O‘zbeкiston respubliкasi



Download 0,83 Mb.
bet259/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

Nisbiy ko‘makchi haqida. Mustaqil so‘zning «nomustaqillik» belgisiga nisbatan mo‘tadilligi sababli mustaqil so‘z ichidan nisbiy yordamchi ajralib chiqadi. Nisbiy ko‘makchi bir xususiyati bilan ma’noviy mustaqil, ikkinchi xususiyati bilan ma’noviy nomustaqil leksemaga o‘xshab ketadi va oraliq uchinchi guruhini hosil qiladi. Leksema nomustaqil leksema sifatida voqelanganda, leksema sememasi o‘z muayyanligini kuchsizlantiradi va semema grammatik ma’no sifatida voqelanadi. Chunonchi, quyidagi gaplarda berilgan ko‘ra leksemasining ma’nolarini qiyoslashga harakat qilamiz: 1. Yaxshi-yomonni kora-kora odamning yaxshimi, yomon ekanini tez ajratib oladigan bo‘lib qolgan. (A.Qah.) 2. Qalandarovdan shikoyat boshlashdan kora ko‘proq bu noqulay ahvoldan chiqish uchun … (A.Qah.) 1-gapda qo‘llanilgan ko‘ra «ko‘z bilan ko‘rmoq, kuzatmoq» semasiga ega bo‘lsa, 2-gapda «ko‘rish» semasi kuchsizlangan va «chog‘ishtirish, qiyoslash» grammatik ma’nosini voqelantirgan. 1-gapda qo‘llanilgan ko‘ra ko‘rmoq fe’lining ravishdosh shakli bo‘lsa, 2-gapda fe’l ko‘makchi sifatida tobelanish munosabatini hosil qilgan. Qolgan nisbiy ko‘makchilar ham xuddi shunday xususiyatlarga ega. Old, oldin, orqa, ro‘para, qarshi, avval, keyin, so‘ng, oxir, tomon, ost, ust, tag, tepa, yon, uch, ich, o‘rta, ora kabi o‘rin va payt ma’noli ot, bosh, qosh, lab, og‘iz, oyoq, qorin kabi tana a’zolari nomi, qariyb, bo‘ylab, boshlab, ko‘ra, deya, deb, atab, o‘xshab kabi ravishdosh ko‘p holda ko‘makchi vazifasida keladi va ko‘makchi sirasining boyishiga sabab bo‘ladi. Bunday holda bu so‘zlar nisbiy yoki yarim ko‘makchi sanalib, o‘zi birikib kelgan so‘z bilan birgalikda bir gap bo‘lagi, ko‘pincha, hol bo‘lib keladi. Кo‘makchidan bilan, uchun, kabi, singari, yanglig‘, sayin, sari, sababli, orqali, tufayli, chog‘li, bo‘ylab, haqida, to‘g‘risida kabilar o‘zi birikib kelgan so‘zga hech qanday qo‘shimchasiz bog‘lanadi; tomon, qadar, qarshi, qaraganda, doir, binoan, qaramay kabi ko‘makchi o‘zi birikib kelgan so‘zdan -ga qo‘shimchasini qabul qilishni talab qiladi: qonunga binoan, ukasiga qaraganda, baxtga qarshi; so‘ng, keyin, boshqa, tashqari, buyon, avval, ilgari, boshlab ko‘makchisi -dan qo‘shimchali so‘z bilan birikadi: bundan avval, o‘qishdan keyin, tanaffusdan so‘ng kabi. Кo‘makchining grammatik munosabatni yaratib, kelishik qo‘shimchasiga o‘xshash vazifani bajarishi haqida yuqorida qisman aytib o‘tilgan edi. Darhaqiqat, ko‘makchi shu xususiyati bilan ham boshqa yordamchi so‘zdan farq qiladi. A.N.Кononov ta’biri bilan aytganda, ko‘makchi ko‘p holda kelishikning dubleti sanaladi. Masalan: Ukamga oldim – Ukam uchun oldim. Siyohda yozdi – Siyoh bilan yozdi. Telefonda gaplashdi – Telefon orqali gaplashdi. Akamni gapirdi – Akam haqida gapirdi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish