4.Harakatlanish uchun xavfli yo`l bo`laklarini aniqlashda statistik va ziddiyatlik vaziyat usuli.
4.Harakatlanish uchun xavfli yo`l bo`laklarini aniqlashda statistik va ziddiyatlik vaziyat usuli.
Avtomobil yo‘lining xavfli bo‘lagini aniqlashda tezkor usullardan biri ythning statistika ma’lumotlaridan keng foydalaniladi. Buning uchun quyida keltiriladigan mezonlardan foydalanish tavsiya etiladi.
1. Biror-bir yo‘l bo‘lagida (300 metrgacha) hisobot davrida (5 yilgacha) 3 ta va undan ko‘p yth qayd qilinsa, unda bunday yo‘l bo‘lagi statistika ma’lumotiga ko‘ra xavfli hisoblanadi.
2. Ythning minimal soniga va yo‘l bo‘lagining uzunligiga asoslanib, ythning ko‘p yillik ma’lumotlarini tahlil qilish natijasida yo‘l harakati xavfsizligi ilmiy-tadqiqot institutida [3] xavfli yo‘l bo‘laklarini topish bo‘yicha quyidagi (4.9-jadval) ko‘rsatkichlar aniqlandi.
Ziddiyatli vaziyat usuli ko‘proq bir sathdagi chorrahalarni, yo‘lning rejadagi va bo‘ylama qirqimdagi egri bo‘laklarini, shuningdek, to‘satdan tormoz berish joylarining xavflilik darajasini aniqlashda qo‘llaniladi. Buning uchun haqiqiy yo‘l bo‘lagidagi harakat tartibining o‘zgarishini kuzatish yoki ehm yordamida harakatlanishning imitatsion modeli tuziladi. Kuzatishni harakat miqdori eng katta qiymatga ega bo‘lgan soatda quyidagi usullardan foydalangan holda olib boriladi:

- transport oqimiga qo‘shilib harakatlanuvchi avtomobil laboratoriyada ko‘p marotaba (6-10 marta) tekshirilayotgan avtomobil yo‘lining bo‘lagidan o‘tish. Bunda kuzatuvchilar haydovchining keskin tormoz berish, harakat yo‘nalishini o‘zgartirish va boshqa ythning oldini olish uchun bajargan harakatlarining joylarini hisobga olib boradilar;
- ythning vujudga kelish ehtimoli bor joylarda (bir sathdagi kesishmalar, temir yo‘l kesishmalari, rejadagi kichik radiusli egriliklar va h.k. Yaqinida), yo‘l bo‘yicha joylashgan postlarda kuzatuvchilar yordamida harakatdagi keskin o‘zgarishlarni o‘lchab borish;
- harakatlanuvchi laboratoriya avtomobilida o‘rnatilgan datchiklar yordamida yo‘l bo‘yicha tezlikning va yo‘nalishlarning o‘zgarishini «samopitses»larda yozib borish.