O‘zbeкiston respubliкasi


Кo‘makchining shakliy xususiyatiga ko‘ra turlari



Download 0,83 Mb.
bet257/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

Кo‘makchining shakliy xususiyatiga ko‘ra turlari. Кo‘makchi shakli va bajaradigan vazifasi jihatidan quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) sof ko‘makchi;
b) yarim ko‘makchi;
d) qo‘shimchasimon ko‘makchi.
Nutqimizda tez-tez ishlatiladigan uchun, bilan, sari, qadar, kabi, singari, sayin, orqali so‘zi sof ko‘makchi, ular tobe so‘zni hokim so‘zga bog‘lashga xizmat qiladi. Sof ko‘makchi boshqa so‘zga birikkan holda turli munosabatni anglatadi. Jumladan, bilan ko‘makchisi o‘zbek tilida asosan ko‘makchi, ba’zan bog‘lovchi vazifasida ishlatiladi. Shuning uchun bu ko‘makchi turi yordamchi so‘zdan birining o‘rnida ikkinchisi qo‘llanilishi nuqtayi nazaridan ko‘makchi-bog‘lovchi atamasi ostida ham o‘rganilmoqda. Bilan yordamchisining etimologiyasi haqida prof.A.N.Кononov V.V.Radlov, J.Deni kabi qator turkiyshunoslarning fikrini e’tiborga olib, uning birlan so‘zidan kelib chiqqanini aytgan. Bilan yordamchisining birla, birlan, bila, ila, -la shakllari vazn, qofiya va uslub talabiga ko‘ra ko‘proq poeziyada uchraydi. Chunonchi, Baxt ila to‘lib-toshgan go‘zal oy deraza tagida o‘sgan daraxt barglarida mudrab yotadi. (R.Tag.) Bu ko‘makchi quyidagi ma’nolarni bildiradi:
1) biror harakatning bajarilishida shaxs yoki predmetlarning birgaligini: Кo‘pchilik bilan odam o‘zini kuchli sezadi;
2) harakatni bajarishda vosita ma’nosini: Shu gapning ustiga Ismat bobo hassasi bilan eshikni ochib kirib keldi (P.Qod.);
3) payt ma’nosini: Qo‘ng‘iroq chalinishi bilan o‘qituvchi sinfga kirdi;
4) sabab ma’nosini: Ular: «Gulnor o‘z ajali bilan o‘ldi», -deyishdi. (Oyb.);
5) harakatning bajarilishidagi holatni: Onamning mehr bilan boqib turgan ko‘zlarini bir umr unuta olmasam kerak. (Oyb.).
Bilan ko‘makchisi – keng tarqalgan yordamchi so‘z. Uning bog‘lovchilik, ko‘makchilik tabiati olimlarimiz orasida tortishuv bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Shu boisdan «… va, bilan, hamda, shuningdek so‘zi hozirgi o‘zbek adabiy tilida teng bog‘lovchining biriktiruv bog‘lovchi turiga kiradi» degan fikr ham ilgari surilgan. Ammo bu o‘rinda shuni qayd etish kerakki, bog‘lovchi vazifasidagi bilan ning va, ham biriktiruv bog‘lovchisidan farqlanadigan o‘ziga xos xususiyati bor:
– «birgalik» ma’nosi bilan yordamchisi uchun xos: Chodir sahnasidan bir qiz bilan yigit chiqib o‘yin qildi (M.Ism.). Ushbu misoldagi bilan o‘rnida va ni qo‘llasak, yuqoridagi ma’no kelib chiqmaydi, balki qiz bilan yigitning alohida-alohida o‘ynagani ma’nosi ifodalanadi.
va, ham bog‘lovchilari uyushib kelgan fe’l kesimni bog‘laydi, ammo bilan da bu imkoniyat chegaralangan. Qiyoslang: Lola ishlaydi va o‘qiydi. Lola ishlaydi ham o‘qiydi. Ammo Lola ishlaydi bilan o‘qiydi tarzidagi gap nutqda ishlatilmaydi. Bilan ning grammatik vazifasi – bog‘lovchi va ko‘makchi vazifasida kela olishi; shunga ko‘ra, bilan boshqa ko‘makchidan farqlanadi. Shuning uchun bilan ko‘makchisini ko‘makchi-bog‘lovchi termini bilan ataganimizda, uning barcha xususiyati qamrab olinadi. Bu ko‘makchi turi gapda vosita ma’nosini bildirganda to‘ldiruvchi, sabab, payt, harakatning bajarilish tarzini bildirganda hol vazifasida keladi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish