1. «Ma’naviyat asoslari. Dinshunoslik» fanining ishchi dasturi tuzilmasi va mazmuni
1.1. Kirish
Ma’naviyat inson ruxiy kamolotining muhim mezonlaridan birini tashkil qiladi. U millat
abadiyligini va mamlakat taraqqiyotini ta’minlashdagi ustivor omil hisoblanadi. SHuning uchun
ham Prezidentimizning yuksak ma’anaviyatli kishilarni tarbiyalay olsakgina, oldimizga qo’ygan
maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi deb ta’kidlanganligi
bejiz emas. Ma’naviyatning ana shu muhim roli va ahamiyatidan kelib chiqqan xolda, milliy
ma’naviy tiklanish, yoshlarni yuksak ma’naviyat sohibi va barkamol inson qilib tarbiyalash
mustaqilligimiz sharoitida davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Mazkur siyosatni real hayotga
tadbiq etishda Respublikamizdan «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazini tuzish,
hamda uning faoliyatini takomillashtirishga bag’ishlanib chiqarilgan Prezident Farmonlari va
Vazirlar Mahkamasining Qarorlari katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Ayniqsa, 1997 yildan boshlab Respublika Oliy Ta’lim tizimiga «Ma’rifat va ma’naviyat
asoslari» kursini kiritilishi bu amaliy ishlardan muhimi bo’ldi, o’tgan davr tajribalari ko’rsatdiki,
mazkur kursning ta’lim tizimiga kiritilishi o’zini oqladi. Chunki bu kursni o’rganishga talaba
yoshlarning qiziqishlari ortib bormoqda. Ayniqsa, ularning milliy o’z-o’zini anglashlarida,
millatparvarlik, vatanparvarlik tuyg’ularining mustahkamlanishida mazkur kursning o’qitilishi
ijobiy rol o’ynamoqda. Ularga e’tiqod, iymon, halollik, poklik va mehr-shafqat kabi tuyg’ularni
shakllantirishga, o’z millatini Vatanini ma’rifatlarini tushunib etishga yordam bermoqda.
Respublikamiz olimlari bu kursning katta tarbiyaviy ahamiyatidai kelib chiqqan holda uning
dasturini ishlab chiqdilar, ilmiy maqollar va ilmiy ommabop asarlar e’lon qildilar. Shuning bilan
bir qatorda to’plangan tajribalarni umumlashtirib borish asosida dasturning milliy istiqlol g’oyasi
mamlakatimiz taraqqiyoti va tarbiyaviy ishlarni rivojlantirib borish zaruriyatidan kelib chiqqan
holda kuchaytirib borish, uni takomillashtirishga ehtiyoj ham ortib bormoqda. Matematika va
informatika, Pedagogika va psixologiya, Maktabgacha ta’lim va bolalar sporti, Boshlang’ich
ta’lim va sport tarbiyaviy ish, Kasb ta’limi, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, mehnat
ta’limi, Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, Musiqiy ta’lim, Fizika va astronomiya,
milliyistiqlol g’oyasi: huquq va ma’naviyat asoslari yo’nalishlari uchun ularning milliy o’z-
o’zini anglashlarida, millatparvarlik, vatanparvarlik tuyg’ularining mustahkamlanishida mazkur
kursning o’qitilishi ijobiy rol o’ynamoqda. Ma’naviyatni o’rganish tajribalari ko’rsatdiki, u ko’p
qirrali tushuncha bo’lib o’z ichiga juda
ko’p masalalarni qamrab oladi. Ana shu masalalarning
boshqa ijtimoiy fanlarda o’rganilmaydigan yoki kam o’rganilayotgan qirralarini bir tizimga
keltirishni taqozo qilmoqda. Ammo uni amalga oshirish
oson emas. Bu dasturni tuzishda hisobga
olinishi kerak bo’lgan birinchi masala bo’lsa ikkinchidan, mamlakatimiz taraqqiyoti va milliy
tiklanishimizning hozirgi bosqichida yuzaga kelgan yangi dolzarb masalalardan kelib chiqqan
holda talaba yoshlar ma’naviyatini rivojlantirish, ularni komil inson qilib tarbiyalashning yangi
uslublari va omillarini izlab topish hamda ularni dasturda aks ettirish ham zarur bo’ladi.
Din insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir. O’zbekiston Respubikasi ziyolilar
oldiga ma’naviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi qo’yilgan bir paytda din masalasini
chetlab o’tish mumkin emas. Mazkur masalani hal etishda dinga ilgari tajovuz etish uslubining
salohiyatsizligi hammaga ochiq-oydin. Lekin keyingi paytda paydo bo’lgan diniy bo’lmagan
masalalarni diniy deb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid bo’lgan fikrlarni tahlil qilmasdan
turib maqtash uslubi ham o’zini oqlamaydi. Demak, ushbu masalaga prinsipial, professional,
ilmiy yondoshuv darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |