O„zbekiston respublikasi



Download 0,62 Mb.
bet60/108
Sana26.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#583092
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   108
Bog'liq
ARM Alladustov R.D. Moliya bozori va birja ishi. O\'-q 2019

Investitsion portfellar


Investitsiyalar portfeli – ma‘lum bir maqsadli investitsion siyosat asosida shakllantirilgan moliyaviy instrumentlar to‗plami. Portfellar jamg‗arma va kapitalni jamlash vositasi sifatida namoyon bo‗ladi.
Investitsiyalar portfelining asosiy maqsadi – investorlar mablag‗ini moliyaviy instrumentlarga (qimmatli qog‗ozlarga) yo‗naltirish asosida rejalashtirilgan daromadni past (yuqori) risklarda olish.
Portfelning mazmuni – bir to‗plamga jamlangan qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha investor uchun qulay va zaruriy investitsion sharoitlarni yaxshilash bo‗lib, unda bu to‗plamdagi qog‗ozlarda investorning investitsion siyosati maqsad-vazifasi doirasida yaratilgan ushbu sharoitlar talablariga javob beruvchi investitsion hossalar shakllantiriladi. Bunday hossalarni alohida olingan bir turdagi qimmatli qog‗oz doirasida ta‘minlab bo‗lmaydi, faqat ularning kombinatsiyasidagina shakllantirilishi mumkin.
Umuman olganda, portfelni shakllantirish, tahlil va monitoring qilish hamda optimallashtirish asosida tarkibini qayta ko‗rib chiqish jarayonida uning talab qilingan parametrlariga mos keladigan yangi investitsion sifati hossasiga erishiladi. Bunda bu jarayonni umuman olganda portfelni boshqarish deb tushunish mumkin. Investitsiyalar portfeli shunday instrumentki, uning samarali boshqarilishi asosida investorni talabi doirasida qoniqarli daromadning barqaror miqdori minimal risklar darajasida ta‘minlanishi mumkin.
Investitsiyalar portfeli bo‗yicha olinadiga daromadni portfel tarkibiga kirgan ma‘lum darajada riskli moliyaviy instrumentlar to‗plamidan shakllanuvchi yalpi daromad deyiladi. shu munosabat bilan har qanday portfelda daromad va risk o‗rtasidagi miqdoriy muvofiqligi muammosi vujudga keladi. Bu muammo portfelni samarali boshqarish evaziga hal qilinadi. Aytish joizki, bu muammoni yechish uchun lozim bo‗lgan umumiy sxemani tez topish mumkin bo‗lsada, lekin uni ohirigacha to‗liq yechimiga kelish mumkin emas.
Moliyaviy instrumentlarning investitsion sifatiga qarab, turli tarkibdagi portfellarni shakllantirish mumkin. Portfel bo‗yicha investorni qiziqtirgan daromad va investor uchun qabul qilinishi mumkin bo‗lgan risk o‗rtasidagi balans darajasiga qarab, portfel turini aniqlash mumkin.
O„suvchan portfel kurs bahosi o‗sib boruvchi kompaniyalar aksiyalaridan shakllanib, uning maqsadi – dividendlar olish bilan birga portfelning kapital bahosini o‗sishi.
Agressiv o„suvchan portfel kapitalni maksimal o‗sishiga qaratilgan bo‗lib, unga asosan yosh, tez o‗suvchan, yuqori riskli, lekin shu bilan birga yuqori daromadlar keltiruvchi kompaniyalar aksiyalari kiradi.
Konservativ o„suvchan portfel past riskli bo‗lib, o‗z tarkibini asosan yirik, tanilgan kompaniyalar aksiyalari bilan shakllantiradi. Bunda aksiyalar kurs bahosi barqaror sur‘atlar bilan o‗suvchan bo‗ladi.
O„rtacha o„suvchan portfel agressiv va konservativ portfellarning omuhtasi bo‗lib, unga uzoq muddatga olingan ishonchili moliyaviy instrumentlar bilan birga tarkibi tez (davriy) yangilanib boruvchi riskli instrumentlar ham kiradi. Bunda o‗rtacha o‗sish va qoniqarli risk darajasi kafolatlanadi.
Daromad portfeli foizlar va dividendlar ko‗rinishidagi yuqori joriy to‗lovlar olishga qaratilgan bo‗lib, asosan kurs bahosi kamroq o‗suvchan, lekin me‘yor darajasida riskli va yuqori daromad to‗lovli korporativ qimmatli qog‗ozlardan tarkib topadi.
Muntazam daromadli portfel riskning minimal darajasida o‗rtacha daromad keltiruvchi yuqori ishonchli instrumentlardan tarkib topadi.
Daromadli instrumentlardan iborat portfel riskning o‗rtacha darajasida yuqori daromad keltiruvchi qimmatli qog‗ozlar va yuqori daromadli korporatsiyalar obligatsiyalaridan tarkib topadi.
O„suvchan va daromad portfel fond instrumenlarining kurs bahosini tushib ketishi va kichrayib ketadigan foiz va dividend to‗lovlari sababli fond bozorida mumkin bo‗lgan yo‗qotishlarni oldini olish uchun shakllantiriladi.
Ikkala manbaga yo„nalgan portfel o‗z egasiga investitsiya qilgan kapitali bo‗yicha yuqori daromad keltiruvchi aktivlardan tarkib topadi. Ushbu holda ikkal manbaga yo‗nalgan investitsiya fondlari qimmatli qog‗ozlari haqida fikr yuritilmoqda bo‗lib, ular o‗zlarining ikki turdagi aksiyalarini chiqaradi: birinchisi

  • yuqori daromad keltiruvchilari, ikkinchisi – kapital kurs bahosi o‗sishini ta‘minlaydi.

Balanslashtirilgan portfelo‗zida na faqat daromadlarni, balki risklarni ham o‗zaro balanslashtirilganini nazarda tutadi. Balanslashtirilgan portfellar ma‘lum
proportsiyada kurs bahosi o‗suvchi va yuqori daromadli qimmatli qog‗ozlardan tarkib topadi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish