alohida bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqi bo‗lgan kredittashkiloti
tushuniladi.
Biroq, nobank kredit tashkilotlari har qanday bank operatsiyasini amalga oshira olmaydi. Masalan: ular tijorat banklari amalga oshiradigan quyidagi muhim operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega emas:
Yuridik va jismoniy shaxslarga hisob raqam ochish vayuritish
Yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‗larini depozithisob
raqamlariga jalb etish
Mazkur pul mablag‗larini o‗z nomigajoylashtirish
Har qanday mamlakatning kredit tizimining asosiy bo‗g‗ini bo‗lib tijorat banklari hisoblanadi.Ammo tijorat banklari harqanday operatsiyani yuksak darajada bajara olmaydi. Shu sababli alohida bank operatsiyalarini bajarishga ixtisoslashgan kredit tashkilotlari paydo bo‗ldi.
Nobank moliya tashkilotlari asosan quyidagilarga ko‗maklashadi:
kam ta‘minlangan aholini tadbirkorlikka jalbetishga;
ayollarni iqtisodiy jarayonlarga jalb etib, gender muaamosiniechishga:
yangi ish o‗rinlariyaratishga;
moliya bozorida yangi segmentni yaratilishiga vah.k.
Nobank moliya tashkilotlari funksiyasini iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalarga
bo‗lish mumkin:
Iqtisodiy funksiyasi - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishiga, aholini ushbu jarayonga jalb qilinishiga, shuningdek, kichik biznesni yiriklashishiga va mulkdorlar qatlamini yaratilishi ko‗maklashishdir.
Yangi moliya tuzilmasi sifatida - moliya tizimini kengayishi va mustaxkamlashiga, jamg‗armalar va kreditlarni bozorini diversifikatsiyalashga ko‗maklashadi. Shuningdek, keyinchalik banklardan kredit olish uchun kredit tarixini yaratish vositasi ham hisoblanadi.
Dunyo tajribasiga ko‗ra moliya tashkilotlari uchta guruhga bo‗linadi:
rasmiyinstitutlar;
yarim rasmiyinstitutlar;
norasmiyinstitutlar.
Rasmiy moliya institutlari mikromoliya xizmatlari ko‗rsatib, ularning faoliyati umumiy qonunchilik bilan birga banklarning regulyativ qoidalari bilan tartibga solinadi. Shuning uchun bunday moliya institutlari banklar singari nazorat kilinadi.
Yarim rasmiy moliya institutlari umumiy qonunchilikka bo‗ysunadilar, lekin ularning faoliyati banklarning regulyativ qoidalari bilan tartibga solinmaydi.
Norasmiy institutlarga esa umumiy tijorat hamda banklar qonunchiligi
ko‗llanilmaydi.
Xalqaro amaliyotda nobank kredit tashkilotlariga quyidaglar kiradi:
Kredituyushmalari.Ularfaqato‗z-o‗zlarigadepozitqabo‗lqiladivao‗z- o‗zlariga kreditberadi.
Mikrokredit tashkilotlari. Mikrokredit tashkilotlar aholining iqtisodiy- ijtimoiyjihatdanaktiv ammo kam ta‘minlangan qatlamlariga kredit beradi. Ular depozit va omonatlar qabo‗l qilish huquqigaemas.
Lizing kompaniyalari bahosi yuqori va muddatli foydalaniladigan tovarlarni
to‗la qiymatda sotib olib ularni lizingga beradi.
Moliyaviylizing
Operativlizing
Faktoring kompaniyalari tovarlar bilan bog‗liq hujjatlarni sotib olish, ularni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida yuritish bilan shug‗ullanadi.
Kliring muassasalari. Kliring palatalari banklar o‗rtasida to‗lov instrumentlari bo‗yicha o‗zaro hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Inkassatsiya tashkilotlari. Bu tashkilotlar naqd pullardan va to‗lov hujjatlarini inkassatsiya qilish bilan shug‗ullanadi. Lekin O‗zbekistonda bunday tashkilotlar yo‗q. Respublikamizda naqd pullarni inkassatsiya ―Respublikamiz inkassatsiya birlashmalari‖ tomonidan amalgaoshiradi.
Sug‗urtakompaniyalari.
Nobank kredit tashkilotlari faoliyatidagi quyidagi xos xususiyatlariga ega: Nobank kredit tashkilotlari faqat alohida olingan bank operatsiyalarini amalga oshiradi.
Nobank kredit tashkilotlari faoliyati tor doirada ixtisoslashgan bo‗ladi. Bu ularni raqobatbardoshligini ta‘minlash imkoniyatini beradi. Chunki nobank kredit tashkilotlari bitta sohada sifatli va arzon bitta mahsulot yarata oladi.