77
hodisalarini – izoglossalarni shartli belgilar vositasida ham, bebosita
o‘zini ham yozish mumkin.
Sheva yoki til hodisalarini kompleks
joylashtirgan va ranglar
vositasida jilo berilgan kartaning turi
lingvistik yoki
dialektologik atlas
deyiladi. Lingvistik atlas umumlashtirish xarakteriga ega bolib, u sheva
yoki biror tilning tarqalish chegarasini ko‘rsatgan rangli kartalar
yig‘indisidir. Dunyo amaliyotida lingvistik atlasning klassik namunalari
bor. Bular quyidagilar:
Venker G. Shimoliy va markaziy Germanuyaning dialektologik
atlasi. 1881-y. (6 karta).
Jilyeron J., Edmon E. Fransiya lingvistik atlasi. 1896 -1908-yillar.
Vrede F.
Nemis lingvistik atlasi. 1926 -1932-yillar (6 jild).
Yaberga K., Yuda I. Italiya va Janubiy
Shvetsariya dialektlari
atlasi. 1928-y.
Bular ichida J. Jilyeron, E. Edmonlarning lingvistik atlasi keyingi
davrda boshqa shu xildagi atlaslarning tuzilishiga
metodologik asos
bo‘lib xizmat qildi.
Lingvistik atlas faqat dialektologik maqsadda emas, balki dunyo
tillarining tarqalishini ko‘rsatish maqsadida ham yaratiladi.
Til zonasi va dialektal zona. Til zonasi o‘zaro
yaqin tillar
(idiomlar)ni yaqinlik darajasi va bir fokus nuqtasiga ko‘ra
birlashtiradigan hududdir.
Dialektal zona bir til doirasidagi lahja, dialekt
va shevalarning fokus nuqtasiga ko‘ra joylashish hududlaridir.
Fokus
nuqtasi yirik shahar shevasi bo‘lib, atrof shevalarga doimiy ravishda o‘z
ta’sirini o‘tkazib turadi va qayta aloqada bo‘ladi hamda dialektal
zonaning o‘ziga xos rivojlanishini ta’minlaydi.
Bunday zonalarni belgilashda davlat chegaralari hisobga olinmaydi,
balki o‘zbek tili massivi (o‘zbek tili tarqalgan hudud)
geografik,
dialektal farqlanishi, tarixiy-etnografik xususiyatlari, ma’lumotlari
asosida uning shevalari guruhlashtiriladi. Shu asosda A. Jo‘rayev o‘zbek
tilining 11 dialektal zonasini belgilagan (bu haqda “O‘zbek
tilining
diаlektаl bo‘linishi” mavzusida ma’lumot beriladi).
Aksariyat hollarda bunday zonalarni belgilashda qarindosh til yoki
dialekt masalasi muammo bo‘ladi. Axborot tizimlarida ta’kidlanishicha,
78
bunday vaziyatda o‘xshashik 92-96% ni tashkil etsa, ularni dialekt deb
hisoblash lozim
9
. Til va dialektni farqlashda fanda
sotsiolingvistik va
struktur me’yorlarga asoslaniladi.
Sotsiolingvistik me’yorga ko‘ra, idiomlar (qarindosh til) mustaqil til
bo‘lishi uchun:
- o‘z mustaqil yozuv standartiga ega bo‘lishi;
- turli sohalarda yozma va og‘zaki muloqotning amal qilishi;
- funksional jihatdan mukammal bo‘lishi lozim. Bunda siyosiy va
etnik omillar muhim ahamiyatga ega.
Struktur (struktur-lingvistik) me’yorga ko‘ra, mustaqil til bo‘lishi
uchun:
- fonetik va grammatik qonun va qoidalar yagona bo‘lishi;
- asosiy lug‘at tarkibi idiom a’zolarining
barchasiga tushunarli
bo‘lishi;
- idiom tarkibidagi lahja, dialekt va shevalar barcha uchun
tushunishga oson bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: