Ziddiyatli vaziyat o‘zining xavflilik darajasi bo‘yicha uch turga bo‘linadi: yengil, o‘rtacha va kritik . - Ziddiyatli vaziyat o‘zining xavflilik darajasi bo‘yicha uch turga bo‘linadi: yengil, o‘rtacha va kritik .
- Yengil - haydovchi uzoq masofadan ziddiyatli nuqtaga yaqinlashishida xavfli vaziyatni tushunib, boshqa harakat qatnashchilarining harakat yo‘nalishini o‘z vaqtida baholash imkoniyati mavjud.
- O‘rtacha - kutilmaganda xavfning paydo bo‘lishi yoki boshida harakatlanish sharoitini noto‘g‘ri baholash oqibatida yuzaga kelish bilan tavsiflanadi.
- Kritik - haydovchi yo‘lning qisqa bo‘lagida o‘ta tezlik bilan harakat qilib, ythning oldini olishi mumkin.
- 5. Yo`l elementlarining faol, passiv, halokatdan keyingi va ekologik xavfsizligi.
- Avtomobil yo`lining faol xavfsizligi deganda yo`lning yo`l-transport hodisalarini vujudga keltirmaslik yoki uning bo`lish ehtimolini kamaytirish xususiyati tushuniladi. Bu xususiyat jamlovchi halokatlilik koeffitsiyenti orqali tavsiflanadi va yo`lning konstruktiv elementlari hamda ulardan foydalanish sifatining (qatnov qismining, yo`l yoqasining, harakat tasmasining, ajratuvchi tasmalar enining, yo`l to`shamasining mustahkamligi, qoplamaning ravonligi, g`adir-budirligi va boshqa ko`rsatkichlar) yaxshilanishi orqali ta’minlanadi.
Avtomobil yo`lining sust xavfsizligi deganda yo`lning harakat qatnashchilarida tan jarohatlarini vujudga keltirmaslik yoki uning og`irlik darajasini pasaytirish xususiyati tushuniladi. - Avtomobil yo`lining sust xavfsizligi deganda yo`lning harakat qatnashchilarida tan jarohatlarini vujudga keltirmaslik yoki uning og`irlik darajasini pasaytirish xususiyati tushuniladi.
- Bu ko`rsatkich YTH sonining xalq xo`jaligiga zarar keltirgan jabrlanuvchilar soniga nisbati bilan tavsiflanadi. Sust xavfsizlik birinchi navbatda transport vositalarining yo`ldan chiqib ketishi, ajratuvchi tasmalardan o`tib ketishi, ko`priklardan, yo`l o`tkazgichlardan, estakadalardan tushib ketishi, yo`l inshootlariga urilishi, yo`l yoqasida va yo`l yonbag`rida joylashgan qo`zg`almas to`siqlarga urilishi bilan tavsiflanadi. Hozirgi vaqtda bunday hodisalar umumiy YTH sonining 25 % tashkil qiladi.
- Avtomobil yo`lidagi sust xavfsizlikni ta’minlash uchun yo`l poyining ko`tarma balandligini kamaytirish, yo`l poyining ko`tarmadagi yon-bag`r qiyaliklarini yotiq qilish, keng ajratuvchi tasmalarni qurish, ko`prik, yo`l o`tkazgichlari va estakadalarning gabaritini kengaytirish, yo`l yoqasida o`rnatilgan to`siqlarni elastik va urilishga xavfsiz qilish ishlarini olib borish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |