O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad
– talaba-yoshlar ongi va qalbiga milliy va umuminsoniy ma’naviy
qadriyatlarni singdirish orqali ularda yuksak ma’naviyat va ma’naviy qashshoqlashuvning inson va
jamiyat hayotidagi mohiyatni tushunib etish hamda yuksak ma’naviyatga ega bo‘lish malakalarini
shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifalari
:
talabalar ongiga milliy ma’naviy qadriyatlarni, inson va jamiyat hayotida ma’naviyatning o‘rni
va ahamiyati to‘g‘risidagi Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyani talabalar
ongiga singdirish;
mustaqillik yillarida mamlakatimizda milliy-ma’naviy tiklanish borasida amalga oshirilgan
islohotlar, erishilgan yutuqlar, yuksak ma’naviyatli insonlar qilib tarbiyalash borasidagi vazifalar
mohiyati-mazmuni, asosiy yo‘nalishlarini talablarga etkazish asosida ularning bu jarayonlarda faol
ishtirok qilish ruhiyatini mustahkamlash;
ma’naviy qashshoqlashuvning salbiy oqibatlari haqida tegishli bilimlarni talabalarga etkazish va
ularda bu jarayondan ogoh bo‘lish ruhiyatini shakllantirish;
bugungi kunda jahonda keng yoyilayotgan “ommaviy ma’naviyat” va turli ma’naviy
qashshoqlikka olib keluvchi oqimlarning maqsad va muddaolarini talabalarga etkazish, ular ongi va
dunyoqarashida “ma’naviy immunitetni” shakllantirishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga
qo‘yiladigan talablar
“Ma’naviyat asoslari” fanini o‘rganish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar
doirasida bakalavr:
– talaba ma’naviyat nima ekanligini anglab etishi, ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy
mezonlarni bilishi, ma’naviy va moddiy hayotning uyg‘unligini, ma’naviy yuksalishda milliy g‘oyaning
rolini, ma’naviyatning jamiyat yangilanishida rolini, islohotlar hamda ularning mezonlarini tushunishlari
va ularni turmushda qo‘llay bilishi lozim.
– talaba shaxs va jamiyatning ma’naviy yuksalishi, uning kamoloti darajasi pirovard natijada
millatning ma’naviy salohiyatini belgilashini nazarda tutib, ajdodlarimiz yaratgan benazir ma’naviy
merosimizni har taraflama va chuqur o‘zlashtirishi, uning mazmun mohiyatini va g‘oyaviy-falsafiy
asoslarini bilishni uslub va uslubiyatlari haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
- talaba hozirgi globallashuv jarayonlari va ma’naviy tahdidlarni bilishi, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga
qarshi g‘oya bilan kurash olib borish lozimligi. Inson qalbiga yo‘l topish, ma’naviy kamolot ekanligini
va mamlakat ravnaqi yo‘lida fidoiylik jasorat ekanligini anglab etishi hamda g‘oyaviy kurashish
usullarini hayotda qo‘llay olishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |