O‘зbekiстон рeспublikaсi


KATOLITSIZM (Katolik) yo‘nalishi



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/222
Sana02.03.2022
Hajmi5,44 Mb.
#479674
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   222
Bog'liq
dinshunoslik

KATOLITSIZM (Katolik) yo‘nalishi. 
Katolitsizm xristianlikdagi eng keng tarqalgan yo‘nalish 
bo‘lib, bu yo‘nalishga 800 millionga yaqin kishi sig‘inadi. Katolitsizm (grekcha - katolikos 
degan so‘zdan olingan, o‘zbekcha ma’nosi - umumiy, butun dunyo cherkovlariga oid, degan 
mazmunga egadir) yo‘nalishidagi dindorlar dastlabki vaqtda Misrdagi Aleksandriya 
arximandratini tan olgan monofizit-lar deb atalardi. 
Katolitsizm yo‘nalishida barcha diniy marosimlarni bajarish, duolarni o‘qish, Bibliya («YAngi 
ahd») matnini o‘qish lotin tilida olib boriladi. Lotin tili qadimgi Rim Lotikiya aholisi 
gaplashadigan til bo‘lib, u lotikiya qabilasining tili edi. Rim aholisi Tibr, Anien daryolari, 
Apenin tog‘ tizmalari va Tirren dengizi o‘rtasidagi vodiyda yashovchi lotik qabilasiga mansub 
edi. Hozir lotin tili «O‘lik» til hisoblanadi, ammo lotin alfaviti aksariyat Evropa, Amerika, 
Avstraliya va boshqa qit’alarda yashaydigan aholi grammatikasiga asos bo‘lgan. U tibbiyot, 
matematika, kimyo, fizika kabi fanlarda simvolik belgi sifatida ishlatiladi. O‘zbekiston 
respublikasida ham lotin alifbosiga o‘tish boshlandi. 
1962 yilda 2-Vatikan sobori diniy ishlarni milliy tillarda olib borishga ruxsat bergan, ammo lotin 
tilida olib borish hamon davom etayotir. 
Katolitsizm yo‘nalishi tarixi IV-XX asrlarni tashkil qilib, deyarli 16 asrdan buyon mavjuddir. 
Bu davr mobaynida katolitsizm aqida va marosimlari, ruhoniy va cherkovlari quldorlik, 
feodalizm va kapitalizm jamiyatlari uchun bajonidil xizmat qilib kelayotir. Xristianlikning bu 
yo‘nalishi zamona ruhiga, o‘zgargan tarixiy shart-sharoitlariga ustalik bilan moslashib 
yashamoqda. Katolitsizmning aholini turli qatlamlari, sinflari va toiflari orasida ta’siri katta. 
Katolitsizm markazdan boshqariladi. Rim shahrida Vatikan va Rim papasi barcha katolik 
cherkovlarga rahbarlik qiladi. 
Katolitsizmning aqidalari: 
1)
Katoliklar ilohiyotida (aqidalar) ilohiy troitsaga: ota xudo, o‘g‘il xudo va muqaddas 
ruhga e’tiqod qiladilar. Katoliklar «muqaddas ruh», «ota va o‘g‘il» xudodan kelib chiqqan, deb 
hisoblaydilar. 
2)
Katoliklar muqaddas kitobni, ya’ni Tavrotni va muqaddas rivoyat yoki an’analarni 
diniy ta’limot manbai, deb hisoblaydilar. Katolik cherkovi faqat lotin tilida yozilgan Tavrotni 
e’tirof qiladi. Tavrotni faqat ruhoniylargina izohlashi va sharhlashi mumkin. Katolik an’analarni 
papalar yoki sobor yig‘inlarida «avliyo ota»lar chiqargan yangiliklar bilan to‘ldirib turishni tan 
oladilar. Bu bilan katolitsizm zamonaga moslashtirib berilgan. 
3)
Xristianlikning boshqa yo‘nalishlaridan farq qilib, katolitsizmda Rim papasi 
xudoning rasuli ekanligi to‘g‘risidagi maxsus aqidaga amal qilinadi. Katolitsizm papani 
cherkovning boshlig‘i deb hisoblaydi, uni «Iso-ning noibi (vorisi)» va «Apostol pyotrning 
o‘rinbo-sari» deb ataydilar. 


266 
4)
Katolitsizmda a’rof to‘grisidagi aqida bo‘lib, unga ko‘ra a’rofda (jannat bilan do‘zah 
oralig‘ida) gunohkorlarning ruhlari tiriklik vaqtlarida yuvilmay qolgan gunohlaridan tozalanib
jannatga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, deb tushuntiriladi. 
5)
XIII asrda katolik ilohiyotchilari tomonidan «savob ishlar» zahirasi to‘g‘risidagi 
aqida ishlab chiqildi. Unga asosan gunoh qilgan kishilar cherkovdan, haq to‘lab, kechirim so‘rab, 
gunohining kechirilgani to‘g‘risi-dagi guvohnoma-idulgensiya olishi mumkin. CHerkov 
idulgensiya narxini belgilab chiqdi. Masalan, o‘z otasini yoki onasini, xotinini, akasini, ukasini, 
singlisini o‘ldirgani uchun 5 yoki 6 gross, yoki «o‘g‘irlik qilgani uchun, o‘t qo‘yganlik uchun 8 
gross» haq to‘laydi. 
6)
Isoning onasi Bibi Maryamga «ruhoniy ona» deb sig‘inish ham kuchli e’tiqod ramzi 
hisoblanadi. 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish