O‘zbеkistоn rеspublikаsi



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/130
Sana14.04.2022
Hajmi3,34 Mb.
#551656
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   130
Bog'liq
O\'zbek tilining sohada qo\'llanishi O\'MK

Topshiriqlar
1-topshiriq: 
Amir Temur tomonidan aytilgan o‘gitlarni daftaringizga yozib oling va 
ular haqida bahs tashkil qiling. 
Ulamolar suhbatida bo‘l, pok, sof niyatli kishilarga talpin. Kechira olishlik - 
mardlik, kechira bilmaslik - nomardlik. Ahli ehson bilan jahon gulshani obod bo‘lar. Bir 
kalima shirin so‘z qilichni qinga kiritadi. Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va 
aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir. Ilm va 
dinning mashhur kishilari o‘z maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib kelganlar. 
Dushmanning kulgani - siringni bilgani. Bir kunlik adolat yuz kunlik toat-ibodatdan 
afzal. Kuch - adolatdadir. 
2-topshiriq: 
Hadislarni o‘qing. Ularning hayotimizga naqadar to‘g‘ri keli- shi haqida 
fikr yuriting. 0‘zingiz ham hadislarga namunalar ayting va daftaringizga yozing. 
Kasbning eng yaxshisi - kishining o‘z qo‘li bilan bajarilgan ishi va halol savodi. 
Sadaqaning afzali - musulmon kishining ilm o‘rganib, so‘ng boshqa musulmon 
birodarlariga ham o‘rgatishi. Halol kasbdan charchab uxlagan odam gunohlari 
kechirilgan holda tunaydi. Ilmni yozib qo‘yish bilan bog‘lab olinglar. Ilm ibodatdan 
afzal. Jannat onalar oyog‘i ostidadir. Kimki shoshmay, sabr-qanoat bilan ish qilsa
qilgan ishi to‘g‘ri chiqadi. Saxiy kishining taomi shifodir. Odamlar bilan murosa-yu 
madoraga kirishish ham sadaqa hisoblanadi. 
 
 
 
 


 
 
 
5-MAVZU:
 Terminlarning yasalishi 
 
Ma’lumki, fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, sanoat tarmoqlarida qo‘llanilayotgan 
so‘z va iboralar eng qadimgi davrlarda o‘sha sohalarning boshlang‘ich davrlarida 
qo‘llanilayotgan so‘z va iboralar kabi ma’lum predmetlarga atab qo‘yilgan va o‘sha 
predmetlarni bildiradigan bir ma’noli so‘z va terminlardir.
Aslida termin va oddiy so‘zning farqli jihatlariga e`tibor qaratmoqchi bo‘lsak, bu 
hodisalarga o‘sha soha bilan shug‘ullangan olimlarning fikrlariga nazar solish va shu 
asosda termin va oddiy so‘z oppozitsiyani hal qilish maqsadga muvofiqdir. Odatda, 
olimlar terminlarning quyidagi belgilarini ko‘rsatadilar:
1) termin bir ma’noli yoki bir ma’noli tendentsiyaga ega;
2) termin aniq, nominativ funktsiyaga ega bo‘lib, unga emotsionallik, 
ekspressivlik, modallik funktsiyalari xos emas. Termin o‘zining bu xususiyatini 
kontekstda ham, kontekstdan tashqarida ham saqlaydi;
3) terminning ma’nosi tushunchaga tengdir;
4) termin stilistik jihatdan neytraldir;
5) terminologik leksika alohida sistemadir va hokazo.
Tilshunoslikda terminlarning o‘zgarishi hamda yangi terminlarning paydo
bo‘lishi fan va texnika taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir. Bu haqda tilshunos olim 
L.I.Bojno quyidagilarni ta’kidlaydi: «Texnika taraqqiyoti ta’sirida terminologiya o‘zaro 
aloqador ikki qonuniyat asosida, birinchidan, ilmiy-texnika progressi qonuniyatlari 
bilan, ikkinchidan, til rivojlanishining umumiy qonuniyatlari bilan bog‘liq ravishda 
o‘zgarib boradi». Texnik malakaning endilikda ma’lum tor doiradan chiqib, ommaviy 
xarakterga ega bo‘layotganligi va turli sohalarning mutaxassislari kundalik faoliyatida 
fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanayotganligi terminlarga bo‘lgan yuksak talab 
bilan uning hozirgi holati orasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etishni talab etadi. 
Shu jihatdan, terminlarni tartibga solish juda katta ilmiy va ijtimoiy ahamiyatga 
egadir. D.S.Lotte qanday kategoriyadagi so‘zlar terminlashishi mumkinligi haqida 
gapirib: “...texnikada quyidagi tushunchalarni anglatuvchi asosiy kategoriyalar 
terminlashadi: jarayonlar (hodisalar); texnika predmetlari (materiallar, qurollar, 
asboblar, detallar va h.k.); xossalar; hisobiy tushunchalar (parametrlar, geometrik 
obrazlar va h.k.); o‘lchov birliklari”, A.V.Kalinin esa termin bilan kasb-hunar

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish