O‘zbеkistоn rеspublikаsi



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/84
Sana21.02.2022
Hajmi1,02 Mb.
#22989
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   84
Bog'liq
nutq madaniyati

 
 
2. Nazorat savollari. 
1. Shaxs maʼnaviyati nima? 
2. Muloqot madaniyati nima? 
3. Maʼnaviyat qanday namoyon boʻladi? 
4. 
Nutqning kishi xulqi bilan aloqadorligi nimalarda koʻrinadi? 
Adabiyotlar: 
1. 
Бегматов Э. Нотиқнинг нодир бойлиги. Т., 1980. 
2. 
Бегматов Э., Тожиев Ё. Нутқ маданияти ва стилистика асослари. Программа 
Т., 1987. 
3. 
Иброҳимов С. Нутқ маданияти ва адабий талаффуз ҳақида Т., 1972.
4. 
Маҳмудов Н., Шерматов А. Ўзбек нутқи маданияти асослари. Программа Т., 
1987.
5. 
Умурқулов Б. Сўз танлаш саньати. Т., 1985.
6. 
Қиличев Э. Бадиий тасвирнинг лексик воситалари. Монография. Т., 1982.
7. 
Головин Б.Н. Основы культуры речи. М., 1980. 
8. 
Ефимов А.И. Стилистика русского языка. М., 1986. 
9.
Основы культуры речи. М., 1984. 
 
3-mashg‘ulot:
Аdаbiy til mе’yori vа nutq mаdаniyati (2 sоаt). 
 
Mavzu boʻyicha topshiriqlar. 
1. 
Yozmа mаtndаgi fikrlаr izchilligi vа kеtmа-kеtligini tahlil eting. 
Matn. 
San’atkor, izvoshchini hayron qoldirib, o‘zidan-o‘zi g‘o‘ldirab borar edi. Uyda 
xizmatchi ovqat qilib qo‘ygan ekan, san’atkorning tomog‘idan hech narsa o‘tmadi – 
ikki piyola choy ichdi, xolos. Unga turib-turib nash’a qilar edi: «Ashulani 
mexaylistik aytar emishman! Tovushim yomon bo‘lsa nega plastinkaga oldi? Tanqid 
deganiga endi bu kishining ham tanqid qilg‘ulari kelipti... Amali traktorchi... 
Obbo!..» 
– O
ʻqishga bordingizmi? – dedi xizmatchiga, qovog‘ini solib. 
– Bordim... – Xizmatchi ikki haftadan beri savod maktabida o‘qir edi. 
– Xizmatchisi savod maktabida o‘qiyotgan bir kishini traktorchi savodsiz, desa 
alam qilmaydimi? – dedi san’atkor o‘zicha bo‘g‘ilib, – «labingdan bo‘lsa olsam, e, 
shakarlab», deganim u kishiga yoqmapti, «bo‘lsa» emas, «bo‘sa» emish! O’zi 
bilmaydiyu, menga o‘rgatganiga kuyaman! Senga o‘xshagan savodsizlar «bo‘sa, 
bo‘masa» deydi. Artist kulturniy odam gapni adabiy qilib aytadi – «bo‘lsa, bo‘lmasa» 
deydi. Pojarni «gugurtni yerga tashlamang» dedi, rejissyorimiz esa «gugurtning yerga 
39 


tashamang» dedi. Qanday chiroylik! Pojarnimi, pojarningmi? Shoshma, nimauchun 
pojarni? Pojarni, albatta! Rejissyorimiz juda kulturniy odam. Odam degan mana 
shunday bo‘lsa, urishsa ham xafa bo‘lmaydi kishi – ikki gapning birida «ta’bir joyiz 
ko‘rilsa» deb turadi. Bu traktorchi menga shuncha dashnom berib, ko‘ngil uchun bir 
marta «ta’bir joyiz ko‘rilsa» demadi. 
Xizmatchi daftar-qalam keltirib, san’atkorning oldiga qo‘ydi. 
– «J»ning kattasi qanday yozilar edi? Domlamiz bir kuni ko‘rsatgan edi, 
esimda qolmapti. 
San’atkorning jahli chiqdi: 
– Endi «J»ga keldingizmi? Barjom deganda yoziladi. 
Kechagi barjom og‘zi ochiq qolipti, gazi chiqqandan keyin bir pulga qimmat. Siz 
ham dunyoga kelib kulturniy bo‘lsangiz-chi!.. Burningiz terladi, arting, ta’bir joyiz 
ko‘rilsa! 
San’atkor o‘rnidan turib yotoqqa kirib ketdi. 
– Yotasizmi? – dedi xizmatchi narigi uydan. 
– Nima edi? 
– «J»ning kattasini ko‘rsatib bermadingiz, ertaga domla so‘raydigan edilar. 
Qanaqa yoziladi? 
– Kichigini yozib qattiqroq o‘qing! 
San’atkor yechinib ko‘rpaga kirdi. Xizmatchi chiroqni o‘chirib chikdi. San’atkor 
ko‘zini yumdi, ko‘ziga g‘ira-shira qorong‘i zaldagi son-sanoqsiz kallalar ko‘rindi. 
Bular ichida eng kattasi traktorchining kallasi, u iljayar edi. 
– Afting qursin!- dedi san’atkor va narigi yonboshiga ag‘darildi. 
Xayal o‘tmay uyquga ketib, xurrak otdi. Uning xurragi ham nechukdir adabiyroq 
edi: «Pluq-qum-prr... pluq-qum-prr...» ( Abdulla Qahhor. “San’atkor” hikoyasidan) 

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish