O‘zbeкiston respubliкasi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

MORFEMIКA. DERIVATSIYA 
Tayanch tushunchalar 
morfemika, morfema, morfemik struktura, funksional-semantik 
tasnif, struktur tasnif, shakl va ma‟no munosabati, derivatsiya
variant, poetik variant, tarixiy variant, dialektal variant, fonetik 
variant, tarixiy va sinxron derivatsiya, so„z yasash (derivatsion) 
qolipi, yasama so„z, yasalgan so„z, relyatsiya 
 
40-
 
§. Morfemika 
 
Morfemika 
(yunoncha 
morphe–
―qism‖, ―shakl‖). Ma‘lumki, 
o‗zbek tilida, flektiv tillardagidan farqli o‗laroq, o‗zak mustaqil ma‘no 
anglatish xususiyatiga ega. So‗zning o‗zakdan boshqa qismlari esa 
undan ayricha qo‗llanmaydi va leksik ma‘no anglatmaydi. Shuning 
uchun ular 
morfema 
deyiladi. Masalan, 
sholikorlardan 
so‗zi (
sholi
)

(

kor
)

(
-lar
)

(
-dan
) qismlaridan iborat. Ajratilgan har bir tarkibiy qism 
bu so‗z doirasida o‗ziga xos elementar va semantik mavqega ega. Ular 
lisonda o‗z «xonacha»larida ana shunday ajralgan holda guruh-guruh 
bo‗lib joylashgan. 
Sholi- 
va 
-kor, -lar, -dan 
qismlari o‗zaro semantik va qo‗llanish 
xususiyati jihatidan farqlanadi. 
Sholi 
birligi mustaqil lug‗aviy 
ma‘noga egaligi va bu ma‘noni qolgan qismlarsiz ham anglata olish 
xususiyati bilan boshqa tarkibiy qismlardan ajralib turadi. Shuning 
uchun u 
leksema 
deyiladi. Boshqa qismlar esa ajralgan holda 
mavhum bo‗lishi, leksemasiz mustaqil ma‘no anglata olmasligi bilan 
xarakterlanadi. 
Leksema 
shakllanuvchanlik, 
morfema 
shakllantiruvchanlik belgisiga ega. Nomustaqillik tabiati va leksemaga 
shakl berish vazifasiga xoslanganligi ularni 
morfema 
deb atashga olib 
kelgan. Morfemaning nutqiy ko‗rinishi 
qo„shimcha 
deyiladi. 
Tilimizda 
yordamchi so„z 
deb ataluvchi katta guruh ham mavjud, 
ular leksema va morfema sirasida «oraliq uchinchi» maqomida 
bo‗ladi. Shuning uchun ularni 
leksema-morfema 
deyish mumkin. 
Yordamchi so‗zning leksemaligi shundaki, u mustaqil so‗z kabi 
ajralganlik xususiyatiga ega. Biroq shakllanuvchanlikka ega emas. 
Lug‗aviy ma‘noga ega emasligi ularni morfemik maydon sari tortib 
turadi. 


146 
Lisoniy sathda leksema qo‗shimchali yoki qo‗shimchasiz bo‗lishi 
mumkin. Masalan, 
ishchi, paxtakor, ishla 
leksemalari – nutqiy yasama 
so‗zning lisoniylashuvi. Ular leksema sifatida lisonda 
ish

paxta 
leksemalaridan farqli o‗laroq, so‗z yasovchi qo‗shimcha bilan birga 
mavjud. Qo‗shimchadan xoli leksema 
o„zak 
atamasi bilan ham 
nomlanadi. 
Turkiy tillarda nol morfema grammatik shakl sirasida ustuvor 
mavqega ega ekan, nutqda voqelangan aksariyat mustaqil leksema 
qo‗shimchasiz bo‗lishi mumkin emas. Moddiy qiyofali morfemasiz 
bunday so‗z nol qo‗shimchalidir. Masalan, nutqdagi 
Кitobni o„qi., 
Uyga bor., U a‟lochi 
gaplaridagi 
o„qi, bor, a‟lochi 
so‗zlari – nol 
qo‗shimchali nutqiy birlik. 
Leksema tarixiy taraqqiyot natijasida morfemaga aylanib borishi, 
morfema esa so‗zning o‗zagiga singib ketishi mumkin. Masalan, 
xona 
leksemasi taraqqiyot natijasida ikkiga ajralgan. Bir ma‘nosida «joy» 
semali yasama so‗zni hosil qiluvchi derivatsion vositaga aylanib 
ketgan, leksemalikdan mahrum bo‗lgan. 
Noma, goh, xo„r 
leksemasi 
ham shunday tarixiy siljishni boshidan kechirgan. Albatta, tildagi 
bunday hodisalar ilmiy muammo bo‗lib, maxsus tekshirish natijasida 
tayinli xulosaga kelish mumkin. Chunki bu birlikning turkiy unsurlar 
emasligi shuni taqozo qiladi. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish