O„zbekiston respublikasi


Mamlakat aholisining traditsiyalari va ma’naviy boyliklariga asoslangan moliya bozori modellari



Download 0,62 Mb.
bet29/108
Sana26.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#583092
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   108
Bog'liq
ARM Alladustov R.D. Moliya bozori va birja ishi. O\'-q 2019

Mamlakat aholisining traditsiyalari va ma’naviy boyliklariga asoslangan moliya bozori modellari


Anglo-saksontraditsiyalariga asoslangan moliya bozori modellari. Anglo- sakson traditsiyalarida (yoki ―protestan kapitalizmi‖ traditsiyalarida) tarbiyalangan
moliya bozori qatnashchilaririsklar va hatti-harakatlarga nisbatan pragmatik, iqtisodiy individualizm, davlatga va yirik kompaniya-larga nisbatan kamroq nazoratli bo‗ladilar.
AQSh va Buyukbritaniya moliya bozorlar qatnashchilari esa Germaniya va Yaponiyadagilardan farqli konservativlik darajasi kamroq va risklarga ko‗proq moyil. Bularning barchasianglo-saksonmodeli asosidagi moliya bozorlariniliberalligini, ochiqligini, faolligini, ammo krizislarga ta‘sirchanligini belgilaydi.
Islom traditsiyasiga asoslangan moliya bozori modeli. Bu traditsiya islom moliyasi shaklida namoyon bo‗ladi. Unda moliya bozori qatnashchilari tomonidan Islom dini ko‗rsatmalariga va ―harom‖ tushunchasiga rioya qilinadi. Islomiy moliya institutlari oldindan belgilangan foiz daromad olishlari va spekulyativ operatsiyalar bajarishlari mumkin emas, ular faqat ulushlar va ijara asosida ishtirok etishlari, mulkni nasiyaga sotib olish va sotishi mumkin. Pul resurslarini jalb qilish uchun depozitlar o‗rniga aksiyalar, investitsiya fondlari, foiz to‗lovlari oldindan belgilanmagan jamg‗arma va investitsiya schyotlari (banklar bilan sheriklik asosida), foizli obligatsiyalar o‗rniga diskonli obligatsiyalar qo‗llaniladi (diskontani ustama haq sifatida belgilab). Natijada Pokiston, Baxreyn, Kuvayt, Indoneziya, Eron, Malayziya moliya bozorlarida obligatsiyalar (foizlisi ―ribo‖, ya‘ni ―harom‖ hisoblanadi) va derivativlar (qimorga o‗xshaganligi uchun) segmentlari mavjud emas. Pokistonda ustamali (muhrob) davlat obligatsiyalari maxsus investitsiya fondlari ulushlariga konvertatsiyalantiriladi va ushbu fondlar orqali loyihaviy moliyalashtirishga asoslanib hukumat moliyalashtiriladi. Xalqaro statistikada qarz munosabatlarini mujassamlashtiruvchi qog‗ozlar bo‗yicha islom mamlakatlari keltirilmaydi.
Ko‗pincha bozor instrumenti bo‗lmagan ―ulushli ishtirok qog‗ozlari‖ (participation paper), ―Sheriklik qog‗ozlari‖ (partnership paper) chiqarilib, ular bo‗yicha investorlar mablag‗larini konkret loyihalarga (uy-joy, yo‗llar, kasalxonalar va shu kabilarga asoslangan) markaziy va mahalliy hokimiyatlar bilan birgalikda
―Birgalikda moliyalashtirish‖ (―Birgalikda ishtirok etish‖) asosida yo‗naltiradilar. Bu
esa Islom dini tomonidan ma‘qullanadi va moliyalashtirishning ―Islom‖ shakli deyiladi.
Moliya bozorini islomiylashtirish uni soddalashuviga, banklarning rolini oshishiga, yirik oilaviy investorlarni ko‗payishiga, depressiv holatga tushishiga, ko‗p sonli chakana va yirik xorijiy investorlarning, derivativlar va foizli obligatsiyalar segmentlarini yo‗qligiga olib keldi.
Yapon traditsiyalariga asoslangan moliya bozori modeli. Ushbu traditsiya quyidagilarda namoyon bo‗ladi:

  • insonlarni pog‗onalilikka intilishi, o‗zidan yuqori pog‗onada turgan shaxsga sodiqlik (davlat tuzilmasi yoki biznesda);

  • bir kompaniyada o‗tiroqlik (butun hayot mobayniga yollanish tizimi);

  • vasiylikka muhtojlik;

  • personal manfaatlarini aksiyadorlarnikidan yuqori qo‗yish («korporatsiya- oila», sezilarli oshib boruvchi mehnat haqi va ijtimoiy to‗lovlar tamoyili asosida);

  • yaqqol kollektivizm, jamiyatga o‗ta tobelik, o‗zini moddiy cheklash («halol kambag‗allik», ishga fidoiylik etikasi), Yaponiyani dunyodagi alohida missiyasini oshirish;

  • anglo-sakson traditsiyasidan farqli, aholining yuqori darajadagi jamg‗arma normasi.

Moliya bozorining Yaponmodelini AQSh modelidan keyingi o‗ringa qo‗yish mumkin.Ularning ikkalasi islomiy moliya bozorlaridan ustun.
Germaniya traditsiyalariga asoslangan moliya bozori modeli. Diniy e‘tiqodlarning farqliligiga qaramasdan, Germaniya va Yaponiya modellarining o‗xshash taraflari mavjud. Sabab, bu mamlakatlarda aholining iqtisodiy qarashlari ko‗p jihatdan mos kelishidir. Germaniya halqi boshqalardan farqli bir muncha hususiyatlarga ega bo‗lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • praktisizm, ierarxiklik, o‗ta mehnatkashlik, ijtimoiy himoyaga, risksizlilikka va jamg‗armaga moyillik. Anglo-sakson modelida esa mobillikka, ixtirochilikka, risklilikka, opportunizmga, agressivlikka, o‗zgarishlarga moyillik ko‗proq seziladi;

  • kompaniya rahbariyati tomonidan personal manfaatlarini aksiyadorlarnikidan yuqori qo‗yilishi, kompaniya menejmenti niaksiyalar kursini va ular bo‗yicha yuqori dividendlar to‗lovlarini oshirishga yo‗nalganligi. Bunda korporativ boshqaruvning germancha modelida ko‗proq kompaniyaning manfaatlari aksiyadorlarga xizmat ko‗rsatishdan ustun qo‗yilgan. Korporativ boshqaruvning anglo-sakson modelida esa korporatsiya va aksiyador tushunchalari, ularning manfaatlari va huquqlari bir biriga tenglashtirilgan.

Germaniya modelida aksiyalar bozori ustun emas, ko‗proq qarz munosabatlarini mujassamlashtiruvchi belgilangan foizli qog‗ozlar va sug‗urta polislari aholini qiziqtiradi. Germaniya moliya bozorida banklarning o‗rni traditsion hisoblanadi.



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish