O„zbekiston respublikasi


Moliya bozori makroregulyatori konsepsiyasi



Download 0,62 Mb.
bet70/108
Sana26.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#583092
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   108
Bog'liq
ARM Alladustov R.D. Moliya bozori va birja ishi. O\'-q 2019

Moliya bozori makroregulyatori konsepsiyasi


Eslatish joizki, boshqa ilmiy manbalardagilardan farqli, biz ―megaregulyator‖ termini o‗rniga ―makroregulyator‖ so‗zini qo‗llaymiz. Chunki, bu so‗z, bizningcha, shaklan va mazmunan barchaga singib ketgan, tabiiy bo‗lib qolgan ―makroiqtisod‖,
―makroindikator‖, ―makromodel‖ va h.k. kabi tushunchalar bilan ko‗proq uyg‗unlashib mos keladi. ―Megaregulyator‖ termini esa ko‗proq ―megapolis‖





24 Objectives and Principles of Securities Regulation. A Report of IOSCO, September 1998, http://www.iosco.org.; А.Рот, А.Захаров, Б.Златкис, Я.Миркин, Б.Борн, Р.Бернард, П.Баренбойм, А.Хит. Основыгосударственногорегулированияфинансовогорынка.-М.: ЮридическийДом «Юстицинформ», 2003.- бб.277-280.
tushunchasining shakli va mazmuniga mosroq kelishi mumkin. Agar, har qanday milliy moliya bozorni faqat alohida olingan shahar yoki rayon megapolisi ichida emas, balki bir butun mamlakat doirasida, o‗ta rivojlangan moliya bozorlarini esa jahon miqyosida faoliyat yuritishini hisobga olsak, unda mos ravishda
―makroregulyator‖ va ―metaregulyator‖ terminlari va tushunchalarini qo‗llanilishi to‗g‗riroq ekanini payqab olish qiyin emas. Ammo, ta‘kidlash o‗rinliki, fikrimizcha, mavjud ilmiy manbalarda milliy moliya bozorlariga nisbatan qo‗llanilgan
―megaregulyator‖ tushunchasi mazmunan qo‗llanilishi bo‗yicha bizning
―makroregulyator‖ terminimiz bilan bir hil ma‘noni anglatadi.
Makroregulyator – milliy moliya bozorini tartiblashtirishning alohida ko‗rinishda tuzilgan tashkiliy-huquqiy shakli bo‗lib, moliya bozorini samarali muvozanatlashtiruvchi mexanizm sifatida faoliyat yurituvchi murakkab siyosiy- iqtisodiy-huquqiy-ijtimoiy bozor mexanizmi bilan ta‘minlangan moliya bozorini umummiliy darajada kompleks tartiblashtirilishini va rivojlanishini ta‘minlovchi murakkab tuzilmali tizimdir.
Jahon amaliyotida mavjud makroregulyatorlarni shartli ravishda ikki katta guruhga ajratish mumkin:

  • faqat (yoki ko‗proq) nazorat funksiyalarini bajaruvchi makroregulyatorlar. Masalan, bundaylari Yaponiyada 1998-yildan (Financial Supervisory Agency), Janubiy Koreyada 1998-yildan (Financial Supervisory Comission);

  • ham nazorat, ham me‘yorlashtiruvchi (tartib-qoidalarni o‗rnatuvchi) funksiyalarni bir vaqtning o‗ziga amalga oshiruvchi makroregulyatorlar. Masalan, bundaylari Buyuk Britaniyada 1997-yilda (Financial Services Autority), Avstraliyada 1998-yilda (Australian Securities and Investments Comission, Australian Prudential Regulation Autority).

Makroregulyator tendensiyasini paydo bo‗lishi munosabati bilan moliya bozorini tartiblashtirishning kamida ikkita modelini ajratib ko‗rsatish mumkin. Bularning har bir ma‘lum bir ijobiy tomonlarga va kamchiliklarga ega.
Makroregulyatorlarning bir-biridan farq qilishi esa dunyoda hanuzgacha absolyut bir hil bo‗lgan moliya bozorining davlat tartiblashtirish tizimi yo‗qligi bilan
belgilanadi. Lekin bu holat barcha mamlakatlarda makroregulyator konsepsiyasini qo‗llash mumkin emas degan fikrga olib kelmasligi lozim. Ammo, bunda barcha makroregulyatorlarni o‗zaro garmonizatsiyalashtirish muammosini esdan chiqarmaslik zarur25.
O‗zbekistonda makroregulyatorni tuzish kelajakda moliyaviy globallashuv jarayonlariga osonroq va to‗liq qo‗shilish imkonini berishi mumkin bo‗lib, jahonda rivoj topib borayotgan quyidagi iqtisodiy tendensiyalar va nazariy konsepsiyalar bilan belgilanadi:

  • moliya institutlar va ular instrumentlarining universallashuvi;

  • moliya bozorlarining turli segmentlarida faoliyat yurituvchi moliyaviy konglomeratlarni tashkil topishi;

  • moliya institutlarining bir-birlari o‗rtasida o‗zaro moliyaviy instrumentlar bilanalmashinishi;

  • milliy regulyativ normalarning o‗zaro unifikatsiyalashuvi, standartalashuvi va moslashuvi yo‗li bilan milliy moliya bozorlarning internatsionallashuvi va globallashuvi, moliya bozorlari qatnashchilari faoliyatining informatsion transparentliligi va risksizlilik darajalarini ortib borishi;

-moliyaviy instrumentlarning diversifikatsiyalanishida Internet-moliyaviy biznesni jadal rivojlanishi;

  • moliya bozorlari industriyasi sifatini boshqarishning kompleks tizimlarini shakllanishi26;

  • moliya sohasida finansometrika (sekyurimetrika)27 va moliya injiniringini jadal rivojlanishi28, ularning asosida banklarnikiga o‗hShash moliyaviy mahsulotlarning va sekyuritizatsiyalashgan aktivlarning hajmini tez oshib borishi;

  • umuman olganda umumjahon miqyosida globallashuv jarayonlarini jadallashuvi bilan bog‗liq boshqa hodisa va voqeliklar.




25 Davies Howard, Chairman, Financial Services Authority. The Single Financial Market in Five Years Time: How Will Regulation Work?//Brussels: Speech 20 March, 2000.
26 Шохаъзамий Ш.Ш. Качество индустрии рынков: финансового и ценных бумаг.-Т.: ТФИ, 2004.-138 с.
27 Шохаъзамий Ш.Ш. Основы секьюриметрики.-Т.: Iqtisod-moliya, 2005.-376 с.
28 Шохаъзамий Ш.Ш. Основы финансового инжиниринга.-Т.: Iqtisod-moliya, 2005.-264 с.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish