O`zbеkistоn Rеspublikаsi



Download 3 Mb.
bet2/6
Sana20.03.2022
Hajmi3 Mb.
#503714
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Fizika qo\'llanma 2015yil

Asbob va jihozlar

Laboratoriya universal ta’minlash manbayi, voltmetr, ampermetr (milliampermetr, mikroampermetr), reostat, iste’molchi (elektr chirog‘i - 13,6 V ga mo‘ljallangan), o‘quv laboratoriya ommetri – O‘LOM-01, turli qarshilikli o‘tkazgichlar, kalit va ulash simlari.



Laboratoriya universal ta’minlash manbayi

Voltmetr

Ampermetr (milliampermetr, mikroampermetr)

Reostat











Elektr chirog‘i

O‘quv laboratoriya ommetri – O‘LOM-01

Turli qarshilikli o‘tkazgichlar

Kalit va ulash simlari



















O‘quv - ko‘rgazmali qurollar

Fizikadan proyeksion ko‘rgazmali-metodik qo‘llanmalar komplekti – 45–48- betlar; rangli plakatlar komplekti – 18–22 - betlar.





Uslubiy ko‘rsatma

Dars boshida elektr o‘lchov asboblari ampermetr, voltmeter va reostatning elektr zanjiriga ulanishi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beriladi. Tajriba vaqtida elektr o‘lchov asboblaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish eslatib o‘tiladi. Tajriba natija va xulosalarini yozib olish tavsiya qilinadi.




O‘lchov asboblari to‘g‘risida ma’lumot


Elektr bo‘limida laboratoriya ishlarini bajarishda asosan elektr o‘lchov asboblaridan foydalaniladi. Elektr o‘lchov asboblari jumlasiga laboratoriya universal ta’minlash manbayi, voltmetr, ampermetr (milliampermetr, mikroampermetr), ommetr, reostat, reoxord, iste’molchi (elektr chirog‘i), kalit kabilar kiradi. Barcha laboratoriya ishlarida asosan laboratoriya universal ta’minlash manbayidan keng foydalaniladi. Laboratoriya universal ta’minlash man­bayi 42V o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga ulanib, iste’molchilarga 4, 6, 8, 10, 12 V li o‘zgarmas va o‘zgaruvchan kuchlanishli elektr tokini berish imkoniyatiga ega. Shuningdek, manba bir vaqtning o‘zida ampermetr, voltmetr, ommetr, termometr, lahza o‘lchagichni va shu kabi asboblarni tok bilan ta’minlash tarmoqlariga ega. Bu tarmoqlar manbaning orqa tomoniga o‘rnatilgan bo‘lib, tarmoq o‘rindig‘ining ustiga 8V, 8V, 5,5V/8V , ±5,5V/8V kuchlanish qiymatlari yozib ko‘rsatilgan. Laboratoriya universal ta’minlash manbayining old va orqa tomondan ko‘rinishi quyida keltirilgan.





Laboratoriya universal ta’minlash manbayini ishga tushirish uchun U ~ 42 V o‘zgaruvchan kuchlanishli tarmoqqa ulanadi. Laboratoriya universal ta’minlash manbayi old tomonining o‘ng chetidagi tarmoq kalitini 0 holatdan 1 holatga ko‘tarib uni ishga tushiriladi. Agar tarmoq kalitining ustidagi chiroqcha yonsa u holda laboratoriya universal ta’minlash manbayining ishga tayyor ekanligini anglatadi. Tarmoq kalitining 1 holatida kalit ustidagi chiroqcha yonmasa, u holda laboratoriya universal ta’minlash manbayini o‘zgaruvchan ~42V tok tarmog‘idan uzib, qurulma orqasiga o‘rnatilgan saqlagich tekshirib ko‘riladi. Agar u ishdan chiqqan bo‘lsa, o‘rniga ishlaydigan saqlagich qo‘yib ishga tushiriladi.
Laboratoriya universal ta’minlash manbayi chiqish qismining musbat (+) va manfiy (-) klemmalaridan iste’molchilarga o‘zgarmas tok kuchlanishi, ~ klemmalaridan esa iste’molchilarga o‘zgaruvchan tok kuchlanishi beriladi. Tarmoq kalitining chap tomoniga o‘rnatilgan murvat yordamida iste’molchilarga 4, 6, 8, 10 va 12V bo‘lgan o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok kuchlanishlari beriladi.
Endi elektr o‘lchov asboblari yordamida ayrim fizik kattaliklarni o‘lchashni o‘rganamiz:



Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish