O„zbekiston respublikasi


rasm. Jаhоn mоliya bоzоrining tarkibiy tuzilishi32



Download 0,62 Mb.
bet74/108
Sana26.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#583092
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   108
Bog'liq
ARM Alladustov R.D. Moliya bozori va birja ishi. O\'-q 2019

rasm. Jаhоn mоliya bоzоrining tarkibiy tuzilishi32


  1. Ipoteka va lizing bozorlari yetarlicha shakllanmagan. Hanuzgacha eksport lizingi va ipotekaviy qimmatli qog‗ozlari, veksellar va mavjudlaridan boshqa turdagi qimmatli qog‗ozlar qog‗ozlar yo‗q. Aktivlar sekyuritizatsiyasi mavjud emas. Moliya injeneriyasi va uning innovatsion mahsulotlari tarkib topmagan va h.k.

  2. Mamlakatda birjalar va birjadan tashqari elektron savdo tizimlarining nisbatan ko‗pligi oborot hajmlari kamligi, ularning barchasini tijorat tashkilotlari ekanligi, mos ravishda hisob yuritish, savdo va hisob-kitoblar o‗tkazish bo‗yicha tegishli institutlar xizmatidan foydalanuvchi qatnashchilarning transaktsion harajatlari miqdori ko‗pligi, va o‗zini o‗zi muvofiqlashtirish mexanizmiga asoslanmaganligi moliya bozorini maydalanishiga va samaradorligini pasayishiga olib kelmoqda.

  3. Yuqoridagilar va boshqa sabalarning barchasi mamlakatda kollektiv investorlar institutlarini investitsion jarayonda sezilarli emasligiga, aksincha yirik deyarli samarasiz bo‗lgan investorlarning salmog‗ini keskin oshib ketishiga olib kelmoqda.

Aytish mumkinki, o‗rta va uzoq muddatda O‗zbekiston moliya bozorining omillarning ijobiy ta‘siri sharoitida keskin rivojlanishini bashorat qilsa bo‗ladi. Buning uchun unda barcha imkoniyatlar mavjud.





32https://www.youtube.com/watch?v=lcoLoIyGw7I
  1. Хаlqаrо mоliya bоzоridаgi оpеrаtsiyalаr


Moliya bozori transparentligi deganda moliya bozori va uning barcha qatnashchilari faoliyati to‗g‗risidagi informatsiyalarni (ma‘lumot va hisobotlarni) ochiqligi, oshkoraligi, aniqligi, to‗liqligi, o‗z vaqtida (belgilangan muddatlarda) berilishi va to‗g‗riligi, umuman olganda informatsion shaffofliligi tushuniladi. Ma‘lumot va hisobotlarlarni ihtiyoriy (zarurat asosida) va majburiy ravishda transparentlilikning ma‘lum sifat darajasida berilishi mumkin bo‗lganlari mavjud.
Moliya bozori transparentligining bosh maqsadi investorlarning huquqlarini himoyalash va qonuniy manfaatlarini hamda risklarini pasaytirilishini ta‘minlashga qaratilgan bo‗lib, o‗z ichiga sifatli ochib berilishi majburiy va ihtiyoriy bo‗lgan informatsiyalar hamda ularga qo‗yilgan qonuniy sifat talablari tizimini oladi. Transparentlikning bosh vazifasi moliya bozorida sodir bo‗lishi mumkin bo‗lgan har turdagi risklar, tovlamachiliklar va qonunbuzarliklarni informatsiyalar tizimi orqali oldini olish va pasaytirish.
Transparentlik usullari va shakllari moliya bozoriga oid qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Informatsiyani ochib berish shakllari turli bo‗lishi mumkin, masalan, moliya bozori qatnashchilari to‗g‗risidagi hisobotlar va informatsiyalarning standart shakllari. Bunday standart shakllarda tuzilgan va to‗ldirilgan hisobot va informatsiyalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan sifat darajasida, muddatlarda, hajmlarda va tartibda ochib berilishi va taqdim etilishi talab qilinadi.
Transparentlilikni ta‘minlash borasida administrativ va jamoatchilik chora- tadbirlariga asoslangan usullar qo‗llaniladi, ya‘ni, informatsiyani ochib berishlik mos ravishda davlatning qonunchilik hujjatlari va jamoatchilik (o‗zini o‗zi tartiblashtiruvchi tashkilotlar) me‘yorlari asosida amalga oshiriladi. Ammo, bu usullarning ichida eng ustuvori va zaruri administrativ usul hisoblanadi, chunki jamoatchilik me‘yorlari davlat qonunlariga
to‗liq asoslanadi.
Informatsion shafffoflikni ta‘minlashga asoslangan tartiblashtirish konsepsiyasiga binoan moliya bozorining barcha qatnashchilarini har qanday faoliyati va natijalari sifat darajasida oshkora qilinishi zarur.
Shu munosabat bilan tranparentlilikning sifat mezonini moliya bozorining barcha qatnashchilariga nisbatan qo‗llash mumkin, ya‘ni qatnashchilarning transparentlilik darajasi (ya‘ni adekvat informatsion transparentililik) A(T)Q uning barcha operatsiyalari va ularga oid informatsiyalar sonining bir-biriga tengligi, o‗zaro adekvatliligi (to‗g‗riligi, aniqligi, o‗z vaqtidaliligi, ishonchliligi) bilan belgilanadi. Mos ravishda bu kriteriy (mezon) quyidagicha ifodalanadi:
min A(T)Q = AT (qonun bilan va moliya bozori tomonidan o‗rnatilgan
tartibga talab qilinadigan informatsiyalar soni va sifati miqdori ko‗paytmasi) – AR (qatnashchi tomonidan real ta‘minlab berilgan informatsiyaning soni va sifati miqdori ko‗paytmasi).
Bunda informatsiyaning sifat miqdori qatnashchining moliya bozoridagi imidjini tashkil etuvchi va holati sifatini belgilovchi iqtisodiy (moliyaviy), korporativ boshqaruvi, moliyaviy instrumentlari va boshqa ko‗rsatkichlari asosida baholanishi mumkin bo‗lgan rentingi va/yoki reytingi yordamida ifodalanadi. Informatsiyalar soni esa qatnashchi tomonidan berilishi lozim bo‗lgan hisobotlar va ma‘lumotlar miqdoridan kelib chiqadi.
Ta‘kidlash joizki, umuman olganda, ideal holatda mamlakatdagi investorlarning faollilik darajasi (F), ya‘ni (5.2 paragrafga qaralsin):
min F = SV (investitsiya sifatidagi jamg‗arma hajmi va investitsiyalar likvidliligi ko‗paytmasi) – PI (investitsiyalarning bozor narxi va iqtisodiyot uchun zarur bo‗lgan investitsiyalar hajmi ko‗paytmasi) qatnashchilarning transparentlilik darajasiga (A(T)Q ) nisbiy miqdorda teng bo‗lishi lozim.
Agar bunday tenglik ta‘minlangan bo‗lsa, unda mamlakat moliya bozoridagi investitsion muhit adekvat hisoblanadi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish