BILVOSITA
(
ko‘p bosqichli
)
SAYLOVLAR
– saylov tizimi, unda vakillik organining
deputatlari quyi turgan saylov organlari yoki tarkibida yoki aholi tomonidan saylangan saylashga
vakil qilinganlar yoxud quyi vakillik organlarining deputatlari yoki unisini ham, bunisini ham
72
olgan saylov hay’atlari tomonidan saylanadi. Bilvosita saylovlar ikki yoki undan ortiq bosqichli
bo‘lishi mumkin, ammo uch va to‘rt bosqichli saylovlar hozirda juda-juda kam uchraydi. AQSH,
Finlyandiya prezidentlari, Hindiston parlamentining yuqori palatasi ikki bosqichli saylovlarda
saylanadi. Fransiya senatining qismi uch bosqichli saylovlarda shakllanadi: saylovlar munitsipal
maslahatchilarga ovoz beradi, bular esa senatorlarni saylaydigan delegatlarni tayinlaydi. (3)
BOSHQARUV SHAKLI
- bu - xuquqiy institut bo‘lib, davlat hokimiyatini tashkil etish
tartibi. Oliy va maxalliy davlat organlarini tuzish usulini hamda ularning bir-biri va aholi
bilan o‘zaro munosabatlari tartibini o‘z ichiga oladi. Boshqaruv shakllari hokimiyat bir shaxs
tomonidan yoki saylab qo‘yiladigan jamoaviy organ tomonidan amalga oshirilishiga
qarab jiddiy farq qiladi. Birinchi holda boshqaruvning monarxik shakli , ikkinchi holda
esa respublika shakli namoyon bo‘ladi. Monarxik boshqaruv shaklida, amaldagi qonunlarga
muvofiq, monarx, respublika boshqaruv shaklida esa saylab qo‘yiladigan davlat organi davlat
hokimiyatini boshqaradi. Monarxiyalar va respublikalarning har xil turlari mavjud. Ular davlatlarning
tiplariga, shuningdek ularning yuzaga kelishi va faoliyat ko‘rsatishi shart-sharoitiga ko‘p
jihatdan bog‘liq. Jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi bosqichida monarxiyaning ikki turi:
dualistik va parlamentar monarxiyalar farqlanadi. Dualistik monarxiyaning o‘ziga xos
xususiyati shundan iboratki, unda davlat hokimiyati monarx bilan parlament o‘rtasida
rasmiy – yuridik tarzda taqsimlanadi. Ijro etuvchi hokimiyat bevosita monarx qo‘lida, qonun
chiqaruvchi hokimiyat esa – parlament ixtiyorida bo‘ladi. Ammo parlament amalda monarxga
bo‘ysunadi. Parlamentar monarxiya shu bilan farq qiladiki, monarxning maqomi davlat
hokimiyatini amalga oshirishning barcha sohalarida rasman va amalda cheklab qo‘yiladi.
Qonun chiqaruvchi hokimiyat to‘la parlamentga, ijro etuvchi hokimiyat esa - hukumatga
tegishli bo‘ladi. Hukumat o‘z faoliyati uchun parlament oldida javobgar bo‘ladi. Hukumatni
shakllantirishda monarxning ishtiroki ramziydir. Angliya, Gollandiya va SHvetsiya p a r l a m e n t a r
m o n a r x i ya ga m i s o l b o ‘ l a d i . Ho z i r d a respublikalarning ikki turi: hukumat va davlat
boshlig‘i vakolatlari prezident qo‘lida jamlanadigan prezident respublikasi hamda
parlament respublikasi farqlanadi. Parlament respublikasining o‘ziga xos xususiyati
shundan iboratki, unda prezident hokimiyati nisbatan kuchsiz bo‘ladi, bosh vazir esa bir
vaqtning o‘zida ham hukumat boshlig‘i, ham hukmron partiya yoki partiyalar ittifoqining
raxbari vazifala rini baja radi. Prezide nt respublikalarnga Argentina, Braziliya, Rossiya,
AQSH, O‘zbekiston va b., parlament respublikalariga esa – Gretsiya, Germaniya va b. kiradi.
O‘zbekistonda Prezident respublikasi Prezndent hokimiyatining kuchliligi bilan ajralib
turadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, Prezident davlat boshlig‘i
sifatida O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muxofaza
etish, milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-
tadbirlar ko‘radi, mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi
nomidan ish ko‘radi, muzokaralar olib boradi hamda O‘zbekiston Respublikasining
shartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga
va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, vazirliklar, davlat
qo‘mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun Bosh
vazir nomzodini taqdim etadi va lavozimidan ozod qiladi, qonunlarni imzolaydi va e’lon qiladi,
farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi va h.k. (30
VOTUM
(
lot. votum — xohish, iroda
) – saylov jamoasi yoki vakillik muassasasining
ko‘pchilik ovozi bilan ifodalangan yoki qabul qilingan fikri yoki qarori. Masalan, saylov Votumi
— prezident, parlament, munitsipalitet va boshqalarga saylovlarda saylov kompaniyasining
73
natijasi. Boshqaruvning parlamentar shaklidagi davlatlar parlamenti amaliyotida Votum —
qoidaga ko‘ra quyi palataning hukumat yoki alohida vazirning siyosiy yo‘li, muayyan xatti-
harakati yoki qonun loyihasini ma’qullashi (
Do'stlaringiz bilan baham: |