O„zbekiston respublikasi


Elektron savdo tizimlari va ularning faoliyati



Download 0,62 Mb.
bet52/108
Sana26.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#583092
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   108
Bog'liq
ARM Alladustov R.D. Moliya bozori va birja ishi. O\'-q 2019

Elektron savdo tizimlari va ularning faoliyati


Elektron savdo tizimi – bu tovarlarning (savdo obyektlarining) birjadan tashqari savdosini tashkiliy vositalar va ahborot texnologik kommunikatsiyalar majmuasi yordamida bir butun informatsion fazoda tashkillashtiruvchi tashkiliy- huquqiy shaklda (yuridik shaxs maqomida) tuzilgan murakkab tarmoqlangan savdo tizimi bo‗lib, o‗z qatnashchilariga bitishuv to‗g‗risida shartnoma tuzish, tuzilgan shartnoma parametrlarini tekShirish, kliringni (hisob-kitobni) amalga oshirish, bitishuv talablarini ohirigacha ijro qilish (to‗lovni amalga oshirish va qimmatli qog‗ozlarni yangi egasiga berish) bo‗yicha qulay va yetarli imkoniyatlarini beruvchi tashkillashgan bozor mexanizmi. Bunda savdo qatnashchilari bir-birlari bilan virtual informatsion, uzluksiz savdo rejimida real tovarlar savdosi muomalasiga kiradilar. Ushbu tizimda turli hil tovar (jumladan qimmatli qog‗ozlar) muomalada bo‗lishi mumkin.


Qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining faoliyati deganda, investorlarga vositachilarni yollamasdan turib savdolarda qatnashish imkoniyatini beruvchi arizalar qabul qilish punktlari, maxsus kompyuter savdo tizimlaridan foydalanishning belgilangan qoidalari bo‗yicha qimmatli qog‗ozlar savdosini tashkil qilish faoliyati tushuniladi.
Birjadan tashqari listing - qimmatli qog‗ozlarning birjadan tashqari savdoga ularni birjadan tashqari byulleteniga kiritgan xolda, savdoga qo‗yishdir.
Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi qonun hujjatlarida o‗rnatilgan tartibda o‗tkazilayotgan savdolarning oshkoraligi va ommaviyligini ta‘minlashi lozim.
Elektoron savdo tizimi faoliyati o‗ziga quyidagi bosqichlarni kiritadi:



  • tizimga kirish va uni himoyasi;




  • savdo obyekti to‗g‗risidagi bozor informatsiyasini ko‗rib chiqish (kuzatish);




  • tizimga bitishuvlarni sodir qilishga talablarni (buyruqlarni) kiritish;




  • uzluksiz savdo rejimija bitishuvlarni tuzish;

  • buyruqlar hisobi kitobini yuritish;




  • tizimdan foydalanuvchilarga bitishuvlar to‗g‗risidagi informatsiyani tarqatish;




  • har bir bitishuv bo‗yicha tizimning faoliyatini nazorat qilish.

Elektron savdo tizimlarining ijobiy tomonlariga quyidagilarni kiritish mumkin:





  • savdo operatsiyalarini kunning istalgan vaqtida amalga oshirish imkoniyati;




  • jahon fond bozorlariga turli regionlardan brokerlarning maksimal kirishi;




  • nisbatan kichik miqdordagi operatsion harajatlar;




  • savdoda qatnashchilari to‗g‗risidagi informatsiyani yuqori darajada mahfiyligi (konfidentsialligi);

  • traditsion birja savdosidan farqli (odatda haridorning birgina qulay narxi va sotuvchining narxi), bir vaqtning o‗zida bir necha qulay narxlarni ko‗rish imkoni mavjud.

Elektron savdo tizimlarining keltirilgan ijobiy tomonlariga qaramasdan ular hozircha to‗laligicha amalga oshirila olinmayapti, natijada elektron bozorlarning likvidlilik darajasi nisbatan pastroq bo‗lib qolmoqda. Bunda quyidagilarni to‗siq sifatida ko‗rsatish mumkin:

  • elektron savdo dilerlarning o‗z operatsiyalarida kontragentlari bilan ish yuzasidan mulohaza qilishiga asoslangan professional intuitsiyasini to‗liq ishlatishiga qiyinchilik tug‗dirmoqda;

  • buyruqlarning qo‗shimcha shartlarini hisobga olish imkoni yo‗qligi, ba‘zan esa bitishuv ijrosiga buyruqlarni to‗htatish mumkin emasligi.

  • tizimda sotiladigan qimmatli qog‗ozlarning risklilik darajasini nisbatan yuqoriligi.

Ko‗rsatilgan kamchiliklarga qaramasdan, elektron savdo tizimlari jadal rivojlanib bormoqda.
Hozirda, jahon savdo amaliyotida ellikdan ziyod turli hil elektron savdo tizimlari mavjud bo‗lib, ularning yarmisi fyucherslar savdosiga xizmat qiladi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish