8
4-rasm
Shevaning farqlanishi
Beshyog‘och dahasida:
б
ɔ
рсəмъз ~ bārsämiz.
Xadra dahasida:
б
ɔ
рсовуз ~ bārsovuz.
Eski Jo‘va dahasida: б
ɔ
рсo:вузə ~ bārso:vuzä.
Chorsu dahasida:
б
ɔ
рсo://бɔ
рсoк ~ bārso://bārsok.
Bunday nozik farqlarni barcha dialektlar tarkibidagi shevalarda
ham korish mumkin
4
.
Lahja va til varianti masalasi. Avval aytilganidek, lahja har bir
xalqning etnik taraqqiyoti tarixi hosilasidir.
Aksariyat tillar bir necha
lahjaning birlashuvidan tashkil topadi. Yuqorida ko‘rganimizdek, o‘zbek
tili uch lahja -
qаrluq-chigil-uyg‘ur lаhjаsi,
qipchоq lаhjаsi,
o‘g‘uz
4
Ularni mashg‘lotlar jarayonida ushbu fan o‘qituvchilari o‘z dialektlari misolida asoslab berishlari lozim bo‘ladi.
9
lаhjаsidan tashkil topgan. Ingliz tili
angliya, uels, shotland
dialektlariga ega, lekin ingliz tilining Britaniya,
Irlandiya, AQSH,
Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi variantlari bor. Bu til
variantlari
plyurosentrik yoki
polisentrik tillar deb ham yuritiladi. Ayni
bir til turli davlatlarda о‘zining davlat maqomiga, standartlar tizimiga
ega bо‘ladi va boshqa davlatlardagi
ayni shu tildan va negiz tildan,
xususan, keyingi misolimizda Britaniya variantidagi ingliz tilidan sо‘z
qо‘llash, terminlarning xususiyati, talaffuz meyorlari bilan farq qiladi.
Ma’lumki, о‘zbeklar О‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston, Tojikiston,
Qirg‘izstonda ham yashaydilar, о‘zbek adabiy tilida ta’lim ishi olib
boriladi, gazeta va jurnallar, kitoblar
nashr qilinadi, lekin bu davlatlarda
о‘zbek tili variant maqomiga ega emas, chunki shu davlatlarning rasmiy
davlat tili emas. Afg‘onistonda ham o‘zbeklar yashaydi. Yuqoridagi
respublikalardan farq qilgan holda, bu yerda o‘zbek tiliga ham davlat
maqomi berilgan. Demak, endi Afg‘onistondagi o‘zbek tilini variant deb
atash mumkin bo‘ladi. Bu mamlakatlardagi o‘zbek adabiy tilining va
shevalarining O‘zbekistondagi adabiy tilga
va shevalariga munosabati
“O‘zbek adabiy tili va dialektlar” mavzusida oydinlashtiriladi.
Fanda ikki xildagi dialekt to‘grisida fikr yuritiladi, ya’ni
mahalliy
dialektlar va
ijtimoiy dialektlar. Mahalliy dialekt umumxalq (milliy)
tilining muayyan territoriyaga oid ko‘rinishi, o‘ziga xos namoyon
bo‘lishidir. O‘zbek dialektologiyasi mahalliy sheva, dialekt va lahjalarni
o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Ijtimoiy dialekt esa mahalliy sheva,
dialekt va lahjalardan farq
qilgan holda, muayyan guruhga taalluqli shaxslarning umumxalq tilidagi
so‘zlarga o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, o‘zgacha ma’no kasb etishlari
yoki muayyan soha – kasb-hunar leksikasi, terminologiyasidan faqat shu
soha kishilarining o‘zlarigina foydalanishlari asosida vujudga keladi.
Ijtimoiy dialekt biror sheva yoki dialektga teng emas, lekin unda ba’zan
shevaga oid so‘zlar qatnashishi mumkin. Boshqacha aytganda, ijtimoiy
dialektda o‘ziga xos fonetik va grammatik xususiyatlar bo‘lmaydi, lekin
tor doiradagi kishilar tushunadigan ayrim leksik o‘ziga xosliklargina
bo‘ladi.
10
Chambers J. K., Peter Trudgillar o‘z asarlarida erkak va ayol jinsi
nutqi xususiyatlarini ham ijtimoiy dialekt sifatida qaraydilar.
Ijtimoiy dialekt adabiyotlarda
sotsiolekt (lotincha
sotsiotas - jamiyat
va
dialekt sozlaridan olingan) termini bilan ham yuritiladi.
O‘zbek dialektologiyasi ijtimoiy dialektni o‘rganmaydi, ijtimoiy
qatlamlar “til”i
sotsiolingvistikaning boshqa bo‘limlari obyektidir.
Xorij dialektologiyasida
idiolekt (u inglizcha bo‘lib,
individual til
degan ma’noni anglatadi) tushunchasi ham uchraydi.
U yakka
shaxslarga xos bo‘lgan nutqiy o‘ziga xoslikni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: