87
chiqarilishidir. U oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy aktlar – qonunlar
chiqarish bo‘yicha vakolatlar yig‘indisini mujassamlashtiradi hamda ushbu vakolatlarni
amalga oshiruvchi davlat organlari tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. Qonun chiqarish –
davlatning o‘ta muhim funksiyalaridan biri bo‘lib, u saylab qo‘yiladigan oliy vakillik
muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatning asosiy vazifasi
xalqning (jamiyatning) irodasini qonun shaklida ifoda etishdir.
Q.ch.h.
– bu Konstitutsiyada
mustahkamlangan oliy davlat vakillik idorasining qonunlar qabul qilish, ularni o‘zgartirish va
bekor qilish bo‘yicha alohida vakolatlari hisoblanadi. Demokratik davlatlarda qonun
chiqaruvchi hokimiyat nafaqat maxsus qonunchilik organlari (parlament, milliy qonunchilik
assambleyasi) tomonidan, balki bevosita saylanadigan korpus (siyosiy muomalaga layoqatli
fuqarolar) tomonidan referendum yo‘li bilan, ayrim hollarda esa ijroiya hokimiyati organlari
tomonidan – vakil yuborish tartibida ham amalga oshirilishi mumkin. Hozirgi davrda ayrim
davlatlarning konstitutsiyasi qonun chiqarish vakolati monarxga va parlamentga (yoki
parlamentning palatasiga) taalluqliligi to‘g‘risidagi qoidalarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Mutlaq monarxiya davlatlarida (mas., Bruney, Saudiya Arabistoni) qonun chiqaruvchi
hokimiyat mutlaq monarxga tegishlidir. Ba’zan ayrim masalalar bo‘yicha qonun chiqarish
vakolatini Prezident yoki Hukumatga berish (delegirovanie) nazarda tutiladi. Xalqaro
miqyosda qonun chiqaruvchi organ parlament deb yuritiladi. «Parlament» iborasi fransuzcha
«parler» - «gapirmoq» so‘zidan olingan bo‘lib, fikr bildirish, muhokama yuritish degan
ma’noni anglatadi. Ingliz tilida «Parlament» va «Qonun chiqaruvchi majlis» iboralari aynan
bir ma’noda ishlatiladi. Parlament kengashiladigan, maslahatlashiladigan, masalalar bahs-
munozara hamda muzokara yo‘li bilan muhokama etiladigan muassasadir. Parlament, odatda,
saylab qo‘yiladigan xalq (turli siyosiy partiyalar, ijtimoiy kuchlar) vakillaridan iborat tarzda
tarkib topadi. Bu erda turli ijtimoiy manfaatlar to‘qnashadi. SHu bois parlamentda munozara
va tortishuv yo‘li bilan fikrlar charxlanadi hamda umumiy kelishuv (konsensus) asosida qaror
qabul qilinadi. Parlament davlatning umummilliy vakillik muassasasi bo‘lib, avvalo qonun
chiqarish funksiyasini bajaradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi
hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasida Parlament vakolat muddati besh yil
bo‘lgan ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat
(76-m.). (1)
Do'stlaringiz bilan baham: