kesim
qolipiga ega ekanligi
tan olinib, uning
ega-kesim
qolipli rus va boshqa tillardan farqi
asoslandi.
Yettinchidan,
qo‗shma gap tasnifi va tarkibini belgilashda ham
o‗ziga xos va yangicha ish tutildi. Bunda gap markazi tushunchasiga,
turkiy xususiyat – o‗zbek tilida rivojlangan kesimlik shakllariga va
qo‗shma gap tarkibida sodda gaplarni bir-biriga bog‗lovchi
vositalarga, tobe gapning hokim gap valentligi silsilasida tutgan
o‗rniga asoslanildi.
Bugungi kunda o‗zbek tilshunosligi «nutq-lison» tamoyilidan
«lison-nutq» tamoyili asosida ish ko‗rishga o‗tmoqda. Boshqacha
aytganda,
o‗zbek substansial tilshunosligi aniqlagan lisoniy
umumiyliklarning
nutqiy
voqelanishini
tekshirishga
jiddiy
kirishmoqda. Lisonning amaliy voqelanishi, undan amaliy foydalanish
masalalari bilan shug‗ullanuvchi quyidagi zamonaviy yo‗nalishlar ish
boshladi:
1.
Sotsiolingvistika.
2.
Psixolingvistika.
3.
Pragmalingvistika.
4.
Lingvokognitologiya.
5.
Lingvokulturologiya.
6.
Neyrolingvistika.
7.
Кompyuter lingvistikasi.
8.
Кorpus lingvistikasi.
9.
Antroposentrik tilshunoslik.
10.
Lingvoma‘naviyatshunoslik.
23
Tilshunoslikning bu yo‗nalishlari o‗zbek formal va substansial
yo‗nalishlari oldiga to‗siq qo‗ymaydi, albatta. Avvalo, formal, so‗ngra
substansial yo‗nalish oldiga qo‗yilgan ijtimoiy buyurtmani bajarib
bo‗lgan bo‗lsa-da, o‗z tadqiq tamoyillari asosida sohaning
yechilmagan
ayrim
masalalari
bilan
shug‗ullanishni davom
ettiraveradi.
MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.
O‗zbek tilining o‗rganilish tarixini qanday davrlashtirish
mumkin?
2.
Qadimgi turkiy tilshunoslik qaysi davrlarni o‗z ichiga
oladi?
3.
Eski o‗zbek tilshunosligining shakllanishi va taraqqiyotida
kimlarning lingvistik qarashlari va asarlari muhim ahamiyatga ega?
4.
O‗zbek tili talqinida rus tilining ta‘siri xususida nimalar
deya olasiz?
5.
Lisonning amaliy voqelanishi, undan amaliy foydalanish
masalalari bilan shug‗ullanuvchi qanday zamonaviy yo‗nalishlarni
bilasiz?
6.
O‗zbek milliy tilini tashkil etuvchi turli-tuman shevalarni
nechta lahjaga birlashtirish mumkin va ular qaysilar?
7.
Qarluq-chigil-uyg‗ur lahjasi hozirgi o‗zbek milliy adabiy
tilining me‘yorlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etgan degan
fikrning sababi nimada?
8.
Qipchoq va o‗g‗uz lahjasining o‗zbek milliy adabiy tilining
shakllanishida qanday o‗rni bor?
9.
―
Bugungi kunda o„zbek tilshunosligi «nutq-lison» tamoyilidan
«lison-nutq» tamoyili asosida ish ko„rishga o„tmoqda”.
Jumlani
qanday izohlaysiz?
10.
O‗zbek tilshunosligida tadqiq yo‗nalishlarining ko‗payishi
qanday natija beradi?
24
Do'stlaringiz bilan baham: |