k
3
– cho’michning to’lishini belgilovchi koeffitsientbo’lib, u maydalangan
tog’ jinsi kattaligi, uning zichligi, cho’mich formasi va tog’ jinsi to’dasi balandligiga bog’liq
bo’ladi;
k
-tog’ jinslarining cho’michda qo’shimcha maydalanishi koeffitsienti;
T
-
tog’
jinslarini yuklash bo’yicha mashinaning ishlash vaqti;
T
vo
-
mashinaning qo’shimcha texnologik
operatsiyalarga (mashina manyovri, vagonetkalarni yoki temir yo’l tarkibini almashtirish uchun
ketgan vaqt, kon massasini yukni ag’darib to’kadigan joygacha tashish uchun ketgan vaqt, ish
vaqtida mashinalarni texnik qarovi ta’mirlash ishlarini bajarish uchun ketgan vaqt, temir yo’llarni
uzaytirish uchun ketgan vaqt, yuklash-tashish ishlari va mashina konstruktsiyasi bilan bog’liq
boshqa yordamchi qo’shimcha ishlarga sarflanadigan vaqt va b.) sarflanadigan qo’shimcha vaqt .
Yuklash mashinasi ekspluatatsion unumdorligi aniqlash uchun yuqorigilardan tashqari
mashinasini uni ishlatayotganda mashinaning tashkiliy-texnik sabablarga ko’ra to’xtab turishlari,
vagonetkalar yo’qligi, ehtiyot qismlar yo’qligi, energiya yo’qligi va h. e’tiborga olinib aniqlanadi.
Skreper qurilmalar maydalangan tog’ jinsini yig’ishtirib olish, yetkazish va yuklash uchun
mo’ljalangan kon uskunasi hisoblanadi. Skreper qurilmalarkonstruktiv sodda tuzilganligi, yetkazish
va yuklash ishlarini bir vaqtda bajarish imkoniyati mavjudligi, nisbatan arzonligi, tortivchi
lebyodkaning ish joyidan ancha masofada urnatilishi va boshqa uskunalarga nisbatan montaj-
demontaj ishlari osonligi tufayli konchilik korchonalarida juda keng qo’llaniladi (19.11.-rasm).
Skreper qurilma bilan rudani ish joyidan va qazish ish joyidan o’zining og’irligi hisobiga
ishchi bo’shliqlarga oqib tushirilgan joydan, hamda tayyorlash kon lahimlaridan transport
lahimlariga yetkazish va transport vositalariga yuklash uchun ishlari olib boriladi.
Ko’p holatlarda ruda shaxtalarda ruda tushirgich qurilmalargacha yoki tog’ jinsini
vagonchalarga yuklovchi taxtakachlargacha yetkazish uchun keng qo’llaniladi.
Skreper qurilmalar O’zbekistondagi barcha ruda va ko’mir qazish shaxtalarida, boyitish
va qayta ishlash korxonalarida keng qo’llaniladi. Ularning qo’llanish shart-sharoitlari:
-er ochiq yuzasida qiyaligi 30-40
0
qatlam usti bo’ylab tog’ jinslarini yetkazish;
-qazish uchastkasidan tag qismidan ruda lahimga tushirilganda maxsus kon lahimlari
bo’ylab yetkazish;
109
-yupqa qatlamli qazish ish joylarida rudani ish joyi bo’ylab yetkazish.
Skreper qurilmalarlarning ekspluatatsion unumdorligi smenada 20tndan 350tngacha
yetkazilishi mumkin. Kichik quvvatli skreper qurilmalar kon lahimi ke sim yuzasi kichikroq
bo’lgan tor qazish uchastkalarida ham samarali ishlatilishi mumkin. Katta quvvatli kon
skreper qurilmalari ruda qalin yotqiziqli qazish ish joyi tag qismidan kon lahimiga
tushirilganda yetkazish uchun qo’llaniladi. Bu holatda ruda 20-30m masofaga
rudatushirgichgacha yoki vagonchalarga groxotli yuklash uskunasigacha yetkaziladi va
yuklash ishi bajariladi. Ayrim holatlarda rudani qiya kon lahimlari bo’ylab 150 m masofagacha
tashishda ham ishlatiladi. Umuman olganda skreper qurilmalar yupqa qalinlikdagi yoki kam
zahirali yotqiziqlarni qazishda, asosiy yotqiziqdan uzoqroq joylashgan zahiralarni qazib
olishda, yillik unumdorligi kichik korxonalarda, hamda yon tomon tog’ jinslari barqaror
bo’lmaganda kichik kesim yuzali kon lahimlarini o’tish zaruriyati bo’lganda va o’zi yurar
mashinalar va uskunalar ishlatilishi mumkin bo’lmagan sharoitlarda qo’llaniladi.
Skreperlar ishchi a’zosining (idishi) konstruktsiyasi turlari bo’yicha sidirg’ichli, yashikli
va sidirg’ichli-yashikli turlarga bo’linadi.Sidirg’ichli skreper ishchi idishi qattiq bog’langan va
sharnirli yig’ishtiriladigan konstruktsiyali turlarga bo’linadi. Bu skreperlar bir sektsiyali va
ko’p sektsiyali bo’ladi.Qattiq va qoyasimon rudalarni yig’ishtirishda va yetkazishda
marganetsli po’latdan quyilgan, yig’ishtiriladigan skreperlar samarali ishlatiladi. CHunki ular
ish jarayonida ishchi a’zo bilan tog’ jirsini lahim kesimi eni bo’yicha to’liq qamrab oladi; ortga
salt qaytishida cho’mich ort devori yig’ishtiriladi va shuning hisobiga skreper kam qarshilikga
uchraydi, hamda tog’ jinsi to’dasi ustidan bemalol oshib o’tadi.
Ishlab chiqarish sharoitida skreperlashning turli sxemalari qo’llaniladi: to’g’ri chiziqli
yo’nalishda yetkazish ishlarida ikki barabanli; keng kamerali ish joylarida biror burchak
ostida yetkazish ishlarida ikki- uch barabanli skreper lebyodkalar qo’llaniladi.Rudani biri-
biriga burchak ostida joylashgan yoki birin-ketin ishlash holatida, yoki alohida lahimlarda
o’rnatilgan ikkita ikki barabanli skreperlar; yoki bitta uch barabanli skreperlar
qo’llaniladi.(19.11.-rasm).Ikki barabanli lebedka ishlatilganda oldin “burchakdan oldingi” ruda
ajratib olinadigan ilgakli ikki tomonli blokli skreper bilan tashiladi, keyin esa eng oxirgi
blokdan sim arqon olinadi va bitta blokda qoldiriladi, hamda ruda yaqindagi blok yordamida
lebyodka tomon yetkaziladi.
110
Uch barabanli lebyodkalar qo’llanilganda to’ldirilgan skreper idishi bitta bosh sim arqon
yordamida birinchi kon lahimi bo’ylab, ikkinchisi bilan esa ikkinchi kon lahimi bo’ylab
yetkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |