‗yicha olib borilgan ishlar nihoyatda samarali 
bo‗ldi. Bir tilli, ko‗p tilli va turli sohaviy lug‗atlar yaratilib, 
leksikografiya tilshunoslikning alohida sohasi sifatida namoyon 
bo‗ldi. 
O‗zbek tilshunosligi zamonaviy fan sifatida to‗liq shakllandi. 
O‗zbek tilini o‗rganish bo‗yicha qilinayotgan barcha ishlar bir asosiy 
maqsadga – hozirgi o‗zbek tilining taraqqiyot qonuniyatlarini va shu 
asosda uning barcha tarmoqlari bo‗yicha me‘yorlarini belgilashga 
qaratildi. O‗zbek tilshunosligining taraqqiyot yo‗li va darajasi ham 
xuddi shu maqsadga erishish, shu yo‗ldagi harakatning natijalari bilan 
belgilanadi. Shu maqsadda o‗zbek tilshunosligi quyidagi bo‗limlar 
bo‗yicha tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqda: 
1.
Fonetika. 


19 
2.
Leksika. 
3.
Leksikografiya. 
4.
Derivatsiya. 
5.
Grammatika. 
6.
Punktuatsiya. 
7.
Dialektologiya. 
9.
Frazeologiya. 
10.
Morfemika. 
11.
Uslubiyat. 
12.
Til tarixi. 
Bu sohalarning barchasi bo‗yicha O‗zR FA Alisher Navoiy 
nomidagi Til va adabiyot instituti, universitetlar va pedagogika 
institutlarining tilshunos olimlari samarali mehnat qilishdi. 
O‗zbek tilining fonetik va grammatik qurilishi sohasida olib 
borilgan keng qamrovli ishlar A.Кononov, A.Borovkov, V.Reshetov, 
U.Tursunov, A.G‗ulomov, Sh.Shoabdurahmonov, G‗.Abdurahmonov, 
M.Asqarova, 
Sh.Rahmatullayev, 
F.Abdullayev, 
S.Usmonov, 
M.Mirzayev, A.Safoyev, J.Muxtorov, I.Qo‗chqortoyev, A.Hojiyev 
kabi olimlarning nomlari bilan bog‗liq. O‗zbek tili grammatikasi 
bo‗yicha olib borilgan keng ko‗lamli ishlarning yakuni va 
umumlashmasi sifatida 1975-76-yillarda yaratilgan ikki tomli «O‗zbek 
tili grammatikasi»ni ko‗rsatish mumkin. 
So‗nggi yillarda eksperimental fonetikaning yuzaga kelishi – 
o‗zbek tilshunosligi taraqqiyotining qonuniy natijasi. O‗zbek tili 
leksikologiyasi va frazeologiyasi ham alohida soha sifatida shakllandi. 
O‗zbek tili leksikologiyasi va frazeologiyasining rivojlanishida 
S.Ibrohimov, 
F.Кamolov, 
O.Usmonov, 
S.Usmonov, 
Sh.Rahmatullayev kabi tilshunoslarning xizmati katta. 1980-yilda 
nashr qilingan «O‗zbek tili leksikologiyasi» nomli asar bu boradagi 
so‗nggi yutuqlarni umumlashtirdi. 
O‗zbek tili leksikografiyasi ham katta yutuqlarni qo‗lga kiritdi. 
Кo‗p tomli «O‗zbek sovet ensiklopediyasi», «O‗zbek tilining izohli 
lug‗at»lari o‗zbek tili frazeologiyasi, terminologiyasi, kasb-hunar 
leksikasi, Navoiy asarlari tili va boshqa sohalar bo‗yicha ham qator 
lug‗atlar yuzaga keldi. «O‗zbek tilining morfem lug‗ati» yangi turdagi 
lug‗at sifatida yaratildi. O‗zbek lug‗atchiligining rivojlanishida, 
ayniqsa, A.К.Borovkov, К.К.Yudaxin, V.V.Reshetov, O.Usmonov, 


20 
R.Doniyorov, 
Z.Ma‘rufov, 
Sh.Rahmatullayev, 
S.Akobirov, 
G.Mixaylov kabi olimlar samarali mehnat qilishdi. 
Derivatsiya o‗zbek tilshunosligining alohida sohasi sifatida ajralib 
chiqdi. U leksemalar hosil bo‗lishining turli yo‗llarini o‗rganmoqda. 
O‗zbek tilshunosligi sohalaridan yana biri dialektologiyadir. 
O‗zbek dialektologiyasining fan sifatida yuzaga kelishi va 
rivojlanishida E.D.Polivanov, К.К.Yudaxin, A.К.Borovkov, G‗ozi 
Olim Yunusov, V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov, F.Abdullayev, 
U.Tursunov, M.Mirzayev, A.Aliyev, B.Jo‗rayev, A.Shermatov, 
A.Jo‗rayevlarning alohida xizmatlari bor. O‗zbek dialektologiyasi 
o‗zining so‗nggi yutuqlari bilan areal tilshunoslik, sotsiolingvistika, 
pragmalingvistika fanlari bilan uyg‗unlashib ketdi. 
O‗zbek tili tarixini o‗rganish tilshunosligimizning ilg‗or sohasidan 
biriga 
aylandi. 
Bu 
sohada 
A.N.Кononov, 
A.К.Borovkov, 
G‗.Abdurahmonov, 
S.N.Ivanov, 
S.Mutallibov, 
U.Tursunov, 
J.Muxtorov, F.Abdullayev, P.Shamsiyev, A.Rustamov, E.Fozilov, 
Sh.Shukurov, H.Ne‘matovlarning ilmiy tadqiqotlari alohida diqqatga 
molik. 
Davr siyosati bilan bog‗liq ravishda o‗zbek tili grammatikasi 
talqinida ham o‗zbek tili hodisalarini rus tili qoidalari asosida 
sharhlash hollari yuz berdi. Bular morfologiyada so‗z turkumlari 
tasnifi va tartibida, grammatik qo‗shimchalar tasnifida, so‗zlarning 
birikuv omillari va vositalari talqinida, gap mohiyatini belgilashda, 
qo‗shma gaplar tasnifida yaqqol namoyon bo‗ldi. 
Lug‗atchilikda ham rus tili lug‗atlari andoza vazifasini o‗tadi. 
Masalan, «yangi tipdagi» o‗zbek tilining morfem lug‗atida o‗zbek 
tiliga o‗zlashgan so‗zlarni morfemalarga ajratish, so‗z borayotgan 
tillarnikidagidek amalga oshirildi: 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish