O‘zbeкiston respubliкasi


Sanoq sonning hisob so‘zi bilan qo‘llanilishi



Download 0,83 Mb.
bet229/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

Sanoq sonning hisob so‘zi bilan qo‘llanilishi. Sanoq son o‘lchov birligini ifodalovchi so‘z bilan birga qo‘llanilishi ham mumkin: gektar, tanob, tosh, bosh, tup kabi. Bunday so‘z hisob so‘zi (numerativ) deyiladi. Hisob so‘zi, odatda, ot turkumidan bo‘ladi va alohida LMGni tashkil etadi.
Hisob so‘zi o‘zi birikkan son bilan birga ajralmas sintaktik birlikni tashkil etib, gapda bir sintaktik pozitsiyadan o‘rin oladi.
Hisob so‘zi qadimdan o‘zbek tilida faol qo‘llangan. Bugungi kunda ularning ayrimi butunlay iste’moldan chiqib ketgan yoki juda kam ishlatiladi. Ularga qadoq, jon, tanob, gaz, sarjin, paysa, taxta, enlik, so‘lkavoy, tosh, pud, mahal, yumaloq (choy), mehnat kuni (uch mehnat kuni).
Gektar, gradus, kilovatt-soat, kubometr, metr (santimetr, millimetr), minut, par, pachka, sotix, sentner, mehnat kuni kabi hisob so‘zi o‘zbek tiliga XX asrda kirib kelgan.
Hisob so‘zi tizimi ochiq sistema.
Hisob so‘zi LMG si quyidagi mikrosistemalardan tashkil topadi:

  1. Predmetni yakkalab hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‘zi: bosh, nafar, dona, nusxa, tup, jon.

  2. Predmetni butun yoki to‘daning qismi sifatida hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‘zi: burda, varaq, luqma, parcha, poy, siqim, tilim, tomchi, to‘g‘ram, chaqmoq, chimdim, shingil, qultum.

  3. Predmetni to‘dalab, guruhlab hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‘zi: bog‘, gala, guruh, dasta, to‘da, to‘p, shoda, quchoq, hovuch.

  4. Predmetni juftlab hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‘zi: juft, (par).

  5. Predmetning og‘irlik o‘lchovini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‘zi: gramm, kilogramm, litr, pud, tonna, sentner, misqol, qadoq, botmon, kosa, piyola, qop, qoshiq, quti.

  6. Predmetning uzunlik va masofa o‘lchovini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‘zi: qadam, qarich, quloch, metr, tosh, chaqirim, kilometr.

  7. Yosh hisobini bildirish uchun ishlatiladigan hisob so‘zi: yashar, yoshdagi, yoshli.

  8. Vaqt o‘lchovini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‘zi: asr, yil, kun, kecha-kunduz, oy, hafta, daqiqa, soniya.

  9. Qiymat o‘lchovini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‘zi: so‘m, tiyin, miri, paqir, dinor, dollar, yevro, rubl.

  10. Harakat miqdorini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‘zi: marta, karra, qatla, daf’a, sidra.


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish