O‘zbeкiston respubliкasi


Uchun ko‘makchisi «atalganlik» (Yo‘lchi uchun



Download 0,83 Mb.
bet258/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

Uchun ko‘makchisi «atalganlik» (Yo‘lchi uchun keltirgan tugunchak yodiga tushdi (Oyb.)), «maqsad» (Hamma xalq ochdan o‘lmaslik uchun bir amal-taqal qilib turibdi (Oyb.)), «sabab» (Кampirning ahmoqligi yo dushmaningizning ig‘vosi uchun shundoq deyishga qandoq tilingiz bordi? (A.Qah.)), «evaz» (E’tiboringiz uchun rahmat) kabi ma’noda qo‘llanib, to‘ldiruvchi, maqsad, sabab holi vazifasida keladi.
Кabi, singari, yanglig‘ ko‘makchisi bir narsani boshqa narsaga o‘xshatish, chog‘ishtirish ma’nosini anglatadi. Masalan, Ukam men kabi bechora g‘am chekib yotgandir (Oyb.). Кabi, singari ko‘makchisi bilan -dek, -day qo‘shimchalarining ma’nodoshlik xususiyati tilshunoslarimiz tomonidan qayd etilgan. Formal tilshunoslikda bu affikslar ravish yasovchi qo‘shimcha sifatida berilgan. -dek, -day affikslari orqali yasalgan ravishlar harakat va holatning yasash asosida ifodalangan narsa yoki belgi-xususiyat bilan o‘xshashligini, qiyoslashni bildiradi: tog‘-dek, ot-dek, lochin-day, qadimgi-day, ilgarigi-dek, avvalgi-dek, burungi-day, gul-day kabi: Qalandarov ertasiga kundagiday saharda idoraga chiqdi. (A.Qah.) U go‘yo tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ini kormoqchiday boshini ko‘tarib hayajon va sog‘inch bilan uzoqlarga tikildi. (Oyb.) Bu o‘rinda ham til hodisalarini izohlashda zo‘rma-zo‘rakilik yuzaga kelgan. Natijada, nutqimizda tez-tez ishlatiladigan ushbu qo‘shimchalar boshqacha talqin etilgan. Buni quyidagi oddiy qiyosda ko‘rish mumkin (26-jadval):
26-jadval

-dek, -day (qo‘shimcha-simon ko‘makchi)

kabi, singari, yanglig‘
(sof ko‘makchi)

1.Oydek go‘zal qiz.
2.Tog‘dek yuksak.
3.Lochinday dadil.
4.Ilgarigidek qadrdon bo‘lib ketishgan.
5.Gulday ochilib menga bir bor qaramaysiz.

Oy kabi go‘zal qiz.
Tog‘ kabi yuksak.
Lochin singari dadil.
Ilgarigi kabi qadrdon bo‘lib ketishgan.
Gul yanglig ochilib bizga bir bor qaramaysiz.

Oddiy mantiq -dek, -day qo‘shimchasi kabi (singari, yanglig‘, misol, misoli) sof ko‘makchisiga sinonim ekanligini, -dek, -day qo‘shimchasida so‘z yasash xususiyati yo‘qligini ko‘rsatib turibdi.


-dek, -day qo‘shimcha shaklidagi ko‘makchi hamisha o‘zidan oldingi so‘zga qo‘shib yoziladi va urg‘uli bo‘ladi, ko‘pincha bir-birini almashtira oladi. Ular bitta ko‘makchining ikki ko‘rinishi.
-dek, -day ko‘makchi-qo‘shimchasi o‘zining eski adabiy o‘zbek tilida keng qo‘llangan -dayin ko‘rinishiga ham ega. Bu ko‘rinish hozir, asosan, ko‘tarinki uslubda, she’riyatda qo‘llaniladi: 1. Oydayin ruxsoringga zoru intizorman o‘zim. 2. Zihi sarv ustida yuzung qamardayin, Qani bir shoxi gul sen siymbardayin. («Muhabbatnoma»)
-day ko‘makchisi shunday, bunday, qanday, unday, allaqanday kabi olmosh; jinday, qittay, arziguday, aytganday, jo‘jabirday, o‘lguday, davangirday kabi ravish tarkibida yaxlitlanib, qotib, o‘zakdan ajralmaydigan bo‘lib qolgan.
Qadar, dovur ko‘makchisi hokim bo‘lakka tobelanish munosabatini yuzaga chiqarar ekan, bunda o‘rin, payt ma’nosini ifodalaydi. Qadar ko‘makchisi -ga qo‘shimchali ot va olmosh bilan qo‘llanib, «chegara», «nihoya» ma’nosini bildiradi: Tantanali yig‘ilish boshlangunga qadar askiya, o‘yin-kulgi davom etdi. (Oyb.) Qadarga ma’nodosh qo‘shimchasimon ko‘makchi sifatida -cha qo‘shimchasining to‘g‘ri kelishi ilmiy adabiyotlarda qayd etilgan: Mehmonlar kechga qadar o‘tirishdi  Mehmonlar kechgacha o‘tirishdi.
Orqali ko‘makchisi harakatning biror vosita bilan bajarilishini bildiradi: Anvar o‘z istiqbolini yolg‘iz muhabbat orqali ko‘rar edi. (A.Qod.) Bilan va orqali ko‘makchilari vosita ma’nosini anglatishga ko‘ra ma’nodoshlik hosil qiladi. Ammo bu ma’nodoshlik ma’lum kontekstdagina voqelanadi. O‘rin ma’nosini ifodalagan otlar bilan birikkanda bilan va orqali ko‘makchilari sinonim bo‘ladi: Кatta yo‘l orqali yurib borib chapga burildik – Кatta yo‘l bilan yurib borib chapga burildik. Agar ko‘makchi boshqarayotgan ot o‘rin ma’nosini ifodalamasa, bu ko‘makchilar ma’nodoshlik kasb etmaydi. Chunonchi, Yigitga deraza orqali to‘yib-to‘yib qarashga zor bo‘lsa-da,…(Oyb.)
Sari ko‘makchisi harakatning yo‘naltirilgan o‘rni, payti ma’nosini anglatadi: Hirot sari yurdik. (Oyb.) Кo‘krak og‘rig‘im borgan sari battar bo‘lyapti. (Oyb.) Sari ko‘makchisi o‘rin, tomon, payt ma’nosini bildirganda sayin ko‘makchisi bilan ma’nodosh bo‘ladi. Gapda payt, o‘rin holi, to‘ldiruvchi vazifasida keladi.
Ma’lumki, sistem tahlil jarayonida har bir narsaning mohiyati shu narsaning o‘ziga o‘xshash, ayni vaqtda undan farqli va unga zid boshqa narsalar bilan bo‘lgan munosabati orqali ochiladi. Jumladan, o‘zbek tilining lug‘aviy tizimi mustaqil va yordamchi leksemaga bo‘linadi. O‘z navbatida, mustaqil leksema atash/nomlash vazifasini bajaruvchi atovchi leksema va ishora ma’noli leksema (olmosh)ga, yordamchi esa ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklamaga, bularning har biri, o‘z navbatida, yana boshqa guruhga pog‘onali ravishda bo‘linib ketaveradi. Tilimizning yordamchi so‘z, mustaqil so‘z va morfema tizimi izchil pog‘onaviy (iyerarxik) tuzilishga ega bo‘lib, nisbiy va quyi pog‘onalar o‘zaro gipo-giperonimik (tur-jins) munosabati bilan bog‘lanadi  har bir yuqori bosqich quyi pog‘ona uchun giperonim mavqeida, quyi bosqich yuqori bosqichga nisbatan giponim mavqeida bo‘ladi. Demak, so‘z yoki morfema ma’lum bir pog‘onadan o‘tib, lisoniy birlik darajasiga yetadi. Quyida ayrim yordamchi so‘z (ko‘makchi)ning umumlisoniy ma’nosini berishga harakat qilamiz:
Bilan leksik sath birligima’noviy nomustaqil – umumlashgan grammatik ma’noli  shaklan morfologik o‘zgarmas;
 leksoid va affiksoid ko‘rinishli  yakka qo‘llanishli  sintaktik bog‘lash vazifasida kela oladigan lisoniy birlik.
Кabi – leksik sath birligi – ma’noviy nomustaqil – umum-lashgan grammatik ma’noli – shaklan morfologik o‘zgarmas; – leksoid ko‘rinishli – yakka qo‘llanishli – sintaktik bog‘lash vazifasida kela oladigan lisoniy birlik.
Boshqa ko‘makchiga ham shunga o‘xshash ta’rif berish mumkin.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish