Eslatma: zanjirdan o‘tayotgan tok kuchini o‘lchashda o‘quv laboratoriya milliampermetri O‘LMA-01 dan foydalanganda undan o‘tayotgan tok kuchining chegarasi 200 mA dan oshib ketmasligi kerak. Qurilmada foydalanilgan laboratoriya universal ta’minlash manbayi iste’molchiga 4 V dan 12 V gacha oralig‘idagi kuchlanishlarni bera oladi. U holda o‘lchov asbobining eng katta chegaraviy qiymati uchun qurilmaga ulanadigan qarshilik quyidagicha tanlanadi, ya’ni:
`Tajriba o‘tkazish jarayonida agar zanjirga milliampermetr ulansa, elektr qarshiligi 60 dan katta (100 Om atrofida) bo‘lgan o‘tkazgichlar tanlanadi. Agar o‘tkazgichning elektr qarshiligi 60 Om dan kichik bo‘lsa undan o‘tayotgan tok kuchi milliampermetrning o‘lchash chegarasidan katta bo‘ladi va bu hol asbobning ishdan chiqishiga olib keladi. Zanjirga qarshilikni tanlashda ommetrdan foydalaniladi. Ommetr bilan elektr qarshiligini o‘lchash keyingi topshiriqda batafsil tanishtiriladi. Tajriba o‘tkazish jarayonida agar zanjirga mikroampermetr ulansa zanjirga ulanadigan elektr qarshiligi 60000 Om atrofida bo‘lishi kerak.
3.O‘quv laboratoriya ommetri bilan ishlash
Turli qarshilikli o‘tkazgichlarning qarshiligini o‘lchash qurilmasi 3-rasmda keltirilgan. Qurilma tok manbayi, qarshilik va ommetrdan iborat.
3-rasm
Laboratoriya universal ta’minlash manbayining orqa tarafiga joylashtirilgan iste’molchilarni ta’minlovchi maxsus 8 V li tarmog‘iga ommetr ulanadi. O‘tkazgichlarning qarshiliklarini aniqlash uchun ommetrning ikki simi to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanadi.
O‘quv laboratoriya ommetri O‘LOM-01 o‘tkazgichlar qarshiligini 0 dan 2000 Om gacha (ometrning vaziyatli kalitini 2 holatga qo‘yganda) va 0 dan 2000 kOm gacha (ometrning vaziyatli kalitini 1 holatga qo‘yganda) o‘lchash imkoniyatiga ega.
1.3-rasm asosida elektr zanjiri yig‘iladi.
2.O‘quv laboratoriya ommetri laboratoriya universal ta’minlash manbayining iste’molchilarni ta’minlovchi maxsus 8 V kuchlanishli tarmog‘iga ulanadi.
3.Ommetrning vaziyatli kaliti 2 holatiga keltiriladi.
4.Laboratoriya universal ta’minlash manbayi tok tarmog‘iga ulanadi.
5.O‘quv laboratoriya ommetrining ishga tayyor ekanligi tekshiriladi.
6.Zanjirga qarshiliklardan birinchisi ulanadi.
7.O‘tkazgich qarshiligi ommetr yordamida o‘lchanadi.
8.Boshqa o‘tkazgichlarning qarshiliklarini aniqlash uchun tajriba yuqoridagidek takrorlanadi.
9.Ommetrning vaziyatli kaliti 1 holatga keltiriladi va tajriba takrorlanadi.
10.Olingan natijalar asosida quyidagi jadval to‘ldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |