O„zbekiston respublikasi


huquqiy asos sifatidagi qonunlar va boshqa meyoriy hujjatlarni bilib



Download 0,62 Mb.
bet54/108
Sana26.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#583092
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   108
Bog'liq
ARM Alladustov R.D. Moliya bozori va birja ishi. O\'-q 2019

huquqiy asos sifatidagi qonunlar va boshqa meyoriy hujjatlarni bilib





  • fond bozorini tartibga solishning huquqiy-iqtisodiy asoslarini farqlay



      1. Moliya bozorini davlat tomonidan tartibga solish


Moliya bozorini davlat tomonidan tartiblashtirish – moliya bozori-ning

rivojlanish tendensiyalarini makromoliyaviy darajada, undagi uning qatnashchilari faoliyatini esa mikromoliyaviy darajada mamlakatda o‗rnalilgan qonununchilik me‘yorlari doirasida belgilangan tartibda muvofiqlashtirish va nazorat qilish jarayoni. Bu jarayonga davlat o‗zining tanlab olgan rivojlanish modeli va tamoyillari, undagi maqsad va vazifalariga mos ravishda me‘yoriy tartiblashtiruvchi ta‘sir ko‗rsatish asosida davlatning moliyaviy-iqtisodiy siyosatini amalga oshiradi.
Davlatning bunday ta‘siri o‗z ichiga huquqiy, iqtisodiy, administrativ, ijtimoiy, informatsion, texnik va h.k. usullarning keng diversifikatsiyalashgan majmuini oladi.

Davlat tomonidan shakllantirilgan va uzluksiz rivojlantirilib boriladigan moliya bozorini tartiblashtirish tizimi moliya sohasida davlat siyosatining asosiy instrumenti hisoblanadi.
Davlatning moliya bozorini tartiblashtirish jarayonidagi ishti-rokini muhim xususiyati unda davlat bir vaqtning o‗zida quyidagi maqsadli strategik rollarni bajarishi bilan belgilanadi: moliya bozorining bosh regulyatori; emitent; investor; moliya bozorida moliyaviy munosabatlarni tashkillashtiruvchi va rivojlantiruvchi, davlat moliyaviy-iqtisodiy siyosatini amalga oshiruvchi professional institut.
Bunda davlatning maqsadlari milliy manfaatlar bilan belgilanadi. Davlatning bosh maqsadi – moliya bozorini tizimli ravishda samarali tartiblashtirish asosida milliy manfaatlarni kompleks ta‘minlash. Bunda davlat moliya bozori orqali:

  • iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishni, real sektorni modernizatsiyalashni va industrial rivojlantirishni, umuman barqaror iqtisodiy o‗sishni ta‘minlaydi;

  • davlatning moliyaviy-iqtisodiy (monetar, fiskal) siyosatini amalga oshiradi;

  • moliya tizimining xavfsizligi va raqobatbardoshligini ta‘minlaydi;

  • moliyaviy globallashuv jarayonlarini rivojlantiradi.

Strategik nuqtai nazaridan sanab o‗tilgan maqsadlarga erishish milliy manfaatlarga qaratilgan bo‗lganligi uchun moliya bozorini tartibli rivojlantirish na faqat vakolatli davlat organlarining, balki moliya bozorining boshqa barcha qatnashchilarini ham muhim vazifasidir. SHu sabali moliya bozorini davlat tomonidan tartiblashtirishning bosh amaliy maqsadi – milliy bozorga nisbatan barcha qatnashchilarning, bunda ko‗p jihatdan investorlarning ishonchini ta‘minlashdan iboratdir.
Moliya bozorini yuqorida ta‘kidlab ko‗rsatilgan tartiblashtirish jarayonida davlatning bosh vazifasi – milliy manfaat va milliy g‗oya doirasida moliya bozori faoliyatining yuqori samarali mexanizmini yaratish va unga bozorning barcha qatnashchilari tomonidan so‗zsiz bevosita rioya qilinishi asosida rivojlanishini ta‘minlashdan iboratdir. Asosiy vazifasi - investorlarning huquqlarini himoyalash va qonuniy manfaatlarini ta‘minlash; bozorlarning adolatliligi, samaradorliligi va
shaffofliligini qonunchilik bilan belgilangan tartibda, usullarda va shakllarda ta‘minlash; risklarni samarali boshqarilishini ta‘minlash.
Ta‘kidlash joizki, faqat yuqorida keltirilgan moliya bozorining tartiblashtirish milliy (davlat) tizimini maqsad va vazifalari vakolatli davlat organlari va moliya bozori qatnashchilari tomonidan samarali bajarilganidagina moliya bozori o‗zining iqtisodiyotdagi vazifalarini, funksiyalarini va rolini ko‗ngildagidek to‗liq bajara oladi. YUqorida aytilganlar qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha komissiyalarning Xalqaro tashkiloti (International Organization of Securities Comissions - IOSCO) tomonidan 1998-yil sentabr oyida qabul qilingan ―qimmatli qog‗ozlar sohasida tartiblashtirish maqsadlari va tamoyillari‖ nomli bazaviy hujjatida keltirilgan maqsadlar bilan umuman olganda hamohang. Xususan, ushbu hujjat bilan quyidagi o‗rnatilgan:
―tartiblashtirish ho‗ja-liklarda kapitallarni shakllanishiga va iqtisodiy o‗sishga ko‗maklashishi zarur‖, buning asosida qimmatli qog‗ozlar bozorini tartiblashtirishning uch maqsadi qo‗yilgan:

  1. Investorlarni himoyalash (manipulyasiya, tovlamachilik va insayderlik hollardan).

  2. Bozorlarning adolatliligi, samaradorliligi va shaffofliligi (bozorda qatnashchilar tengligi, informatsiyaga teng va keng ega bo‗lish).

  3. Tizimli riskni pasaytirish (qimmatli qog‗ozlar industriyasida risklarni samarali boshqarish).

Moliya bozorini tartiblashtirish tizimi – uzluksiz dinamik rivojlanib boruvchi, faoliyati iqtisodiy-huquqiy mexanizm bilan ta‘minlangan, alohida funksional va institutsional tarkiblarga ega bo‗lgan, milliy moliya tizimi faoliyatini milliy manfaatlar, maqsadlar va qonunlar doirasida me‘yorlab rivojlantiruvchi murakkab majmuaviy tuzilma. Bu tuzilma moliya bozori faoliyatini m‘yorlab rivojlantiruvchi murakkab tizim sifatida o‗z ichiga bir-biri bilan o‗zaro moliyaviy bozor munosabatlari bo‗yicha uzviy bog‗langan ko‗plab qism va elementlarni oladi. Uning asosiy tarkibiy qismlaridan bo‗lib davlat qonunlari va ularning ijrosiga moliya bozorining barcha qatnashchilari tomonidan rioya qilinishini nazorat qilib boruvchi vakolatli institutlar hisoblanadi. Davlat qonunlari bilan moliya bozorida moliyaviy
instrumentlar bilan bog‗liq barcha operatsiya va munosabatlarni tashkil etilishi va amalga oshirilishining umumiy konsepsiya va tamoyillari o‗rnatiladi.
Davlat qonunlari doirasida moliya bozori rivojlanishi tendensiyalaridagi joriy davrda va kelajakda turli mumkin bo‗lgan o‗zgarishlarni oldindan ko‗zda tutish qiyinligi sababli, moliya bozorini tartiblashtirish milliy tizimining uzilmas qismlaridan bo‗lib tegishli qonunosti hujjatlar majmuasi hisoblanadi. Bu majmua o‗z ichiga moliya bozorini tartiblashtirishga oid quyidagi hujjatlar to‗plamini oladi: muassasalararo majburiy bo‗lgan me‘yoriy hujjatlar (nizomlar, instruksiyalar, tartib- qoidalar, standartlar), hukumat qarorlari va farmoyishlari va h.k.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish