O„zbekiston respublikasi


moliya bozorini nazorat qilish konsepsiyalar tavsifini keltira oladi



Download 0,62 Mb.
bet65/108
Sana26.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#583092
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   108
Bog'liq
ARM Alladustov R.D. Moliya bozori va birja ishi. O\'-q 2019

moliya bozorini nazorat qilish konsepsiyalar tavsifini keltira oladi;


  • muvofiqlashtirish va nazorat qilish institutlari va ularning o„zaro bog„liqlikdagi faoliyati bilib oladi;
  • muvofiqlashtirish va nazorat qilishning jahon amaliyotidagi usullarni farqlay oladi;


    1. Moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish konsepsiyalari
    Umuman olganda, bozorni tartiblashtirish tushunchasi keng ma‘noda bo‗lib, bozorning funksional va operatsion tarkiblarini uyg‗unlikdagi faoliyatini, undagi barcha qatnashchilarning bozor tovari bilan bog‗liq iqtisodiy-huquqiy, ijtimoiy, siyosiy munosabatlarini tizimli tarzda samarali rivojlantirish maqsadida vakolatli tashkilotlar tomonidan o‗rnatilgan aniq me‘yorlar majmuasiga mos ravishda muvofiqlashtirish va nazorat qilishning tartibli jarayonini anglatadi.
    Moliya bozorini tartiblashtirish tushunchasiga mos ravishda, qimmatli
    qog„ozlar bozorini tartiblashtirish – uning funksional va operatsion tarkiblarini uyg‗unlikdagi faoliyatini, undagi barcha qatnashchilarning qimmatli qog‗ozlar bilan
    bog‗liq barcha munosabatlarini tizimli tarzda samarali rivojlantirish maqsadida vakolatli davlat va o‗zini o‗zi muvofiqlashtiruvchi organlar tomonidan o‗rnatilgan unga oid me‘yorlar majmuasiga mos ravishda muvofiqlashtirish va nazorat qilishning tartibli jarayonini. Vakolatli davlat va o‗zini o‗zi muvofiqlashtirish institutlari ushbu bobning 2 paragrafida yoritilgan.
    Moliya bozorini davlat tomonidan tartiblashtirish – moliya bozori-ning rivojlanish tendensiyalarini makromoliyaviy darajada, undagi uning qatnashchilari faoliyatini esa mikromoliyaviy darajada mamlakatda o‗rnalilgan qonununchilik me‘yorlari doirasida belgilangan tartibda muvofiqlashtirish va nazorat qilish jarayoni. Bu jarayonga davlat o‗zining tanlab olgan rivojlanish modeli va tamoyillari, undagi maqsad va vazifalariga mos ravishda me‘yoriy tartiblashtiruvchi ta‘sir ko‗rsatish asosida davlatning moliyaviy-iqtisodiy siyosatini amalga oshiradi.
    Davlatning bunday ta‘siri o‗z ichiga huquqiy, iqtisodiy, administrativ, ijtimoiy, informatsion, texnik va h.k. usullarning keng diversifikatsiyalashgan majmuini oladi.
    Bunda davlatning maqsadlari milliy manfaatlar bilan belgilanadi.
    Davlatning bosh maqsadi – moliya bozorini tizimli ravishda samarali tartiblashtirish asosida milliy manfaatlarni kompleks ta‘minlash. Bunda davlat moliya bozori orqali:
    -iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishni, real sektorni modernizatsiyalashni va industrial rivojlantirishni, umuman barqaror iqtisodiy o‗sishni ta‘minlaydi;
    -davlatning moliyaviy-iqtisodiy (monetar, fiskal) siyosatini amalga oshiradi;

    • moliya tizimining xavfsizligi va raqobatbardoshligini ta‘minlaydi;

    • moliyaviy globallashuv jarayonlarini rivojlantiradi.

    Strategik nuqtai nazaridan sanab o‗tilgan maqsadlarga erishish milliy manfaatlarga qaratilgan bo‗lganligi uchun moliya bozorini tartibli rivojlantirish na faqat vakolatli davlat organlarining, balki moliya bozorining boshqa barcha qatnashchilarini ham muhim vazifasidir. Shu sababli moliya bozorini davlat tomonidan tartiblashtirishning bosh amaliy maqsadi – milliy bozorga nisbatan barcha qatnashchilarning, bunda ko‗p jihatdan investorlarning ishonchini ta‘minlashdan iboratdir.
    Moliya bozorini yuqorida ta‘kidlab ko‗rsatilgan tartiblashtirish jarayonida davlatning bosh vazifasi – milliy manfaat va milliy g‗oya doirasida moliya bozori faoliyatining yuqori samarali mexanizmini yaratish va unga bozorning barcha qatnashchilari tomonidan so‗zsiz bevosita rioya qilinishi asosida rivojlanishini ta‘minlashdan iboratdir. Asosiy vazifasi - investorlarning huquqlarini himoyalash va qonuniy manfaatlarini ta‘minlash; bozorlarning adolatliligi, samaradorliligi va shaffofliligini qonunchilik bilan belgilangan tartibda, usullarda va shakllarda ta‘minlash; risklarni samarali boshqarilishini ta‘minlash.
    Yuqorida aytilganlar qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha komissiyalarning Xalqaro tashkiloti (International Organization of Securities Comissions - IOSCO) tomonidan 1998-yil sentabr oyida qabul qilingan ―qimmatli qog‗ozlar sohasida tartiblashtirish maqsadlari va tamoyillari‖ nomli bazaviy hujjatida keltirilgan maqsadlar bilan umuman olganda hamohang. Xususan, ushbu hujjat bilan quyidagi o‗rnatilgan:
    ―tartiblashtirish ho‗ja-liklarda kapitallarni shakllanishiga va iqtisodiy o‗sishga ko‗maklashishi zarur‖, buning asosida qimmatli qog‗ozlar bozorini tartiblashtirishning uch maqsadi qo‗yilgan:

    1. Investorlarni himoyalash (manipulyatsiya, tovlamachilik va insayderlik hollardan).

    2. Bozorlarning adolatliligi, samaradorliligi va shaffofliligi (bozorda qatnashchilar tengligi, informatsiyaga teng va keng ega bo‗lish).

    3. Tizimli riskni pasaytirish (qimmatli qog‗ozlar industriyasida risklarni samarali boshqarish).

    Vakolatli tartiblashtiruvchi institutlar qonun va qonunosti hujjatlarni amaliyotga joriy qilib moliya bozori tomonidan ularga rioya qilinishini ta‘minlaydi. Bu hujjatlarning ishlashi chog‗ida vakolatli institutlarning vazifasi qonunbuzarliklarni aniqlash, profilaktikasini olib borish, o‗rnatilgan me‘yorlar doirasida tekShiruvlar o‗tkazish, ulardan og‗ishlarni aniqlab belgilangan tartibda choralar ko‗rish.

    1. Download 0,62 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   108




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish