196
berilgan: “Bilgilki, komil inson deb shariat va tariqat va haqiqatda etuk bo‘lgan odamga aytadilar
va agar bu iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson shunday
insondirkim, unda quyidagi to‘rt narsa kamolga etgan bo‘lsin: yaxshi so‘z, yaxshi fe’l,
yaxshi
ahloq va maorif”. Bu sifatlar bilan ziynatlangan odam yolg‘on, riyo va badkirdorlikdan
chekinadi, hamma vaqt ezgu niyat bilan yashab, ezgu ishlarga tayyor turadi.
YAxshi ahloqiy sifatlarni egallab borgan odam komil inson martabasiga ko‘tarila oladi. Komil
inson – insonlarning eng mukammali, eng oqili, donosi. Komil insonlar odamlar jamiyati ichidan
etishib chiqadigan mo‘‘tabar zotdir. Insonlar komillikka ahloqiy-ma’naviy poklanish jarayonida
erishadilar.
Komillikning belgisi xalq yo‘lidan borib, xalqqa foyda keltirishdir. Kishi o‘z so‘zi, amaliy
ishlari, niyati bilan odamlarga qanchalik foyda keltirsa, yomonlarni to‘g‘ri yo‘lga solsa, haq
yo‘lida fido bo‘lsa, u shuncha komil bo‘ladi.
Komil, barkamol insonni tarbiyalash, voyaga etkazish haqida musulmon sharqi ahloqi tarixida
inson hayoti uchun dasturulamal, qo‘llanma vazifasini o‘tagan ko‘p pandnomalar, xalq kitoblari
yaratilgan. Bu o‘rinda Prezidentning quyidagi so‘zini eslash o‘rinli: “...bizning ulug‘
ajdodlarimiz o‘z davrida komil inson haqida butun bir ahloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy
tilda aytganda, sharqona ahloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslashimiz kerak, deb bilaman.
Ota-bobolarimizning ongu tafakkurida asrlar, ming yillar davomida shakllanib, sayqal topgan or-
nomus, uyat va andishga, sharmu hayo, ibo va iffat kabi yuksak ahloqiy tuyg‘u va tushunchalar
bu kodeksning asosiy ma’no-mazmunini tashkil etadi”.
141
Komil inson fazilatlarini o‘zida ifoda etgan asarlar sirasiga quyidagilarni kiritishimiz
mumkin:Kaykovusning “Qobusnoma”, Sa’diyning “Guliston”, “Bo‘ston”, Amir Temurning
“Temur tuzuklari”, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Mahbubul-
qulub”, Husayn Voiz Koshifiyning “Ahloqi muhsiniy” va boshqalar. Bu asarlarning
ko‘pchiligida odil shoh va adolat, halollik va soflik, poklik, to‘g‘rilik, insonparvarlik, ma’rifatli
bo‘lish kabi insonning sharqona fazilatlari berilgan.
Alisher Navoiyning “Nasoyimul muhabbat” asarida komil insonga xos xususiyatlar, uning
sharqona fazilatlari sanab o‘tilgan. Bular qatoriga ulug‘ mutafakkir quyidagilarni kiritadi: tavba,
halol luqma bilan qanoatlanish, o‘z kasbidan topib kun o‘tkazish, shariatga rioya etish,
barchadan o‘zini kam deb bilish, hatto farzandlari, xizmatkorlariga qo‘pollik qilmaslik, chuchuk
tilli bo‘lish – yaxshi, muloyim tilli bo‘lish, rahmdil, sahiy, mard, halim, xushhulq, sabrli,
sadoqatli, vafoli bo‘lish, rozi-rizolik bilan kun o‘tkazish, riyozat chekishdan qo‘rqmaslik va
boshqalar.
SHu tariqa o‘tmishda komil insonning o‘ziga xos ahloq kodeksi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu
sifatlarga ega bo‘lish har bir odamning orzu-armoni deb qaralgan. Komil inson haqidagi g‘oyalar
katta
ijtimoiy-ahloqiy, ma’naviy ahamiyatga ega. U insonni sharafli, ezgulik va buyuk xayr
ruhida tarbiyalash, mehru muhabbat, vafo va sadoqatni kuchaytirishga xizmat qilib keldi. Har
zamon va lahzada insonlarga ularning insonligini eslatib, yovuz, qabih ishlar, nojo‘ya hatti-
harakat va qiliqlardan saqlanishga ko‘maklashdi, ularda iymon va vijdon binosining paydo
bo‘lishi va mustahkamlanishini ta’minlab keldi.
Komil inson iymon va e’tiqodlilik, halollik va poklikning oliy timsoli. Biz hammamiz shunga
intilib yashamog‘imiz lozim. Mustaqil O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida
iymonli bo‘lish, halollik va poklik, vijdonli va diyonatli bo‘lish nechog‘lik zarur ekanligi
hammamizga ayon. Mana shuning uchun ham prezident ma’naviy barkamol inson tarbiyasida
yoshlarimizni elini, Vatanini sevuvchi komil inson qilib tarbiyalash ishiga alohida ahamiyat
beryapti. Quyidagi ta’rifda komil insonning asosiy xususiyatlari har taraflama chuqur va teranlik
bilan bayon qilingan: “Komil inson deganda, biz avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan,
xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli,ma’rifatli kishilarni tushunamiz”.
142
Boshqa ibora bilan aytadigan bo‘lsak, Allohning o‘zi biz insonlarga buyurgan komil inson
bo‘lish, halollik, to‘g‘rilik, poklik va adolat bilan kun kechirish kabi ko‘pdan-ko‘p
olijanob
141
Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. 118 бет.
142
Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. 6-бет.
197
fazilatlarning ma’no-mazmunini nafaqat chuqur anglash, balki ana shunday xususiyatlarga ega
bo‘lish, ularga doimo amal qilib yashash- odamzotning ma’naviy boyligini, komilligini belgilab
beradigan asosiy mezon sanaladi.
Uning shakllanganligi darajasini xarakterlovchi eng muhim fazilatlar esa quyidagilardir: aqliy
zukkolik, huquqiy komillik, ahloqiy etuklik, siyosiy teranlik, mehnatga halol munosabat, yuksak
madaniy, ma’naviy saviya, professonal iftixor, milliy va umuminsoniy g‘urur va boshqalar.
YUqoridagilarni hozirgi mustaqil hayotimiz, turmush tarzimiz, kishilarning, ayniqsa,
yoshlarning intilishlari bilan bog‘lab komil inson chizgilariga quyidagi xislat va fazilatlar
kirishiin umumiy tarzda bayon etishimiz mumkin:
Komil insonning umumiy xislatlari: yoqimlilik, ko‘rkamlik, jozibadorlik, salobatlilik, hurmatga
sazovorlik, shoironalik, ulug‘sifatlik, o‘ziga xoslik, etuklik, jiddiylik, madaniyatlilik,
tarbiyalanganlik va boshqalar.
Komil insonning ahloqiy fazilatlari: insonparvarlik, do‘stlik, g‘amxo‘rlik, jonkuyarlik,
samimiylik, odamiylik, bolajonlik,
iymonlilik, fidokorlik, xushmuomalali, boadabli, iltifotli
bo‘lishlik, kechirimlilik, mehmondo‘stlik, halollik, to‘g‘rilik, diyonatlilik, haromdan hazar etish,
mehnatsevarlik, vatanparvarlik va hokazolar.
Ishbilarmonlik xislatlari: ishchanlik, tirishqoqlik, serharakatlilik, mas’uliyatlilik, insoflilik,
halollik, malakalilik, epchillik, udaburonlik, saranjom-sarishtalik, tadbirkorlik, aniqlik,
tejamkorlik, barkamollik, ta’masizlik, tavakkalchilik va boshqalar.
Zukkolik, idroklilik fazilatlari: zehnli, bama’ni, xotirjamlik, sog‘lom fikrli,
donishmandlik,
sezgirlik, zakovatlilik, topqirlik, notiqlik, tanqidiylik, dalillik, omilkorlik, savodxonlik,
qiziquvchanlik, ishqibozlik kabilar.
Sobitlik xislatlari: faollik, qat’iyatlilik, tezkorlik, jo‘shqinlik, sabotlilik, bir so‘zda turishlik,
barqarorlik, botirlik, dovyuraklik, intizomlilik, jiddiylik, nafsni tiyishlik, o‘zini yo‘qotmaslik,
sovuqqonlik, o‘ziga talabchanlik,
kamsuqumlik, o‘zini o‘zi idora eta bilish va boshqalar.
Ehtiroslilik xislatlari: ko‘tarinkilik, tantanavorlik, kulib turuvchanlik, hazinlik, kelajakka
ishonch, ezgulik, kek saqlamaslik, olijanoblik, otashinlik, nozik tabiatlilik, hayolilik,
hijolatpazlik, iffatlilik va hokazolar.
Ayni shu xislat va fazilatlarni yoshlarimiz ongiga singdira borilishi ularni barkamol, sog‘lom va
komil inson qilib voyaga etkazishda ta’lim- tarbiya tizimi va ota-ona tarbiyasining to‘g‘ri
qo‘yilishi muhim rol o‘ynaydi.
Vatan, millatning kelajak poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda,
xalqimizning ertangi kuni bo‘lmish farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga
bog‘liq, chunki inson qalbiga yo‘l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Buning uchun har qaysi
ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo buyuk kelajakni yaratuvchi shaxsni
ko‘rishi zarur. Ana shunday oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va
keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan, o‘zida inson degan ulug‘ nomga xos
fazilatlarni mujassamlashtirgan komil insonlar etib voyaga etkazish ta’lim-tarbiya ishimizning,
har bir ota va onaning asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim. Bu ishga har bir ota-ona, ustoz
va murabbiy nihoyatda katta javobgarlik hissi bilan yondashishi talab etiladi.
Nega deganda,
farzandlarimiz xalq ma’naviyatining munosib egalaridir.
Mustaqillik ruhida yangicha fikrlaydigan fozil, komil inson, eng avvalo, fuqarolik burchini a’lo
darajada his etadigan shaxs bo‘lishi darkor. Sodda qilib aytganda, har qaysi komil inson, har
birimiz: “SHu davlat, shu jamiyat menga nima berdi?” deb emas, balki “Men o‘zim Vatanimga,
elu yurtimga nima berdim?” deb o‘ylashimiz va har dam shu aqida bilan yashashimiz kerak.
Markaziy Osiyo azaldan ilmiy bilimlar va madaniyatning qadimiy markazlaridan biri bo‘lib
kelgan. Bu o‘lka mutafakkirlari jahon ilm-fani, madaniyati, ma’naviyati va falsafiy fikrlarini o‘z
kashfiyotlari, ilg‘or ijtimoiy-falsafiy, ahloqiy qarashlari bilan boyitib kelganlar. Uning
taraqqiyotiga samarali ta’sir ko‘rsatganlar.
Mustaqilligimiz sharofati ila jahon ma’naviyati va ma’rifati saltanatida o‘z o‘rinlariga ega
bo‘lgan ulug‘larimizni teran anglash, o‘rganish va ulug‘lash baxtiga muyassar bo‘ldik.
198
Afsuski, salkam 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik totalitar tuzum hukmronligi davrida
jumhuriyatimiz navqiron avlodi, Islom Karimov aytganidek, necha yillar bizni tariximizdan,
dinimizdan, ma’naviy merosimizdan g‘ofil etishga urindilar, - natijada ular o‘z xalqining tarixini,
uning boy tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, ahloqiy madaniyatidan bahramand bo‘lish,
o‘rganishdan mahrum bo‘lib keldi.
143
Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o‘tilgan falsafiy-ahloqiy pand-nasihatlar,
qadriyatlar ataylab, maqsadni ko‘zlab yurgizilgan siyosat qurboni bo‘ldi, e’tibordan chetda
bo‘ldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir o‘tkazdi. Vaholanki, Islom Karimov
“O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” kitobida ta’kidlaganidek: “O‘tmishdagi
allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush
tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko‘rsatmoqda”.
144
Mustaqillik tufayli o‘rganish, tahlil etish imkoniyatiga ega bo‘lgach, ajdodlarimiz ma’naviy
merosini chuqurroq o‘rganish bizning muqaddas burchimiz bo‘lib qoldi, inchunun o‘z
tarixini
bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi. “Ona zaminimizda bundan necha asrlar avval
yaratilib, to hanuz yurtimizga ko‘rk bag‘ishlab turgan qadimiy obidalar, osori atiqalar
xalqimizning yuksak salohiyati, kuch-qudrati, bunyodkorlik an’analari haqida, Vatanimizning
shonli tarixi to‘g‘risida tasavvur va tushunchalar beradi, shu muqaddas diyorda yashaydigan har
bir inson qalbida g‘urur-iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi”.
145
Prezidentimiz ta’kidlaganidek:
“...zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning ibratli hayoti
va faoliyati, bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlar bugun ham jahon ahlini hayratga solayotganini
g‘urur bilan ta’kidlash lozim”.
146
YUqoridagilarni hisobga olib mazkur mavzuni Markaziy Osiyoda ilmiy-falsafiy bilimlar, ya’niki
ma’naviyat va ma’rifat rivoji haqida qisqacha ma’lumot berishdan boshlashni lozim topdik.
Do'stlaringiz bilan baham: