O‘зbekiстон рeспublikaсi


Mustaqillik: diniy- ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi va ularning komil inson



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/222
Sana02.03.2022
Hajmi5,44 Mb.
#479674
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   222
Bog'liq
dinshunoslik

 
 Mustaqillik: diniy- ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi va ularning komil inson 
tarbiyasidagi ahamiyati 
Ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha islom tashkiloti AYSESKO tomonidan Toshkent shahriga 
2007 yilda “Islom madaniyati poytaxti” degan nom berilishi hoki poklari O‘zbekiston tuprog‘ida 
yotgan ulug‘ ajdodlarimiz, ne-ne mutafakkir zotlar asrlar mobaynida dunyoviy va diniy ilmlar 
sohasida qanday buyuk kashfiyotlar yaratgani, buning uchun qancha zahmat va mashaqqatlar 
chekkanini ko‘ramiz. Bugun guvoh bo‘lib turgan yuksak e’tirof avvalo ana shunday 
ajdodlarimizning tabarruk nomlari va qoldirgan merosiga qo‘shgan beqiyos hissasiga berilgan 
munosib baho demakdir.
160
Bu ulug‘ zotlar qoldirgan boy ma’naviy merosni asrab-avaylab kelinayotgani, uni har tomonlama 
o‘rganish, keng omma, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish, jahon jamoatchiligiga targ‘ib va 
tarannum etish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 
Barchamizga ma’lumki, yurtimizda ana shunday meros sobiq sho‘ro davrida ham mavjud edi. 
Jumladan, bebaho tarixiy qo‘lyozmalar maxsus fondlarda saqlab kelinar va ulardan tor doiradagi 
mutaxassislar ilmiy maqsaddagina foydalana olardi. Bu merosni sinfiy va mafkuraviy nuqtai 
nazardan emas, asl insoniy mohiyatiga mos ravishda chuqur o‘rganish, ma’naviy hayotimizning 
uzviy bir qismi sifatida talqin va targ‘ib qilishga esa mutlaqo yo‘l qo‘yilmasdi. Bunga jur’at 
qilgan odamlarning qanday tazyiq va xavf-hatarlarga uchrashi muqarrarligini yaqin o‘tmishimiz 
bilan tanish bo‘lgan har qaysi odam yaxshi biladi. CHunonchi, yaqin o‘tmishda namoz o‘qish, 
diniy marosimlarni o‘tash ta’qiqlangan edi. Masjidlar, aziz-avliyolarning ziyoratgohlariga qulf 
urilgan edi. Odamlarning uylaridagi Qur’on, Hadis, turli diniy adabiyotlar, hatto arab yozuvidagi 
boshqa kitoblar terib olinib, yoqib yuborilgan edi. Mana buni “johiliya”, nodonlik desa bo‘ladi. 
Qanchadan-qancha odamlarimiz hozirgi emin-erkin kunlarni qo‘msab, ammo ko‘rolmay, armon 
bilan o‘tib ketdilar. SHu bois biz mustaqillik keltirgan ne’matlarga har qancha shukronalik 
aytsak arziydi. Mustaqillik davrida islomiy qadriyatlar tiklandi, iymon-e’tiqodimiz o‘zimizga 
qaytdi. Bu savobli, ezgu ishlarga karvonboshi hurmatli Prezidentimiz Islom Karimov ekanini har 
daqiqa eslab turishimiz lozim. Prezidentimiz ma’naviyat va ma’rifatga oid nutq, ma’ruza va 
asarlarida islomning ma’naviy-ahloqiy, ma’rifiy tarbiyadagi yuksak roli, o‘rni, ahamiyatini 
muntazam uqtirib kelmoqdalar. 
160
Қаранг: Каримов И.А. Ўзбек халқининг ислом маданияти ривожига қўшган беқиёс ҳиссасининг юксак 
эътирофи. “Куч-адолатда” газетаси, 2007, 23-феврал.


217 
Xususan, bu masalalarga Prezidentimiz Islom Karimovning “Istiqlol va ma’naviyat” to‘plami, 
“O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari”, “O‘zbekiston 
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida”, “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka 
tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”, “Alloh qalbimizda, yuragimizda”, “Ozod 
va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz”, “YUksak ma’naviyat-engilmas 
kuch” kabi asar va risolalarda javob topishimiz mumkin. 
Islom dinining xalqimiz ma’naviy hayotidagi beqiyos o‘rni va ahamiyati haqida Prezidentimiz 
“Ayniqsa, ko‘p asrlar mobaynida xalqimiz qalbidan chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, 
milliy madaniyatimiz va turmush tarzimizni, qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni 
bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo‘lib kelayotganini alohida ta’kidlash joiz. 
Nega deganda, insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni o‘ylab yashash, yaxshilik, mehr-shafqat 
singari xalqimizga mansub bo‘lgan fazilatlar ana shu zaminda ildiz otadi”,
161
-deb ta’kidlagan 
edi. Bu holat xalqimizga, xususan yoshlarimizga milliy g‘oyani singdirishda Islom omilidan 
oqilona foydalanishni taqozo etadi. 
Ana shularni hisobga olgan holda, bugungi kunda biz voris bo‘lgan diniy moddiy va ma’naviy 
meroslarimizni zamon talablari asosida keng va atroflicha o‘rganish va tadqiq etish, ulardan 
xalqimizni bahramand qilish masalasiga O‘zbekiston rahbariyati va jamoatchiligi alohida 
ahamiyat berib kelayotir. Diniy ma’naviy merosimiz qaytadan ko‘z ochmoqda. 
Avvalo masjidlarga, aziz-avliyolar yotgan maqbaralarga solingan qulflar olib tashlandi. Qarovsiz 
qolgan masjidlar ta’mirlandi, yangilari barpo etildi. Aziz-avliyolar yotgan, o‘tmishda qarovsiz 
holga kelgan joylar obodonlashtirildi, ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yuzaga keltirildi. 
Ramazon va Qurbon hayitlari dam olish kuni deb e’lon qilindi. Har yili minglab 
fuqarolarimizning Haj va Umraga borib kelishlari uchun imkoniyat va sharoit yaratib berildi. Bu 
o‘tmishda faqat hayoliy orzu va armon edi. Ulug‘ allomalar – Imom Buxoriy, Iso Termiziy, 
Hakim Termiziy, Bahouddin Naqshband, Ahmad YAssaviy, Abduholiq G‘ijduvoniy, Najmiddin 
Kubro, Abu Mansur Moturidiy, al-Marg‘inoniy, va boshqa ulug‘ zotlarning yubileylari bo‘lib 
o‘tdi. Qur’oni Karim, Hadislar va boshqa diniy kitoblar nashr qilindi, qilinmoqda. O‘tmishda 
birorta ham diniy ulamoning yubileyi o‘tkazilmas edi, diniy kitoblarni nashr etish ta’qiqlangan 
edi, yuqorida aytganimizdek borlari ham yo‘q qilingan edi. 1999 yilda Toshkent Islom 
universiteti tashkil etildi. Mustaqillik yillari islom dini va islomiy qadriyatlarni tiklash borasida 
asrlarga teng amaliy ishlar bajarildi. 
Bugungi kunda bizning tarixiy merosimiz, diniy qadriyatlarimizni tiklash masalasiga katta 
mas’uliyat bilan qarab olib borayotgan ishlarimizning amaliy tasdig‘ini ko‘p-ko‘p misollarda 
ko‘rishimiz mumkin. Masalan, Samarqand shahridagi XI-XV asrlar yodgorligi bo‘lmish, qadim 
zamonlardan buyon butun musulmon dunyosining e’tiborini o‘ziga tortib kelayotgan SHohi 
Zinda majmuasida uch yil avval boshlangan keng ko‘lamli ishlarimiz bugun ham davom 
etmoqda. 
Eng muhimi, mamlakatimizning barcha hudud va mintaqalarida islomiy qadriyatlarni tiklashdek 
ezgu maqsad yo‘lida hamma uchun ibratli va hayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda so‘z 
yuritganda, Toshkent shahrida joylashgan Qur’oni karimning eng qadimiy va mo‘‘tabar 
nushalaridan biri bo‘lgan mashhur Usmon Qur’oni saqlanayotgan Hazrati Imom majmuasida 
amalga oshirilgan keng ko‘lamli qayta tiklash va ta’mirlash, qurilish ishlarini eslash, 
Samarqanddagi Imom Buxoriy va Imom Moturidiy ziyoratgohlari, Buxorodagi Abduholiq 
G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband, Minorai Kalon va Masjidi Kalon majmualari, 
Farg‘onadagi Ahmad Farg‘oniy va Burg‘oniddin Marg‘inoniy yodgorliklari, Surxondaryodagi 
Hakim Termiziy va Imom Termiziy, Xivadagi Ichan qal’a, SHahrisabzdagi Dorut-tilovat, Qarshi 
shahridagi Odina va Ko‘kgumbaz obidalari, Karmana shahridagi Qosim shayx maqbarasini 
aytish mumkin. Bu amalga oshirilgan ishlar xalqimizning tarixiy xotirasi, milliy o‘zligi va 
ma’naviyatining yuksalishida katta ahamiyatga egadir. 
161
Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, “Маънавият”, 2008, 36- бет 


218 
Ona zaminimizda yaratilgan moddiy va ma’naviy merosni qayta tiklash va ko‘z qorachig‘idek 
asrab-avaylashdan ko‘zlangan maqsad: “...ertaga bizning o‘rnimizga keladigan, biz boshlagan 
olijanob ishlarni munosib davom ettirishga qodir bo‘lgan yoshlarimiz ana shu bebaho ma’naviy 
boylikdan bahramand bo‘lsin, shu asosda o‘zining kimligi, qanday buyuk zotlarning avlodi 
ekanligini anglab etsin”.
162
Ma’naviy merosimizni tiklash borasida keng ko‘lamda olib borayotgan ishlarimiz natijasida 
islom va islomiy qadriyatlar ma’naviy va ma’rifiy hayotimizning tarkibiy qismiga aylanib qoldi. 
Prezident Islom Karimov so‘zi bilan aytganda: “Biz islom dini ota-bobolarimiz dini ekani, u biz 
uchun ham iymon, ham ahloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanini doimo yuksak qadrlaymiz... 
Dinga hurmat va e’tiqod – biz uchun o‘lmas qadriyatdir.”
163
Sobiq SHo‘rolar tuzumi tanazzulga yuz tutib, eski hukmron, yakka hokim bolshevistik-
kommunistik mafkura batamom inqirozga uchrab, yangi mustaqil davlatlar shakllanishi 
jarayonida ma’lum muddat g‘oyaviy-mafkuraviy bo‘shliq (vakuum) holati vujudga keldi. 
G‘oyaviy bo‘shliq nima? G‘oyaviy bo‘shliq eski tuzumdan yangi tuzumga o‘tish jarayonida 
oldin hukmronlik qilib kelgan mafkura o‘tmishga aylangach, taraqqiyot talablariga mos ravishda 
uning o‘rnini bosadigan ilg‘or g‘oyaviy qarash tizimining hali shakllanmagan holatidir. 
1990 yillarning boshlarida bunday g‘oyaviy-mafkuraviy bo‘shliq O‘zbekiston hududida ham 
namoyon bo‘ldi.
SHu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning quyidagi fikrlari muhim 
ahamiyatga ega: “Men qo‘hna bir haqiqatni yana eslatmoqchiman: tabiatda bo‘shliq 
bo‘lmaganidek, insonning ongu tafakkurida ham bo‘shliq bo‘lishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. 
Har bir ongli odamning voqelikka o‘z munosabati, maqsad va intilishlari bo‘lishi tabiiy”.
164
G‘oyaviy bo‘shliq paydo bo‘lgan joyda muqarrar ravishda begona va zararli mafkuralar huruji 
boshlanadi. O‘tish davrida, yangicha qarashlar mustahkam e’tiqodga aylanib ulgurmagan paytda 
tashqi mafkuraviy ta’sirlarning foydali yoki zararli ekanini hamma ham darhol fahmlay olmaydi. 
O‘zbekistondagi mafkura maydoniga zararli, xalqimizning orzu-intilishlariga mutlaqo begona 
g‘oyalarning hujumi ana shu bilan ham izohlanadi. 
So‘nggi yillarda bizning diyorimizda ham taraqqiyotimiz, osoyishtaligimizni ko‘rolmaydigan 
“vahobiylik” va “hizbut-tahrir” kabi oqimlarning guruh va to‘dalari paydo bo‘lib qoldi. Bunday 
to‘dalar o‘zlaricha masjidlarda g‘avg‘o ko‘tarib, o‘tish davrining qiyinchiliklaridan foydalanib, 
ayrim yoshlarning ongini zaharlamoqdalar. Mustaqillikning bergan erkinligini suiiste’mol 
qilmoqdalar. Bu mutaassib dindorlar o‘zlarini “vahobiy” yoki “dinni tozalovchilar”, 
“fundamentalistlar” deb yuritib, aslida esa birinchi navbatda islomning o‘ziga zarba 
bermoqdalar. Vahobiylar bir yarim ming yillik ilm-fan, madaniyat tarixidan voz kechish, Imom 
Buxoriy, Imom G‘azzoliy, Imom Abu Xanifa, Burhoniddin Marg‘inoniy, Ahmad al-Farg‘oniy, 
Navoiy, Jomiy, Ulug‘bek, Bahouddin Naqshband va boshqa o‘nlab mutafakkirlar, so‘fiylar, 
olimlar merosidan voz kechish, ularning asarlarini yoqib yuborishni, maqbaralarni buzib 
tashlashni tavsiya qilmoqdalar. Ular, umuman, inson aqli, inson qalbi bilan yaratilgan jamiki 
ma’naviy boyliklarni uloqtirib tashlashga da’vat etmoqdalar. Axir bu vahshiylik, nodonlik, 
johillikning o‘zi-ku. Ma’naviyatli va ma’rifatli kishi, buni mutlaqo qabul qilmaydi. 
Vahobiylik bizni orqaga, jaholatga tortadigan, islomni, islom ahlini buzadigan xavfli oqim. 
“Dinni tozalash”, “sof dinga qaytish” niqobi ostida tashviqotlar olib borib, odamlarni tahlikaga 
solish, qonli jinoyatlar qilish, otani bolaga, akani ukaga dushman qilib, jamiyatimizni xavf ostiga 
qo‘yayotganlardan milliy qadriyatlarimizni avaylab-asrashimiz lozim. 
Diyorimizda din niqobi ostida ish ko‘rayotgan ekstremistlar, aqidaparastlar mavjud 
konstitutsiyaviy tuzumga qarshi borib, hokimiyatni egallash va O‘zbekistonda Islom davlati 
162
Каримов И. А. Ўзбек халқининг ислом маданияти ривожига қўшган беқиёс ҳиссасининг юксак эътирофи. 
“Куч-адолатда” газетаси, 2007 йил 23февраль. 
163
Каримов И. А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. Тошкент., Ўзбекистон, 
2000., 26-бет. 
164
“Фидокор” газетаси, 2000 йил, 8 июнь. 


219 
qurish, xalqni qo‘rquvga solib, hukumatga ishonchsizlik uyg‘otish uchun turli jinoyatlar va 
terroristik harakatlar sodir etish yo‘li bilan el tinchligini buzishga urinmoqdalar. Ularning asl 
maqsadi hukumatparastlik, ya’ni davlatni qo‘lga olishdan iborat. Mustaqil yurtimizda ularga o‘z 
vaqtida zarba berildi va ularning payi qirqildi. 
Xalqimiz endi – erkinligini qo‘lga kiritgan, o‘zligini anglab etgan bir zamonda allaqanday 
kimsalarga ergashib yana jaholat va qullik tuzog‘iga qaytadimi? Albatta yo‘q, ammo hamma gap 
har qanday tahdid yoki tahlika oldida vahimaga tushmasdan, ana shu kurash va sinovlarga doimo 
tayyor turishda, ogoh va sergak bo‘lishda. “SHu nuqtai nazardan qaraganda,-deb yozadi 
Prezidentimiz Islom Karimov,-muqaddas islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g‘arazli huruj 
va hamlalardan, tuhmat va bo‘htonlardan himoya qilish, uning asl mohiyatini unib-o‘sib 
kelayotgan yosh avlodimizga to‘g‘ri tushuntirish, islom madaniyatining ezgu g‘oyalarini keng 
targ‘ib etish vazifasi hamon dolzarb bo‘lib qolmoqda”.
165
Bu borada yoshlarimizni ularning 
zararli ta’siridan asrab qolish hozirgi ta’lim-tarbiya ishimizning asosiy yo‘nalishi bo‘lib qolishi 
lozim. 
Begona va zararli, mohiyatan g‘ayriinsoniy bo‘lgan g‘oyalarga qarshi tura olish uchun 
yoshlarimizda mafkuraviy immunitetni shakllantirishimiz zarur. Immunitet (lotincha “ozod 
bo‘lish, qutulish”)deganda organizmning doimiy ichki muayyanligini saqlashi, o‘zini turli 
xususiyatlarga ega ta’sirlardan, tashqi infeksiyalar kirib kelishidan himoya qilishga qodir bo‘lgan 
reaksiyalar majmui tushuniladi. Lekin insonning ko‘plab xususiyatlari tug‘ma bo‘lsa, mafkuraviy 
immunitetni shakllantirish, shakllantirib borish ijtimoiy-siyosiy hayotiy ehtiyoj sanaladi. CHunki 
kuchli mafkuraviy immunitetga ega shaxs har qanday oshkora yoki pinhona ko‘rinishdagi 
mafkuraviy tazyiqlarga bardosh bera oladi. YOshlarimiz doimo va har on ogoh va yana ogoh, 
sergak bo‘lishlari zamon talabi. Buning uchun yoshlarimiz ongiga mustaqillik g‘oyasini chuqur 
singdirishimiz lozim. Toki ular milliy ildizlari baquvvat, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon 
taraqqiyoti bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo‘lib etishsin. Ana shunda johil 
aqidaparastning “da’vati” ham, ahloqni rad etadigan,biz uchun mutlaqo begona g‘oyalar ham 
ularga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi. 
Muhtaram Prezidentimizning “Turkiston-press” axborot agentligi muxbirining savollariga 
javobida ta’kidlaganidek: “Biz o‘z dinimiz va e’tiqodimizdan hech qachon voz kechmaymiz. 
SHu bilan birga muqaddas dinimiz sha’niga dog‘ tushirmoqchi bo‘lgan kimsalar bilan hech 
qachon murosa qilolmaymiz. Men O‘zbekiston rahbari sifatida qandaydir yovuz kuchlar islom 
dinimizni, ota-bobolarimiz e’tiqodini, musulmon fuqarolarimizni tahqirlashiga, jamiyatimizga 
xavf tug‘dirishiga hech qachon yo‘l qo‘ymayman”.
166
Prezident aytganidek, har birimiz hamisha, har soniyada ogoh bo‘lishimiz lozim. Bu mustaqil 
yurt har bir fuqarosining muqaddas burchi bo‘lmog‘i lozim.
Muqaddas dinimizni pok saqlash, uni turli xil g‘arazli huruj va hamlalardan, tuhmat va 
bo‘htonlardan himoya qilish, avvalambor, uning asl mohiyatini, ya’ni islom dini tinchlik, 
ma’rifat, yuksak ahloq-odob ifodachisi ekanini unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizga 
tushuntirish, islom madaniyatining ezgu g‘oyalarini keng targ‘ib etish orqali ular ongida sog‘lom 
mafkuraviy immunitetni shakllantirishimiz lozim. 
YUrtimizda keyingi vaqtlarda ro‘y berayotgan ayrim salbiy hodisalar, nojo‘ya hatti-harakatlar, 
yovuz ishlar, avvalo, mafkuraviy bo‘shliq tufayli sodir bo‘lmoqda.
167
Har bir fuqaro shuni anglab etishi kerakki, O‘zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotida o‘ziga xos 
va mos yo‘li bo‘lgani kabi madaniy-ma’naviy rivojlanishida ham o‘z yo‘li bor. Bu o‘ziga xoslikni 
dinga, diniy qsadriyatlarga munosabatimizda, ulardan ma’naviy tarbiyada foydalanishimizda ham 
ko‘rishimiz mumkin. Bu yo‘l Prezidentimiz asarlarida, hususan “YUksak ma’naviyat engilmas kuch” 
kitobida yoritib berilgan. Uning mohiyati mo‘‘tadil dindorlik, islom ma’rifatini rivojlantirish, ichki-
botiniy olamni poklab, Allohni dilda saqlab, aqlu tafakkur, ilmu urfon bilan kamolot sari borish, o‘z 
165
Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, “Маънавият”, 2008, 37- бет 
166
Каримов И. Оллоҳ қалбимизда, юрагимизда. “Халқ сўзи” газетаси, 1999 йил 6 март сони. 
167
Қаранг. Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси – халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. 9-бет. 


220 
ma’naviy merosimiz qadriyatlarimiz va dunyo ilmini egallab, zamon bilan hamqadam bo‘lgan holda 
olg‘a borish. 
Xulosa shuki, mustaqillik bergan hidoyat yo‘lini turli unsurlardan asrash, ularga berilmaslik 
lozim. 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish